381
natijada tovush paydo bo‘ladi. Turli tovush (ovoz)larning paydo bo‘lishi havo
to‘lqinining kuchiga va tovush boylamlarining tebranish qobiliyatiga bog‗liq.
Chaqaloqlarda hiqildoq kalta va keng, qalqonsimon tog‗ay burchagi unchalik
rivojlanmagan bo‘ladi. Bolalarda hiqildoq usti tog‗ayi Yuqoriroqda joylashganligidan
ovqat luqmasi uning ikki Yonboshidan osongina o‘tadi. Shuning uchun ular bir
vaqtning o‘zida ovqat Yutib, nafas olishlari ham mumkin. Tovush yorig‗i kattalarga
nisbatan 3 marta kalta bo‘lib, muskullari yaxshi rivojlanmagan. Bolalarning
balog‗atga yetish davridan boshlab 23–25 Yoshgacha hiqildoq tez rivojlanib
kattalashadi. Hiqildoq (shu jumladan tovush boylamlari ham) o‘g‗il bolalarda
qizlarga nisbatan tezroq kattalashadi. Yosh ulg‗aygan sari hiqildoq tog‗ayi (hiqildoq
usti tog‗ayidan tashqari) asta-sekin suyaklanib boradi. Shuning uchun qarilarda
hiqildoq tog‗aylari sinuvchan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: