378
membrana thyrohyoidea deb ataladi. Hiqildoq usti tog‗ayi til osti suyagiga lig.
hyoepiglotticum orqali va lig. thyroepiglotticum yordamida qalqonsimon tog‗ay cheti
bilan uzuksimon tog‗ay halqasi orasida elastik toladan tuzilgan lig. cricothyroideum
joylashgan. Bu boylamning bir qismi cho‘michsimon o‘siqqa borib yopishadi-da, lig.
cricothyroideum bilan birga conus elasticus ni hosil qiladi. Konusning bo‘shashgan
qismi tovush boylami (lig. vocale) deb ataladi. Tovush boylami orqada
cho‘michsimon tog‗ayning tovush o‘sig‗iga birlashsa, old tomonda qalqonsimon
tog‗ay burchagining ichki Yuzasiga yopishadi. Tovush boylamining medial o‘tkir
qirrasi bo‘sh bo‘lsa, uning lateral qismi pastki tomonda conus elasticus ga o‘tib
ketadi.
Tovush boylamlarining tepasida, ularga parallel ravishda bir juft dahliz boylami
(lig. vestibulare) hiqildoq dahlizining pastki chegarasida joylashgan. Hiqildoq
tog‗aylari Yuqorida keltirilgan boylamlardan tashqari, Bo‗g‗imlar orqali ham o‘zaro
birlashadi. Jumladan cho‘michsimon tog‗ay uzuksimon tog‗ay bilan bir juft art.
cricoarytenoideae orqali birlashadi. Bu Bo‗g‗im orqali cho‘michsimon tog‗ayda
aylanma, yaqinlashish va uzoqlashish harakatlari sodir bo‘ladi.
Uzuksimon tog‗ay qalqonsimon tog‗ay bilan kombinatsiyalashgan Bo‗g‗im –
art. cricothyroidea hosil qilib birlashadi. Bunda qalqonsimon tog‗ay oldinga va
orqaga surilib, cho‘michsimon tog‗ayga yaqinlashadi (tovush boylami bo‘shashadi)
yoki uzoqlashib tovush boylami taranglashadi.
H i q i l d o q m u s k u l l a r i ko‘ndalang-targ‗il (141) muskullardan tuzilgan,
ular odam ixtiyori bilan qisqaradi. Ularning qisqarib tovush boylami holatini
o‘zgartirishi natijasida o‘rtadagi yoriq kengayib torayadi. Shuning uchun hiqildoq
muskullari funksiyalariga qarab uch guruhga: siquvchi, bo‘shashtiruvchi, tovush
boylami holatini o‘zgartiruvchilarga bo‘linadi. Ba‘zi muskullar bir necha xil vazifani
bajarganligi uchun ularga aralash vazifali muskullar deyiladi.
1.
Dostları ilə paylaş: