Jamiyatning ijtimoiy yangilanishiga yo’naltirilgan qator tamoyil va mezonlarni sanab o’tamiz:
8 Regional siyosatning yo’nalishlaridan biri-aholining bandlik tizimini yaratish, ishlovchilarning malakasini oshirish va yangi ish joylarini yaratish lozimligidir.
9 Ijtimoiy sohaning ahvoli ko’pgina omillarga bog’liq. Ulardan biriga rioya qilmaslik shakllanayotgan jamiyat farovon-ligi tizimini buzadi.
Jamiyatning turli qatlamlari o’rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilar:
mazkur xududdagi tabiiy iqlim sharoitlari;
davlat boshqaruvi tizimidagi sub’ektlarning o’zaro munosabatlari;
regional boshqaruv sub’ektlarining iqtisodiy erkinlik darajasi va xarakteri (qonunchilik munosabatlari tizimida);
mustaqil regional ijtimoiy siyosatning mavjudligi;
iste’mol va davlatdagi barcha ijtimoiy ta’minot manbalari yordamida ularni qondirish imkoniyatlari hisobi, regional marketingning rivojlanganlik darajasi;
mahalliy bozorning rivojlanganligi va hududda hududiy menejmentning mavjudligi.
Ijtimoiy menejment quyidagi omillar bilan xarakterlanadi: