354
qizilo‘ngachning old tomonida aorta joylashadi va u bir oz chap tomonga surilib,
diafragma orqali qorin bo‘shlig‗iga o‘tib ketadi.
Qizilo‘ngach d e v o r i u ch p a r d a d a n iborat. Uning eng ustki pardasi –
tunica adventitia biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Qizilo‘ngachning qorin
bo‘shlig‗idagi qismi ust tomondan qorin pardasi bilan o‘ralgan. Qizilo‘ngachning
muskul pardasi – tunica muscularis esa ikki qavatdan iborat bo‘lib, tashqi qavati
uzunasiga yo‘nalgan, ichki qavati aylana joylashgan muskul tutamidan iborat.
Qizilo‘ngachning Yuqori 1/3 qismi ko‘ndalang-targ‗il muskuldan tuzilgan bo‘lib,
asta-sekin silliq muskul bilan almashadi. Shuning uchun ham uning pastki 2/3 qismi
silliq muskuldan iborat. Qizilo‘ngach, odatda, Yuqoridan pastga qarab qisqaradi.
Qizilo‘ngachning muskul bilan shilliq pardalari (tunica mucosa) o‘rtasida shilliq osti
qavati (tela submucosa) yaxshi rivojlangan. Bu holat shilliq parda harakatchan
bo‘lishini ta‘minlaydi va uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. Shilliq osti
qavatida joylashgan qizilo‘ngachning xususiy bezlari o‘z suYuqliklarini qizilo‘ngach
bo‘shlig‗iga chiqaradi. Shilliq parda qizilo‘ngachning ichki qavati bo‘lib, yaxshi
rivojlangan muskul plastinkasiga yaqin joylashgan uzunasiga burmalar hosil
bo‘lishiga va bezlar suYuqligining ajralishiga yordam beradi. Shilliq pardalardagi bez
suYuqliklari uning Yuzasini namlab turadi va ovqat luqmalari yo‘nalishini
osonlashtiradi. Qizilo‘ngachning uch fiziologik toraygan joyi mavjud: birinchi –
qizilo‘ngachning boshlangan qismi (halqumdan boshlangan joyida), ikkinchi –
kekirdakning ikkita bronxga bo‘lingan yeri (qizilo‘ngachning bronx bilan kesishgan
sohasida), uchinchi – qizilo‘ngachning diafragmadan o‘tish joyi.
Qizilo‘ngachning asosiy vazifasi ovqat luqmasi va Yutilgan suYuqlikni me‘daga
o‘tkazishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: