348
Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan. Bu holat tilda ustki va
pastki bo‘ylama muskul m. longitudinalis superior et inferior, ko‘ndalang (m.
transversus) va tikka yo‘nalgan (m. verticalis) muskullar borligini ko‘rsatadi. Bu
muskul tolalari o‘zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga
burilib, o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Tilning muskullari ensa
miotomlaridan rivojlanganligi sababli bitta – til osti nervi – n. hypoglossus (XII juft)
hisobiga innervatsiya qilinadi.
SO‟LAK BEZLARI
Og‗iz bo‘shlig‗ining shilliq qavatida turli hajmda juda ko‘p so‘lak bezlari
joylashgan. Ular til, lab, lunj va tanglay bezlari nomi bilan ataladi. Shuningdek, katta
hajmdagi uch juft so‘lak bezlari og‗iz bo‘shlig‗i atrofida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: