Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Mimika muskullari 
(103) o‘zining suyakdan boshlanib teriga yopishishi bilan 
boshqa muskullardan farq qiladi. Binobarin mimika muskullari qisqarib Yuzda har xil 
o‘zgarish (holat) larni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, mimika muskullari 
so‘zlash, chaynash jaraYonida faol qatnashadi. 
Yuzning mimika muskullari aksariyat og‗iz, ko‘z, burun va quloq atrofida 
joylashib, ularning torayishi (sfinkterlar) yoki kengayishi (dilatatorlar) ni ta‘minlaydi. 
Kallaning tepa qismi kalla tepasi muskuli (m. epicranius) bilan qoplangan bo‘lib, 
ensa-peshona muskuli va aponevrozdan iborat. 


334 
Ensa-peshona muskuli 
(m. occipito-frontalis) serbar va Yupqa bo‘lib, uning 
muskul qismi peshona (venter frontalis) va ensada (venter occipitalis) joylashgan 
bo‘lsa, fibroz plastinka (aponevroz) bo‘lagi – galea aponeurotica epicranis ikki 
muskul o‘rtasida joylashib, kallaning tepa qismini qoplaydi. Ensa-peshona 
muskulining peshona muskul qismi (venter frontalis) qosh terisidan boshlanib, fibroz 
plastinkaga qo‘shiladi. Qisqarganda qosh ko‘tarilib, peshonada ajin paydo bo‘ladi. 
Ensa muskul (venter occipitalis) bo‘lagi esa ensa suyagining g‗adir-buduri – linea 
nuchae superior dan boshlanib, aponevrozga o‘tib ketadi. Qisqarganda aponevrozni 
orqaga tortadi. Aponevroz tepada bosh terisiga mustahkam birlashgan bo‘lib, kalla 
suyagiga Yumshoq to‘qima orqali tutashadi. Shuning uchun kallaning aponevrozi 
osongina harakatlanuvchan bo‘ladi. Kalla aponevrozi ikki Yonbosh tomonidan quloq 
atrofida joylashgan Chakka-tepa muskuli –m. temporaparietalis dan iborat. Bu 
muskul oldingi – m. auricularis anterior, Yuqorigi – m. auricularis superior, orqa – m. 
auricularis posterior dan iborat bo‘lib, quloq suprasidan boshlanib, kalla aponevrozi 
ichiga qo‘shilib ketadi. Bu muskullar qoldiq sifatida uchraydi. 


335 
F u n k s i y a s i. Ensa-peshona muskulining ensa qismi qisqarganda, aponevroz 
kalla terisini orqaga tortadi. Muskulning peshona qismi qisqarganda kalla terisi 
oldinga surilib, peshonada ajinlar paydo bo‘ladi, qosh ko‘tarilib, odamning hayronlik 
holatini Yuzaga keltirishda qatnashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. occipitalis, a. auricularis posterior, a. temporalis 
superficialis, a. supraorbitalis. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin