384
alveolares) ga, u esa kengayib, nafas pufakchalari (sacculi alveolares) alveolalariga
aylanadi.
Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi pufakchalari va alveolasi
qo‘shilib, uzum boshi shaklidagi o‘pkaning struktura va funksional birligi – atsinus
(acinus) yoki alveolalar daraxtini hosilqiladi. 12–18 atsinus birgalikda o‘pka
bo‘lakchasini (lobulus pulmonis primarius), bir necha bo‘lakchalar qo‘shilib, o‘pka
segmentini hosil qiladi.
O‘pka segmentlari o‘zaro qo‘shilib, o‘pka bo‘lagini, o‘pka bo‘laklari o‘pkani
hosil qiladi. O‘pkalarda 800 000 atsinus yoki 300–500 mln. alveola bo‘ladi. Ular
sathi 30–100 m2. O‘pka bronxlari havo almashish jaraYonidan tashqari, organizmda
suv, tuz va xlor miqdori bir me‘yorda saqlanishiga ham yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: