457
– ramus ascendens: Yuqoriga ko‘tariluvchi mayda tarmoq. Lateral tomondan
Yuqoriga ko‘tarilib, mm. tensor fasciae latae va trochanter major ga boradi, a.
circumflexa mediales hamda a. glutea inferior tolalari bilan tutashadi;
– ramus descendens: pastga yo‘naluvchi shoxcha m. rectus femoralis ning orqa
tomonidan pastga, tizzagacha boradi va sonning to‘rt boshli muskuliga tarqaladi;
d) teshib o‘tuvchi birinchi, ikkinchi va uchinchi arteriyalar (aa. perforantes
prima, secunda et tertia) sonni yaqinlashtiruvchi medial muskullarni teshib, orqa
tomonga o‘tadi; bu arteriyadan son suyagiga a. diaphyseos femoris superior chiqadi,
a. perforantes secunda son orqasiga m. adductor brevis ning pastidan o‘tadi; a.
perforantes tertia chuqur son arteriyasining davomi hisoblanadi, sonning orqa
Yuzasiga m. adductor longus ning pastidan o‘tadi va son suyagiga tarmoq beradi. A.
femoralis shikastlanganda Yuqorida aytib o‘tilgan chuqur son arteriyasi tarmoqlari
Yonlama (kollateral) qon tomirlarning rivojlanishida muhim vazifani o‘taydi.
5. R a m i m u s c u l a r e s – son muskullariga tarqaladi.
1
6. T i z z a n i n g t u sh u v ch i a r t e r i y a s i (a. genus descendens)son
arteriyasining oxirgi tarmog‗i bo‘lib, canalis adductorius ning oldingi devorini teshib
o‘tib, n. saphenus bilan birga yotadi, son to‘rt boshli muskulining pastki qismiga
tarmoqlar beradi va oxirgi ramii articulares bo‘lib, tizza sohasida arteriya to‘ri – rete
articulare genus ni hosil qilishda qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: