Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

KO„KRAK LIMFA YO‟LI
K o‘ k r a k l i m f a y o‘ l i 
(ductus thoracicus 203)
odam gavdasidagi 
limfaning taxminan 3–4 qismini yig‗ib, venaga uzatadi. 
Ko‘rak limfa yo‘li I–II bel va XII Ko‗krak umurtqalari ro‘parasida o‘ng va chap 
oyoqdan, beldan (truncus lumbalis dexter et truncus lumbalis sinister) hosil bo‘lgan 
tomirlarning ichak limfa yo‘li (truncus intestinales)bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan 
limfa xaltacha (cisterna chyli)dan boshlanadi. 
 
Ko‗krak limfa yo‘li, qo‘ltiq osti, bel va Yonbosh sohalaridagi limfa tomirlari va tugunlari. 
1 – V.jugularis interna; 2 – Trachea; 3 – Truncus jugularis; 4 – O‘ng tomondagi vena burchagi 
(venalarning qo‘shilgan joyi); 5 – Truncus subclavius; 6 – A.subclavia; 7 – V.subclavia dextra; 8 – 
V.cephalica; 9 – A.axillaris; 10 – A.brachialis; 11 – V.brachicephalica dextra; 12 – V.cava superior; 
13 – V.azygos; 14 – Ductus thoracicus; 15 – Nodi lympatici intercostales; 16 – Cisterna chyli; 17 – 
Truncus lumbalis dexter; 18 – V.cava inferior; 19 – Nodi lymphatici lumbales; 20 – Nodi 
lymphatici iliaci interni; 21 – Nodi lyphatici sacrales; 22 – A.iliaca externa; 23 – V.iliaca externa; 
24 – A.iliaca interna; 25 – Rectum; 26 – Nodi lumphatici iliaci externi; 27 – Aorta; 28 – Truncus 
lymbalis sinister; 29 – Truncus intestinalis; 30 – Diaphragma; 31 – M.subcostalis; 32 – 
M.intercostalis internus; 33 – V.hemizygos; 34 – V.hemiazygos accessoria; 35 – Vv.intercostales 
posteriores; 36 – Nodi lyphatici axillares; 37 – V.axillaris; 38 – V.brachiocephalica sinistra; 39 – 
V.subclavia; 40 – Truncus subclavius; 41 – Chap tomondagi vena burchagi (venalarning qo‘shilgan 
joyi); 42 – Ductus thoracicus; 43 – Truncus jugularis; 44 – Glandula thyroidea.
Ko‗krak limfa yo‘lining uzunligi o‘rtacha 35–45 sm bo‘lib, Ko‗krak qafasida 
umurtqa pog‗onasi bilan qizilo‘ngach oralig‗ida aortadan o‘ng tomonda Yuqoriga 
ko‘tariladi. Limfa yo‘li aorta yoyining ro‘parasiga kelganda chap tomonga qarab 
buriladi va VII bo‘yin umurtqasining oldiga kelganda bir oz kengayib, so‘ngra chap 
o‗mrov osti venasi bilan chap bo‘yinturuq venasining tutashgan yeriga quyiladi. 
Ko‘rkak limfa yo‘li tananing bosh va bo‘yinning chap yarmi bilan chap qo‘ldan, 
qorin va Chanoq bo‘shliqlari, oyoqlardan limfani yig‗adi. Ko‗krak limfa yo‘li devori 
ham uch qavatdan: ichki (tunica intima) va o‘rta muskul qavati (tunica media) hamda 
tashqi qavat (tunica externa) dan iborat. Ko‗krak limfa yo‘lining boshidan oxirigacha 
o‘rtacha 7–9 ta klapan uchraydi. 
O‘ng limfa yo‘li – ductus lymphaticus dexter bosh va bo‘yinning o‘ng yarmi, 
Ko‗krak qafasining o‘ng yarmi bilan o‘ng qo‘l limfa tomirlarining yig‗ilishidan hosil 
bo‘ladi. Bu yo‘lning uzunligi 10–12 sm bo‘lib, o‘ng bo‘yinturuq venasiga yoki o‘ng 
bo‘yinturuq venasining o‘ng o‗mrov osti venasiga qo‘shilish joyiga quyiladi. O‘ng va 


478 
chap bo‘yinturuq limfa poyasi (truncus jugularis dexter et sinister) o‘ng va chap 
tomondan chuqur joylashgan bo‘yinturuq limfa tugunlaridan chiqqan limfa tomirlari 
yig‗indisidan paydo bo‘lgan. O‘ng bo‘yinturuq limfa yo‘li bo‘yinturuq venasining 
o‘ng o‗mrov osti venasi quyilgan joyga mustaqil quyilib, o‘ng limfa yo‘lini hosil 
qilishda qatnashadi.
Chap bo‘yinturuq limfa poyasi ko‘pincha Ko‗krak limfa yo‘lining bo‘yin 
qismiga, ba‘zan chap bo‘yinturuq venasining chap o‗mrov osti venasiga qo‘shilish 
joyiga quyiladi. 
Bo‘yin va ko‘ks oralig‗i limfa tugunlari. 
1 – V.jugularis interna; 2 – Nodi lymphatici cervicales profundi; 3 – Nodi lymphatici 
tracheales; 4 – Trachea; 5 – A.subclavia; 6 – Ductus lymphaticus dexter (ductus thoracicus dexter); 
7 – Nodi lymphatici mediastenales anteriores; 8 – Bronchus principalis dexter; 9 – V.cava superior; 
10 – V.cava inferior; 11 – Diaphragma; 12 – Nodi lymphatici phrenici; 13 – Esophagus; 14 – Aorta 
thoracica; 15 – Nodi lymphatici mediastenalis posteriores; 16 – Nodi lymphatici pulmonales; 17 – 
Nodi lymphatici bronchopulmonales; 18 – Bronchus principalis sinister; 19 – Nodi lymphatici 
trancheobroncheales; 20 – Arcus aortae; 21 – Nodi lymphatici axillares; 22 – V.subclavia; 23 – 
Ductus thortacicus; 24 – A.carotis communis; 25 – Nodi lymphatici trancheles. 
O‘ng va chap o‗mrov osti limfa poyasi (truncus subclavius dexter et sinister) 
qo‘ltiq osti limfa tugunlaridan boshlangan limfa tomirlari yig‗indisidan paydo 
bo‘ladi, o‘ng tomondagi limfa poyasi o‘ng bo‘yinturuq venasining o‘ng o‗mrov osti 
venasiga qo‘shilgan joyiga quyiladi yoki o‘ng bo‘yinturuq limfa yo‘li bilan qo‘shilib, 
o‘ng limfa yo‘lini hosil qilishda qatnashadi. 


479 
Chap tomondagi o‗mrov osti limfa poyasi ko‘pincha chap tomondagi 
bo‘yinturuq venasining o‗mrov osti venasiga qo‘shilish joyiga yoki Ko‗krak limfa 
yo‘lining oxirgi qismiga quyiladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin