14
qilingani holatida talabalar albomlarini maxsus belgilab boradilar Ushbu tekshiruv
ishlari kafedrada ikki yil davomida saqlanadi.
2.O„quv materiallari mazmuni.
2.1.Ma‟ruza ma‟ruza mashg„ulotlari.
Bo„lim I Osteologiya.
Ma‟ruza № 1. Mavzu: Anatomiya fanining tarixi. Anatomiyaning kirish qismi.
Anatomiyani o„rganish usullari. SHakl va vazifaning birligi. Suyaklar
tuzilishining umumiy prinsiplari. Tana suyaklarning funksional anatomiyasi. 2
soat.
Anatomiya fanining taraqqiyot davrlari: Aristotel, Galen. Abu Ali ibn Sinoning odam
anatomiyasi fani rivojlanishiga qo‗shgan xissasi. Leonardo da Vinchining anatomik
hosilalarni o‗rganishdagi xizmatlari. Odam anatomiyasi fanining taraqqiyotida
Vezaliyning ilmiy izlanishlarining aqamiyati. Garvey - qon aylanish doirasining
kashfiyotchisi. Mikroskopik anatomiyaning asoschisi Malpigi. N.I.Pirogov topografik
anatomiya fanining asoschisi. P.F.Lesgaft - funksional anatomiya yo‗nalishining
asoschisi. MNS o‗rganishda V.I.Bexterev, V.A.Bets, D.N.Zernovlarning anatomiyani
o‗rganishdagi
xizmatlari.
Makro-mikroskopik
anatomiyani
rivojlantirishda
V.P.Vorobevning xizmatlari. Tajribalarga asoslanlan morfologiyani rivojlantirishda
V.N.Tonkovning anatomiyani o‗rganishdagi xizmatlari. Limfa tugunlar va tomirlarni
o‗rganishda D.A.Jdanovning anatomiyani o‗rganishdagi xizmatlari. M.F.
Ivanitskiyning funksional anatomiyani o‗rganishdagi xizmatlari. Anatomiya va
morfologiya fanining taraqqiyotida O‗zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari
olimlarining qo‗shgan xissasi. Skelet xakida umumiy ma‘lumotlar. Suyaklarning
rivojlanishi (filogenez, ontogenez). Suyaklarning shakliga, tuzilishiga va
rivojlanishiga qarab turlari (klassifikatsiyasi). Suyaklarning tuzilishi. Diafiz, metafiz,
zich va g‗ovak qismlari. Suyaklarni rentgen nuri ta‘sirida ko‗rinishi. Suyaklarning
tuzilishiga mehnat, sport va jismoniy tarbiyani ta‘siri. Skelet taraqqiyotiga va
suyaklarning tuzilishiga ijtimoiy va biologik muhitlarning ta‘siri. Skelet taraqqiyotida
uchraydigan anomaliyalar. Tayanch vazifasini bajaruvchi suyaklar. Umurtqa
pog‗onasi. Umurtqa pog‗onasi suyaklarining filogenezi va ontogenezi. Umurtqa
turlarining o‗zaro farqi. Bo‗yin, Ko‗krak, bel umurtqalari. Dumg‗aza va dum
suyaklari. Umurtqalarning Yoshga qarab o‗zgarishi va jinsiy farqlar. qovurg‗alar va
to‗sh suyagi (filogenez va ontogenez). qovurg‗alarning va to‗sh suyagining tuzilishi.
Qovurg‗alarning turlari: CHin, yolg‗on va etim qovurg‗alar. qovurg‗alar va to‗sh
suyagini Yoshga qarab o‗zgarishi, anomaliyalari.
(A: 1,2,3,4; Q: 1,2,).
Dostları ilə paylaş: