Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №9 
Umurtqalarning o„zaro birlashuvi. Umurtqa pog„anasi. Qovurg„alarni 
umurtqalar va to„sh suyagi bilan birlashuvi. Ko„krak qafasi.
Umurtqalarning 
o‗zaro birlashuvi. Umurtqa pog‗anasi. Qovurg‗alarni umurtqalar va to‗sh suyagi bilan 
birlashuvi. Ko‗krak qafasi. 
TANA SUYAKLARINING BIRLASHUVI 
Umurtqa pog‗onasining o‘zaro birlashmalarida birlashishning hamma turlari 
(sindesmozlar – boylamlar, sinxondrozlar, sinostozlar va Bo‗g‗imlar) ni ko‘rish 
mumkin. Jumladan umurtqa tanalari o‘zaro fibroz tolali tog‗ay disklar yordamida 
qo‘shiladi, lekin bunday tog‗ay I va II umurtqalar o‘rtasida bo‘lmaydi. 
Dumg‗aza va dum umurtqalar Yosh organizmda tog‗aylar bilan birlashsa, 
keyinchalik umurtqa tanalari o‘rtasida tog‗aylar suyakka aylanib ketadi. Shunday 
qilib, umurtqalar o‘rtasidagi tog‗aylar 23 ta disk (disci intervertebralia) dan iborat 
bo‘ladi. Tog‗ay diskining tashqi qismi zich joylashgan va bir oz cho‘zilish va 
qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan fibroz tolali halqa (annulus fibrosus) dan iborat. 
Tog‗ay halqa o‘rtasida liqildoq o‘zak (nucleus pulposus) modda joylashgan. Bu 
embrion orqa torining (chorda dorsalis) qoldig‗i bo‘lib, o‘zining elastiklik xususiyati 
bilan umurtqalarni ezilishdan saqlaydi, tanaga tushadigan og‗irlikni kamaytiradi. 
Umurtqa oraliq disklari har xil qalinlikda bo‘lib, bel qismida ayniqsa yaxshi 
rivojlangan. 
Umurtqa pog‗onasining boylamlari. 
1–discus intervertebralis; 2–nucleus pulposus; 3–anulus fibrosus; 4–lig. longitulinale 
anterius; 5–facies articularis inferior; 6–processus articularis superior; 7–processus 
transversus; 8–lig. supraspinale; 9–lig. interspinale; 10–lig. flavum; 11–foramen 
intervertebrale; 12–lig. longitudinale posterius. 


246 
II, III bel umurtqalarining o‘zaro birlashuvi (kesib ko‘rsatilgan). 
1–lig. supraspinale; 2–capsula articularis; 3–lig. longitudinale posterius; 4–nucleus 
pulposus; 5–lig. longitudinale anterius; 6–anulus fibrosus; 7–lig. flavum; 8–processus 
articularis superior; 9–processus articularis inferior. 
Umurtqa pog‗onasi rivojlangan boylamga boy. Jumladan bir-biriga yaqin turgan 
umurtqa ravoqlari o‘rtasida sarg‗ish rangli boylam (ligamenta flava) joylashgan. 
Umurtqalarning qirrali yoki orqa o‘siqlari orasida o‘siqlararo boylam (ligamentum 
interspinale) hamda ularning ko‘ndalang o‘siqlari o‘rtasida tortilgan boylamlar – 
ligamentum intertransversale bo‘ladi. 
Umurtqalarning orqa o‘tkir o‘siqlari orasidagi boylamlar, o‘siqlarning uchiga yetib
bir-biri bilan tutashib o‘siq usti boylami (ligamentum supraspinale) nomini oladi. Bu 
boylam bo‘yin qismida yaxshi rivojlangan bo‘lib, bo‘yin (gardon) boylami 
(ligamentum nuchae) deb ataladi. 
Umurtqalarning Bo‗g‗im o‘siqlari o‘zaro Bo‗g‗im hosil qilib tutashsa, ular 
tanalarining old tomonida oldingi uzun boylam (ligamentum longitudinale anterius), 
orqa tomonida orqa uzun boylam (ligamentum longitudinale posterius) joylashgan 
bo‘ladi. 
B i r i n ch i, i k k i n ch i bo‘yin umurtqalari boshqa umurtqalardan farqli o‘laroq, 
o‘zaro Bo‗g‗imlar (articulatio atlantoaxialis lateralis) hosil qilib tutashadi (67). 
Ensa suyagi va bo‘yin umurtqalarining oraliq boylamlari (ichki ko‘rinishi).
1– pars basilaris; 2–canalis hypoglossialis; 3–lig. alare; 4–fasciculus longitudinalis; 
5–capsula articularis; 6–membrana tectoria; 7–axis; 8–lig. cruciforme atlantis; 9–
atlas; 10–capsula articularis (atlantooccipitalis); 11–os occipitale; 12–lig. transversum 
atlantis. 


247 
Ikkinchi umurtqaning tishsimon o‘sig‗i birinchi umurtqaning oldingi ravog‗iga 
tutashib, articulatio atlantoaxialis mediana ni hosil qiladi. Bu Bo‗g‗imlar alohida 
Bo‗g‗im xaltasi bilan o‘ralgan. Atlantning old ravog‗i ensa suyagidagi katta teshik 
qirrasining old qismi oralig‗ida parda (membrana atlantooccipitalis anterior) bo‘lsa, 
atlantning orqa ravog‗i va ensa suyagining katta teshik qirrasidagi orqa qismi 
oralig‗ida orqa parda (membrana atlantooccipitalis posterior) joylashadi. Shu bilan 
birinchi bo‘yin umurtqasining turli tomonga (aylanma) harakat qilishiga imkoniyat 
tug‗diradi. Bosh skeleti ensa suyagining Yon qismlarida joylashgan do‘nglar 
vositasida birinchi bo‘yin umurtqasining ustki Bo‗g‗im chuqurchasiga Bo‗g‗im 
(articulatio atlantooccipitalis) hosil qilib qo‘shiladi. 
Bir xil tuzilishga ega bo‘lgan bu ikki Bo‗g‗im birgalikda bir xil harakatni bajarganligi 
uchun kombinatsiyalashgan Bo‗g‗im turkumiga kiradi. Bu Bo‗g‗im ikkinchi bo‘yin 
umurtqasining tishsimon o‘sig‗i bilan ensa suyagining nishabi o‘rtasida tortilgan 
boylam (ligamentum apicis dentis), tishsimon o‘siqning orqasidan ko‘ndalang 
tortilgan boylam (ligamentum transversum atlantis) va ularning tarmoqlari – 
qanotsimon boylam (ligamentum alarae) bilan mustahkamlangan. Bu boylamlar dens 
Yonboshlaridan boshlanib, condylus occipitalis ning medial tomoniga yopishgan. 
Lig. cruciforme atlantis (xochsimon boylam) dens ning ko‘ndalang boylami bilan 
uzunasiga yo‘nalgan. Fibroz to‘qima tutami (fasciculi longitudinales – lig. 
supraspinale ning davomi) dan tashkil topgan. I–II bo‘yin umurtqa Bo‗g‗imlari qalin 
fibroz parda (membrana tectoria) bilan qoplangan. Bu Bo‗g‗imlar kallani umurtqa 
pog‗onasiga qo‘shib, mustahkam ushlaydi. Kallaning haddan tashqari buralib 
ketmasligini ta‘minlaydi. 
Umurtqa pog‗onasi umurtqalarning o‘zaro ustma-ust qo‘shilishidan vujudga keladi va 
katta Yoshdagi odamlarda ―S‖ shaklida joylashadi. Umurtqa pog‗onasining bo‘yin va 
bel qismi oldinga fiziologik qiyshaygan (lordoz) bo‘lsa, Ko‗krak va dumg‗aza 
qismlari orqa tomonga fiziologik qiyshaygan (kifoz) bo‘ladi. Umurtqa pog‗onasining 
bu qiyshaymalari chaqaloqlarda sezilmaydi, bola o‘tira va Yura boshlagach asta-
sekin paydo bo‘ladi. Umurtqa pog‗onasi boshni ushlab turadi, tananing tayanch 
vazifasini bajarib, tikka turishni ta‘minlaydi. Umurtqa pog‗onasi kanalida orqa miya 
tashqi ta‘sirotlardan saqlanadi. Umurtqa pog‗onasida har taraflama turli harakatlar 
sodir bo‘ladi. 
QOVURG‗ALARNING UMURTQALAR VA TO‘SH 
SUYAGI BILAN QO‘SHILISHI 
Qovurg‗a-umurtqa-to‘sh Bo‗g‗imlari va boylamlari (tepadan ko‘rinishi). 


248 
1–processus transversus; 2–capsula articulationis capitis costae; 3–corpus costae; 4–
ligg. sternocostalia radiata; 5–membrana sterni; 6–corpus sterni; 7–cartilago costalis; 
8–caput costae; 9–articulatio costotransversaria; 10–angulus costae. 
Qovurg‗alar orqa uchi (boshchasi) va do‘mboqlaridagi Bo‗g‗im Yuzalari bilan 
Ko‗krak umurtqalari ustma-ust turgan tanalarining oralig‗i va ko‘ndalang o‘siqlardagi 
Yuzalarga qo‘shilib Bo‗g‗im hosil qiladi. 
Qovurg‗alar boshchasi Bo‗g‗imi (articulatio capitis costae) qovurg‗a boshchalaridagi 
Bo‗g‗im Yuzalari (facies articularis capitis costae) bilan umurtqa tanalaridagi Yuqori 
va pastki yarim chuqurchalar (fovea costalis) orasida hosil bo‘ladi. Har bir qovurg‗a 
(II–X qovurg‗alarda) Bo‗g‗imi ichida boylam (lig. capitis costae intraarticulare) 
bo‘lib, qovurg‗a boshchasidagi qirradan boshlanadi va umurtqa oraliq disklariga 
yopishadi. Lekin bu boylam I, XI va XII qovurg‗alarda bo‘lmaydi. Har bir qovurg‗a 
Bo‗g‗im kapsulasining tashqi tomonidan nur kabi tarqaladigan boylam (lig. capitis 
costae radiatum) dan boshlanib, ikki umurtqa tanasining Yon tomonlariga va 
umurtqalar orasidagi tog‗ay diskka tarqalib yopishadi. 
Qovurg‗a do‘mboqchalari bilan umurtqa ko‘ndalang o‘sig‗i orasidagi Bo‗g‗im 
(articulatio costotransversaria) qovurg‗alar do‘mboqlarining Bo‗g‗im Yuzalari (facies 
articularis tuberculi costae) bilan umurtqalar ko‘ndalang o‘sig‗ida joylashgan 
qovurg‗a chuqurchasi orasida bo‘ladi. Bo‗g‗im xaltasining orqasida qovurg‗a 
do‘mboqchasi bilan umurtqa ko‘ndalang o‘sig‗i orasida tortilgan boylam – lig. 
costotransversarium Bo‗g‗imni mustahkamlab turadi. 
Qovurg‗a-umurtqa Bo‗g‗imlari uyg‗un Bo‗g‗imlar bo‘lib, ular bir vaqtda bir xil 
harakatda (qovurg‗alarning ko‘tarilishi va tushishi) bo‘ladi. 
Qovurg‗alarning oldingi uchlari qovurg‗a tog‗ayidan iborat bo‘lib, birinchi yetti jufti 
to‘g‗ridan-to‘g‗ri to‘sh suyagining Yonboshiga birlashsa, keyingi VIII, IX, X juft 
qovurg‗a tog‗aylari bir-biriga tutashib, qovurg‗a ravog‗ini hosil qiladi, so‘ngra to‘sh 
suyagiga birlashadi. XI va XII juft qovurg‗alarning uchlari qorin devori muskullari 
oralig‗ida erkin qoladi. Jumladan I qovurg‗a tog‗ayi to‘g‗ridan-to‘g‗ri sinxondroz 
bo‘lib, to‘sh suyagiga qo‘shiladi. II–VII qovurg‗alar tog‗ay qismining to‘sh 
suyagidagi qovurg‗alar o‘ymasiga to‘sh-qovurg‗a Bo‗g‗im (art. sternocostales) hosil 
qilib qo‘shiladi. Bo‗g‗imlar kapsulasi suyak ustki pardalari hisobidan bo‘lib, nur kabi 
tarqalgan boylam (ligg. sternocostalia radiata), Bo‗g‗imni old va orqa tomondan 
mustahkamlaydi. Nursimon boylamning oldingi qismi to‘sh suyagi ustki pardasi bilan 
qo‘shilib, to‘sh membranasi (membrana sterni) ni hosil qiladi. 
II qovurg‗a Bo‗g‗imi kapsulasi bo‘shlig‗ida to‘sh-qovurg‗a Bo‗g‗imi ichkarisidagi 
boylam (lig. sternocostale intraarticulare) joylashgan. 
Yolg‗on (VIII–X) qovurg‗alarning tog‗ay qismlari bir-biriga Yonboshlab qo‘shiladi. 
Ba‘zan shu tog‗aylar orasida bo‘shliq – tog‗aylar oraliq Bo‗g‗imi (art. 
interchondrales) uchraydi. Bularning Bo‗g‗im kapsulasi suyakning ustki pardasida 
joylashadi. 
Qovurg‗alarning old qismlari orasida tashqaridan ichkariga, tepadan pastga 
yo‘naluvchi tashqi qovurg‗alar oraliq membrana (membrana intercostalis externa) 
bo‘lsa, qovurg‗alarning orqa qismida pastdan Yuqoriga va orqaga yo‘naluvchi 
qovurg‗alar oraliq ichki membrana (membrana intercostalis interna) joylashgan. 


249 
KO‗KRAK QAFASI 
Ko‗krak qafasi (compages thoracis, 69) orqa tomondan 12 ta Ko‗krak umurtqasi, ikki 
Yon tomondan XII juft qovurg‗a va ular uchidagi tog‗aylar hamda old tomondan 
to‘sh suyagi boylamlari bilan birlashib, Ko‗krak qafasi bo‘shlig‗i (cavum thoracis) ni 
hosil qiladi. 
Ko‗krak qafasida y u q o r i g i (apertura thoracis superior) va p a s t k i (apertura 
thoracis inferior) teshiklar bor. Yuqorigi teshigi kichikroq bo‘lib, oldindan to‘sh 
suyagi dastasi, ikki Yondan I qovurg‗a va orqa tomondan I ko‘rak umurtqasi bilan 
chegaralanadi, bu teshik orqali kekirdak, qizilo‘ngach, qon tomir va nervlar o‘tadi. 
Pastki teshik Yuqori teshikka nisbatan kattaroq bo‘lib, uni orqadan XII Ko‗krak 
umurtqasi, ikki Yondan XII juft qovurg‗a va oldindan to‘sh suyagining xanjarsimon 
o‘sig‗i chegaralab turadi, bu teshik qorin bo‘shlig‗idan diafragma orqali ajralgan. 
Ko‗krak bo‘shlig‗ining orqa tomonida joylashgan umurtqa pog‗onasining ikki 
Yonboshida o‘pkalarning orqa Yuzasi joylashadigan egat – sulci pulmones bor. 
Qovurg‗alar oraliq bo‘shliqqa spatia intercostalia deyiladi. Ko‗krak qafasining hajmi 
va shakli Yosh, jins va kasbga qarab turlicha bo‘ladi. 
Ko‗krak qafasi (thorax) old tomondan ko‘rinishi. 
1–apertura thoracis superior; 2–angulus sterni; 3–spatia intercostalia; 4–catrilago cos-
talis; 5–processus xiphoideus; 6–apertura thoracis inferior; 7–angulus infrasternalis; 
8–costae spuriae; 9–costae verae; 10–corpus sterni; 11–manubrium sterni. 
Ko‗krak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida bo‘lib, oldindan orqaga qaragan 
hajmi ko‘ndalang o‘lChovga nisbatan kattaroq. To‘sh osti burchagi (angulus 
infrasternalis) keng, o‘tmas burchak hosil qilib joylashadi. Ayollarning Ko‗krak 
qafasi esa erkaklarnikiga qaraganda birmuncha kaltaroq va pastki ravog‗i (arcus 
costalis) yassiroq. O‘rta Yoshdagi erkaklarning Ko‗krak qafasi oval shaklda bo‘lib, 
ko‘ndalang o‘lChovi kattaroq. To‘sh osti burchagi to‘g‗ri burchak hosil qilib 
joylashgan. 
Uch xil Ko‗krak qafasi tafovut qilinadi. 
Giperstenik (past bo‘yli) turdagi odamlarning Ko‗krak qafasi konussimon (Yuqori 
tomoni tor, pastki tomoni keng) shaklda bo‘lsa, astenik (novcha bo‘yli) odamlarda 
Ko‗krak qafasi yassi (oldindan orqaga tomon yassilangan) shaklli, qovurg‗alar pastga 


250 
qarab ko‘proq yo‘nalib joylashgan bo‘ladi. Normostenik (o‘rta bo‘yli) odamlar 
Ko‗krak qafasi giperstenik bilan astenik odamlar Ko‗krak qafasining oraliq hajmida 
silindr shaklida uchraydi. Agar odamning muskul va o‘pkalari yaxshi rivojlangan 
bo‘lsa, Ko‗krak qafasi ham shunga yarasha keng bo‘ladi. Aksincha muskullar va 
o‘pkalar unchalik yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, Ko‗krak qafasi ancha tor, oldindan 
orqaga qarab yassilangan bo‘ladi. Ba‘zan oldingi devori burchak shaklida turtib 
chiqqan tor Ko‗krak (―tovuq Ko‗krak‖) qafasi ham uchraydi. Ko‗krak qafasi nafas 
olganda ko‘tarilib, nafas chiqarganda pastga tushadi. Bunda muskullar yordamida 
qovurg‗alar va ular tog‗aylari to‘sh suyagi bilan birga Yuqoriga ko‘tarilib Yon 
tomonga tortiladi. Bunda Ko‗krak qafasi kengayadi. Nafas chiqarishda esa 
qovurg‗alar pastga tushib, Ko‗krak qafasi torayadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin