375
(foramen sphenopalatinum) orqali ponasimon tanglay chuqurchasiga qo‘shiladi.
Burun bo‘shlig‗ining pastki yo‘li (meatus nasi inferior) pastki burun chig‗anog‗i bilan
burun bo‘shlig‗i pastki chegarasi orasida joylashgan. Bu yo‘lning oldingi qismiga
burun-ko‘z Yoshi kanali (canalis nasolacrimalis) ochiladi.
Burun bo‘shlig‗i qon tomir va bezlarga boy bo‘lgan shilliq qavat bilan
qoplangan. Bundan tashqari, burun bo‘shlig‗i shilliq qavatida kiprikli epiteliy ham
bo‘ladi. Shuning uchun burun bo‘shlig‗iga kirgan havo qon tomirlar yordamida isib,
bez suYuqliklarida namlanadi, kipriklar yordamida ushlangan havo tarkibidagi chang
zarrachalarini bezlar qamrab oladi. Shilliq qavat ostida qon tomirlari, ayniqsa vena
chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo‘shlig‗ining Yuqori qismidagi shilliq qavatda
(hidlash sohasida) hidlash nervlarining oxirlari joylashgan. Burun bo‘shlig‗i shilliq
qavati shamollab shishadigan bo‘lsa, qon tomirlar devori yorilib, qon oqishi, nafas
olish qiyinlashishi mumkin. Odatda, burun bo‘shlig‗ining o‘rta va pastki qismiga
nafas olish bo‘lagi deyiladi. Burun bo‘shlig‗i Yon devoridagi chig‗anoqlar va uning
atrofida joylashgan kavaklar burun bo‘shlig‗i Yuzasini oshirib, nafas olganda
burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta‘minlaydi. Burunga
kirish qismi – noksimon teshik (apertura piriformis) oldindan burun suyaklari va
tog‗aylari bilan chegaralanib, burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot
tog‗aylari (cartilago nasi lateralis) uchburchak shaklli, bir juft bo‘lib, Yonbosh
qismida burun qanotlarini, pastda burun qirrasini hosil qiladi. Tog‗aydan tuzilgan
o‘rta devor (cartilago septi nasi) burun teshigini ikkiga bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: