352
va tanglay mo‗rtaklari halqa shaklida joylashgan. Shuningdek, oralig‗ida ko‘pgina
limfa to‘qimalarini uchratish mumkin. Bu Pirogov mo‗rtak halqasi bo‘lib,
organizmda himoya vazifasini bajaradi.
H a l q u m n i n g h i q i l d o q q i s m i – pars laryngea birmuncha kalta, u
hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Halqumning bu qismi pastda qizilo‘ngachga
qo‘shilib ketadi. Halqum hiqildoq qismining oldingi devorida kirish teshigi bo‘lib,
uni Yon tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o‘tish paytida
hiqildoqqa o‘tish teshigini hiqildoq usti tog‗ayi (hiqildoq qopqog‗i) yopib turadi.
SuYuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki Yonboshidagi egatchalar orqali
qizilo‘ngach tomonga o‘tadi. Halqumning devori uch qavat bo‘lib, ichki –shilliq
parda, o‘rta – muskul parda va tashqi – biriktiruvchi to‘qima pardadan iborat.
Sh i l l i q p a r d a – tunica mucosa og‗iz, burun bo‘shlig‗idagi shilliq pardaning
davomi hisoblanadi. U ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa
kiprikli epiteliydan tuzilgan. Shilliq parda ostida ko‘pgina shilliq bezlar joylashgan.
Halqumda shilliq osti qavati rivojlanmagan. Shilliq parda muskul parda bilan fibroz
to‘qima orqali qo‘shilib turadi.
M u s k u l p a r d a – tunica muscularis ko‘ndalang-targ‗il muskullardan
tuzilgan. Cherepitsaga o‘xshab ustma-ust joylashgan halqumning uchta (Yuqori, o‘rta
va pastki) qisuvchi muskullari – mm. constrictor pharyngis superior, media et inferior
tafovut qilinadi. Halqumning Yuqori qisuvchi muskuli kalla suyagining tubi (asosi)
dan boshlansa, o‘rta qisuvchi muskul til osti suyagidan, pastki muskul hiqildoq
tog‗aylaridan boshlanadi, muskul parda halqumni ikki tomonidan o‘rab, o‘rta
chiziqda tutashadi. Bundan tashqari, halqumni ko‘taruvchi ikki juft muskul mavjud:
1. Bigizsimon o‘siq – halqum muskuli – m. stylopharyngeus Chakka suyagining
bigizsimon o‘sig‗idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi.
2. Halqum-tanglay muskuli – m. palatopharyngeus Yumshoq tanglaydan
boshlanib, halqum devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi.
Halqumning siquvchi va ko‘taruvchi muskullari qisqarish tufayli ovqat asta-
sekin Yuqoridan pastga, qizilo‘ngach tomon yo‘naladi.
Halqumning tashqi biriktiruvchi to‘qima pardasi – tunica adventitia muskul
qavatlarni tashqaridan o‘rab olgan. Bu pardaning tashqi Yuzasini kletchatka (yog‗
o‘rami) o‘rab, halqumni qo‘shni a‘zolardan ajratib turadi.
Dostları ilə paylaş: