AMALIY MASHG„ULOT №5
Kalla suyaklari (umumiy tushuncha). Ensa, tepa, peshona va G„alvirsimon
suyak.ponasimon suyaklar.
Kalla haqida umumiy tushuncha. kallaning miya va
Yuz qismiga bo‗linishi, vazifasi. Ensa, tepa, peshona suyaklarining tuzilishi. G‗alvir
suyagining tuzilishi
Bosh skeleti yoki kalla suyagi (Cranium, 79) bosh miya va u bilan birga takomil
etgan sezgi a‘zolarining tayanchi bo‘lib, ularni tashqi muhit ta‘siridan saqlab turadi.
Bundan tashqari, kalla suyagining Yuz qismida organizm hayotida katta ahamiyatga
ega bo‘lgan nafas sistemasining boshlanish qismi – burun bo‘shlig‗i – cavum nasi va
ovqat hazm qilish sistemasining boshlanishi – og‗iz bo‘shlig‗i – cavum oris
joylashgan. Kalla suyagi ikki bo‘limga: kallaning miya bo‘limi – cranium cerebrale
yoki neurocranium hamda kallaning Yuz bo‘limi – cranium viscerale yoki
splanchnocranium ga ajratiladi.
26
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
220
Miya bo‘limi tepa tomondan kalla qopqog‗i (calvaria) bilan qoplangan bo‘lib, ichida
bosh miya joylashib turadigan kalla bo‘shlig‗i (cavum crani cerebralis) bor. Kalla
bo‘shlig‗i umurtqa kanalining kengaygan uchi bo‘lib, u yerda bosh miya va uning
pardalari, qon tomirlar joylashgan.
Kalla bo‘shlig‗i pastki tomondan turli teshik va kanallari bo‘lgan kalla tubi – basis
cranii bilan chegaralanib turadi.
Kalla qopqog‗ining zich moddadan tuzilgan tashqi plastinkasi – lamina cranii externa
va ichki yoki shishasimon plastinkasi – lamina cranii interna s. vitrea bo‘lib, ular
orasida Yupqa g‗ovak modda (diploe) joylashgan. G‗ovak moddadan vena kanallari
o‘tadi. Ichki plastinkada organik moddalar kam bo‘lganligidan u tez sinuvchan, mo‘rt
bo‘ladi. Shishasimon plastinka nomi ham ana shundan olingan. Kalla suyagining
miya bo‘limi – neurocranium, ensa suyagi (os occipitale), peshona suyagi (os
frontale), tepa suyagi (os parietale), ponasimon yoki asosiy suyak (os sphenoidale),
g‗alvir suyak (os ethmoidale) va Chakka suyak (os temporale)dan tuzilgan. Tepa
suyagi bilan Chakka suyaklar bir juftdan, boshqasi toq.
221
Kallaning Yuz bo‘limi (cranium viscerale), Yuqori jag‗ (maxilla), tanglay suyagi (os
palatinum), Yonoq suyagi (os zygomaticum), burun suyagi (os nasale), ko‘z Yoshi
suyagi (os lacrimale), burunning pastki chig‗anog`i (concha nasalis inferior), dimog‗
suyagi (vomer), pastki jag‗ (mandibula) va til osti (os hyoideum) suyaklaridan
tuzilgan.
KALLANING MIYA BO‘LIMI SUYAKLARI
Ensa suyagi (os occipitale, 40- rasm) qisman kalla qopqog‗ining orqa, pastki tomoni
va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi. U oldingi tomondan ponasimon suyakka,
tepa va Chakka suyaklariga birlashgan. Unda palla, Yon qismlar, asosi yoki tanasi
tafovut qilinadi. Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida
joylashadi. Ensa suyagi katta teshik (foramen occipitale magnum) orqali umurtqa
kanaliga qo‘shilib turadi.
Ensa suyagining pallasi – sguama occipitalis tashqi tomonga qavarib, ichki Yuzasi
botiq bo‘lib egilgan serbar plastinka – palladan (squama occipitalis) iborat. Ensa
suyagining tashqi Yuzasi markazida, tashqi ensa do‘mbog‗i (suyaklanish nuqtasining
o‘rni) – protuberantia occipitalis externa bo‘lib, uning ikkala tomonida ko‘ndalang
yo‘nalgan g‗adir-budur chiziqlar – linea nuchae superior ko‘rinadi. Ammo shu
chiziqdan Yuqoriroqda parallel joylashgan eng Yuqori g‗adir-budur chiziq – linea
nuchae suprema joylashgan.
Ensa do‘mbog‗idan pastga ensaning tashqi qirrasi – crista occipitalis externa
yo‘naladi. Ana shu qirradan ikki Yonboshga – linea nuchae inferior chiziqlari
tarqaladi.
Pallaning ichki Yuzasi butsimon tepa – eminentia cruciformis bilan to‘rtta
chuqurchaga bo‘lingan, uning o‘rtasida esa ichki ensa do‘mbog‗i protuberantia
occipitalis interna bo‘lib, unda tepaga yo‘nalgan egatlar – sulcus sinus sagittalis
superioris bilan birga ikki Yonbosh tomonda joylashgan egatchalar sulcus sinus
transversi ko‘rinadi. Pastki tarmog‗i – ensaning ichki qirrasi – cricta occipitalis
interna ensa teshigiga qadar boradi.
Katta ensa teshigining ikki Yonboshida pars lateralis joylashgan bo‘lib, u pastki
Yuzada joylashgan ellips shaklidagi Bo‗g‗im do‘mboqchalar – condylus occipitalis
orqali I bo‘yin umurtqasining Yuqori Bo‗g‗im Yuzasi bilan qo‘shiladi. Ensa
suyagining Bo‗g‗im do‘mboqchalari o‘rtarog‗ida til osti nervi o‘tadigan kanal –
canalis condylaris joylashgan.
222
A
B
Ensa suyagi (os occipitale).
(A)-Tashqi Yuzasi: 1–pars basilaris; 2–processus intra jugularis; 3–condylus
occipitalis; 4–canalis condylaris; 5–linea nuchae inferior; 6–linea nuchae superior; 7–
linea nuchae suprema; 8–protuberantia occipitalis exterma; 9–crista occipitalis
externa; 10–fossa condylaris; 11–processus jugularis; 12–incusura jugularis; 13–
tuberculum pharyngeum.
(B)-Ichki Yuzasi: 1–clivus; 2–sulcus sinus petrosi inferioris; 3–canalis condylaris; 4–
sulcus sigmoidei; 5–margo mastoideus; 6–crista occipitalis interna; 7–protuberentia
occipitalis interna (eminentia cruciformis); 8–squama occipitalis; 9–margo
lambdoideus; 10–sulcus sinus sagittalis superioris; 11–sulcus sinus transversi; 12–
processus jugularis; 13–tuberculum jugulare; 14–incisura jugularis; 15–pars lateralis;
16–pars basillaris.
Do‘mboqcha Yon tomonida esa bo‘yinturuq vena o‘ymasi – incisura jugularis
bo‘ladi. Bu o‘yma Chakka suyagidagi ana shunday o‘yma bilan qo‘shilib bo‘yinturuq
teshigi – foramen jugularis ni hosil qiladi. Tanasi – pars basilaris ensa teshigining
223
oldingi tomonida joylashgan bo‘lib, 18–20 Yoshlarda ponasimon suyak tanasiga
qo‘shilib ketadi. Uning kalla bo‘shlig‗iga qaragan Yuzasi botiq bo‘lib, ponasimon
suyak tanasidagi xuddi ana shunday Yuza bilan qo‘shilib, ensa teshigi tomonga
yo‘nalgan nishab – clivus ni hosil qiladi. Bu nishabda uzunchoq miya va miya
ko‘prigi turadi. Ensa suyagi tanasining ikki Chakkasida pastki toshsimon egatcha –
sulcus sinus petrosi inferiores ko‘rinib turadi.
Tepa suyagi (os parietale, 43) bir juft bo‘lib, kalla qopqog‗ining o‘rta qismini tashkil
qiladi. Bosh miya takomillashgan sari tepa suyak ham rivojlanadi. Bu suyak kalla
qopqog‗ining talay qismini egallaydi va bosh miyani mexanik ta‘sirotlardan saqlaydi.
Tepa suyagi boshqa kalla suyaklariga nisbtan qirrali va to‘rt burchakli, sirti
gumbazsimon bo‘rtib chiqqan, plastinka shaklida tuzilgan. Uning oldingi chekkasi
margo frontalis peshona suyagining pallasiga birlashadi, Yuqori chekkasi – margo
sagittalis esa ikkinchi tomondagi tepa suyagining xuddi shunday chekkasi bilan o‘rta
chiziqda birlashadi.
Tepa suyagi (os perietake). Tashqi Yuzasi.
1–margo squamosus; 2–angulus sphenoidalis; 3–margofrontalis; 4–linea temporalis
inferior; 5–linea temporalis superior; 6–angulus frontalis; 7–margo sagittalis; 8–
foramen parietale; 9–tuber parietale; 10–angulus occipitalis; 11-margo occipitalis;
12–angulus mastoideus.
Orqa chekkasi – margo occipitalis ensa suyagining pallasiga birlashadi. Palla
chekkasining (margo squamosus) oldingi qismi ponasimon suyakning katta qanoti
bilan, o‘rta va orqa bo‘lagi esa Chakka suyagi pallasi bilan tishlashib birlashadi. Tepa
suyagining old, tepa va orqa chekkalari tishli qirrani hosil qilsa, pastki (to‘rtinchi)
qirrasi tashqi tomondan qiyshiq holda qirqilgan bo‘lib ko‘rinadi. Tepa suyagining
to‘rtta burchagi bor:
Birinchi – oldingi-Yuqori peshona burchak – angulus frontalis.
Ikkinchi – oldingi-pastki ponasimon burchak – angulus sphenoidalis.
Uchinchi – orqadagi-Yuqori ensa burchak – angulus occipitalis va to‘rtinchi –
orqadagi-pastki so‘rg‗ichsimon burchak – angulus mastoideus lardir.
Tepa suyagining tashqi (qavariq) Yuzasi muskul va fassiyalarning birlashishiga
moslashgan bo‘lib, o‘rtasida tepa suyak do‘mbog‗i – tuber parietale joylashgan.
224
Pastdagi ikkita parallel chiziqning Yuqoridagisi – linea temporalis superior Chakka
fassiyasining birikadigan joyi bo‘lsa, ikkinchisi Chakka muskulining (m.temporalis)
yopishadigan pastki chizig‗i (linea temporalis inferior) dir.
Tepa suyagining ichki botiq (facies interna) Yuzasidan arteriya egatchalari – sulci
arteriosi hamda miya qiyiqlarining izlari – foveolae granulares yaqqol ko‘rinadi.
Bulardan tashqari, tepa qirra bo‘ylab davom etgan va so‘rg‗ichsimon o‘siq bilan
birlashadigan burchak sohasida joylashgan egatchalar bor.
Peshona suyagi (os frontale, 44) bitta bo‘lib, kalla qopqog‗ining oldingi qismini
tashkil qiladi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a‘zolari (ko‘rish va hid bilish
a‘zolari) bilan uzviy bog‗liq.
Peshona suyagi vertikal joylashgan palla qismi – squama frontalis va gorizontal
bo‘lakka ajratiladi. Gorizontal bo‘lak bir juft ko‘z kosasi (pars orbitalis) va burun
qismi (pars nasalis) dan tashkil topgan.
Peshona suyagi kalla suyaklarining pallasi singari tashqi tomonga bo‘rtib chiqqan
plastinkadan iborat bo‘lib, unda ikkita Yuza tafovut qilinadi. Bulardan
Peshona suyagi (os frontale). Tashqi Yuzasi.
1–margo parietalis; 2–tuberfrontale; 3–glabella; 4–margosupraorbitalis; 5–pars
nasalis; 6–sutura frontalis; 7–spinanasalis; 8–incisura frontalis; 9–arcus superciliaris;
10–processus zygomaticus; 11–foramen supraorbitale; 12–linea temporalis; 13–facies
temporalis; 14–squama frontalis.
biri tashqariga qaragan qavariq Yuza – facies externa va ichkari – miyaga qaragan
(facies interna) botiq Yuzadir. Peshona suyagining tashqi Yuzasida bir juft peshona
do‘mbog‗i – tuber frontalis ko‘rinib turadi. Do‘mboqlarning qoq o‘rtasida chuqurcha
– glabella bor.
Pallaning miya Yuzasida bulardan boshqa arteriya egatchalari – sulci arteriosi miya
qiyiqlarining izlarini ko‘rish mumkin.
Peshona suyagining ko‘z kosasi qismi – pars orbitalis gorizontal joylashgan bir juft
Yupqa plastinkadan iborat. Peshona suyagi ko‘z kosasining o‘rtasi g‗alvir suyagi
joylashadigan egatcha – incisura etmaidalis bilan ajralgan. Egatchada g‗alvir
suyagining plastinkasi – lamina cribrosa joylashgan. Ko‘z kosasining Yuqori (miya)
Yuzasida (facies cerebralis) impressiones digitatae va juga cerebralia (BNA) ko‘rinib
turadi. Pastki Yuzasi (facies orbitalis) silliq botiq bo‘lib, ko‘z kosasini Yuqori
tomondan chegaralab turadi. Lateral burchagida ko‘z Yoshi bezining chuqurchasi –
225
fossa glandulae lacrimalis va medial tomonda bilinar-bilinmas g‗altaksimon
chuqurcha – fovea trochlearis va o‘siq – spina trochlearis bo‘ladi. Ularga tog‗ay
g‗altak – trochlea yopishadi; unga ko‘z soqqasining Yuqori qiyshiq muskul payi
birikadi. Peshona suyagining burun bo‘lagi – pars nasalis g‗alvirsimon o‘ymaning
oldingi tomonida joylashgan. Uning o‘rta qismida o‘tkir qiltanoq (spina nasalis)
bo‘ladi. Qiltanoq burun to‘sig‗i – septum nasi ni hosil qilishda qatnashadi.
Qiltanoqning ikki Yonida bir juft peshona bo‘shliqlari (sinus frontalis) bo‘ladi.
Kavaklar sagittal to‘siq – septum sinus frontalium bilan ajralgan.
G‗alvir suyak (os ethmoidale, 45) Yuz suyaklari orasida markazda, burun
bo‘shlig‗ining peshona suyagi egati tepasida joylashgan. U gorizontal o‘rnashgan
g‗alvirsimon nafis plastinka – lamina cribrosa bilan kalla suyagining tubini (cranium
cerebrale), kallada ko‘z kosasi medial devorini hosil qilishda qatnashadi.
G‗alvir suyak (os etmoidale). Pastdan ko‘rinishi.
1–concha nasalis superior; 2–concha nasalis media; 3–processus uncinatus; 4–
infundibulum ethmoidale; 5–lamina perpendicularis; 6–cellulae ethmoilades; 7–
cellulae ethmoidales; 8–lamina cribrosa.
G`alvir suyak 3 qismdan iborat: gorizontal joylashgan g‗alvirsimon plastinka (lamina
cribrosa), pastga yo‘nalgan perpendikulyar plastinka (lamina perpendicularis) va
uning Yonida joylashgan labirintlar (g‗ovakchalar) labyrinti ethmoidales dir.
G`alvirsimon plastinkaning juda ko‘p teshikchalari bo‘lib, ular orqali burun
bo‘shlig‗iga hidlash nervining tolalari o‘tadi. Plastinkaning qoq o‘rtasida xo‘roz
tojiga o‘xshash o‘siq – crista galli ko‘rinib turadi. Bosh miyaning qattiq pardasi shu
tojga yopishadi. O‘siq oldingi tomonga bir juft qanotsimon o‘siq – ala cristae galli
bo‘lib davom etadi va peshona suyagi bilan birga ko‘r teshik – foramen caecum ni
hosil qiladi.
G`alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi burun suyaklari, dimog‗ suyagi va
ponasimon suyak qirrasi bilan birlashadi va burun to‘sig‗ining bir qismini hosil
qiladi.
G`alvir suyagida bir juft katta-kichik suyak kataklari (cellulae ethmoidales) bor.
Kataklar lateral tomonda qog‗ozsimon Yupqa plastinka yoki ko‘z kosasi plastinkasi
(lamina orbitalis) bilan qoplangan bo‘lib, medial devorni hosil qiladi. G`alvir
226
suyakning oldingi kataklari peshona suyagi kataklari (sinus frontales) bilan, orqadagi
kataklari esa ponasimon suyak katagi (sinus sphenoidalis) bilan tutashib turadi.
Labirintning medial tomonlarida tepa va pastki chig‗anoqlar conchae nasalis superior
et media joylashgan. Ba‘zida eng tepada joylashgan uchinchi burun chig‗anog‗i
concha nasalis suprema ham uchraydi.
|