Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

KALLA SUYAGINING TARAQQIYOTI. 
Kalla suyaklarining taraqqiyotida uch boskich tafovut etiladi : parda, togay va 
suyak xolatlari. Parda xolidagi kalla - embrionning 2 xaftaligidan boshlansa, togay 
xolatiga 2-oydan boshlab utadi. Uchinchi boskich bulgan suya xolatiga utish xar bir 
suyak uchun aloxida muddatga tugri keladi. Misol uchun : pastki jag suyagida 
suyaklanish nuktasining payd bulishi embrion taraqqiyotining 39-nchi kuniga tugri 
kelsa, ensa suyagida esa 65-nchi kunda kurinadi. Xamma suyaklar xam, tarakkiyot 
paytida uch boskichni utmaydi. Ba‘zi suyaklar togay boskichini utmaydi. Parda 
boskichidan suyaklanish boskichiga utadigan suyaklarga birlamchi suyaklar deyiladi. 
Uchchala boskichni utadigan suyaklarga ikkilamchi suyaklar deyiladi.
Birlamchi suyaklar guruhiga kuyidagi suyaklar kiradi : ensa suyagining 
Yuqorigi serbar qismi, tepa, peshona, Chakka suyagining serba qismi, nogora halqasi, 
ponasimon suyakning kanotsimon o‗simtasinin ichki bulagi, tanglay, burun bushligini 
bulib turuvchi suyak, burun, kuzYosh, Yonoq suyaklari, Yuqorigi va pastki jag 
suyaklari. Ikkilamchi suyaklar guruhiga kuyidagi suyaklar kiradi: ensa suyagining 
asosi va Yon kismlari, ponasimon, G‗alvirsimon, burun chiganok suyaklari, Chakka 


69 
suyagining toshsimon qismi va surgichsimon o‗simtasi, eshituv suyakchalari 
(bolgacha, sandoncha, uzangicha) va til osti suyagining tanasi. Kalla suyaklari bosh 
miya, nervlar va kon tomirlardan sung tarakkiy etadi. Shu sababdan kalla suyaklarida 
kup mikdorda teshiklar, kanallar, egat va chukurchalar hosil buladi.
Kallaning Yuz qismidagi suyaklar jabra ravoklaridan tarakkiyetadi. Embrion 
taraqqiyotida 5-ta jabra ravoklari mavjud buladi. Birinchi jabra ravogiga - pastki jag 
(mandibulyar) ravogi deyiladi. Ikkinchi jabra ravogiga til osti (gioid) ravogi deyiladi. 
Kolgan ravoklar - 3, 4, 5 jabra ravoklari deyiladi. Kallaning Yuz qismidagi suyaklar 
taraqqiyotida 1, 2, 3 jabra ravoklari va peshona o‗simtasi katnashadi. Pastki jag 
(mandibulyar) ravok juft bulib, xar bir o‗rta soxada ikkitadan o‗simta bilan tugaydi : 
Yuqori jag va pastk jag o‗simtalari ogiz tirkishini pastdan va Yon tomondan 
chegarala turadi. Yuqori jag o‗simtalarining o‗rtasida peshona o‗simtasi joylashadi. 
Peshona o‗simtasining pastki kirrasida xar tarafda ikkitadan : Yon burun ko‗rtaklari 
va o‗rta burun ko‗rtaklari tafovut etiladi. 
Juft pastki jag (mandibulyar) o‗simtalari o‗rta soxasida uzar kushilib, pastki jag 
suyagini va pastki labni tashkil etadi. Yuqorig jag o‗simtalari esa uzaro o‗rta soxada 
birlashmaydi. Bu o‗simtala orasida peshona o‗simtasining o‗rta burun ko‗rtagi 
joylashadi. O‗rta burun ko‗rtagidan Yuqori jag suyagining kesuv tishlari joylashgan 
kism va shu soxadan Yuqori lab tarakkiy etadi. Yuqori jag o‗simtalarining ogiz 
bushligidagi Yuzasida tanglay o‗simtalari hosil buladi. Xar ikki tarafdagi tanglay 
o‗simtalari o‗rta soxada birlashadi va natijada ogiz va burun bushliklari ajraladi. 
Yuqori va pastki jag o‗simtalari Yon tarafda uzaro birlashib, ogi tirkishini chegaralab 
turadi. Bu o‗simtalar birlashuvining zaiflig ogiz tirkishining kattaligiga sabab buladi 
macrostoma). Yuqori ja66 o‗simtalari tanglay ko‗rtaklarining uzaro birlashmasligi 
tanglay soxasida tirkishning hosil bulishiga sababchi buladi va bunday xolatn - "buri 
ogiz" (palatum fissum) deyiladi. Yuqori jag o‗simtalari o‗rta burun ko‗rtagi bilan 
birlashmay kolish xolatlairda hosil buladigan tirkish "kuYon lab"(labium leporinum) 
deb ataladi. Bu tirkish Yon tarafda joylashib, bir tarafli yok ikki tarafli bulishi 
mumkin.
Yuqori jaglaridan - Yuqori jag suyagi (kesuv tishlari soxasidan tashkari), 
Yonoq suyagi, tanglay suyagi, ponasimon suyak va unin kanotsimon o‗simtasining 
ichki plastinkalari tarakkiy etadi. Pastk jag o‗simtalari - pastki jag suyagining 
taraqqiyotini ta‘minlaydi.
Peshona o‗simtasining o‗rta ko‗rtagi - burun bushligini o‗rtada buluvchi 
kundalang o‗rta suyak, G‗alvirsimon suyakning kundalan o‗simtasi, Yuqori jag 
suyagining kesuv tishlar soxasining taraqqiyotin ta‘minlaydi. Bulardan tashkari 
birinchi jabra (mandibulyar) ravogidan urt kulok bushligida (nogora bushligidagi) 
bolgacha va sandoncha suyaklarining taraqqiyotini ta‘minlaydi.
Ikkinchi jabra ravoklari (gioid) esa Chakka suyagining bigizsimon 
o‗simtasining, til osti suyagining kichik shoxchasining va nogor bushligidagi 
uzangicha suyagining taraqqiyotini ta‘minlaydi.
Uchinchi jabra ravogidan esa til osti suyagining tanasi va katta shoxchasi 
tarakkiy etadi.
Kalla suyaklari ikki guruh suyaklarga bulinadi:
a)kallaning miya qismini tashkil etadigan suyaklar;
b)kallaning Yuz qismini tashkkil etadigan suyaklar.


70 
Kallaning miya qismini tok bulgan - peshona, ensa, ponasimon, G‗alvirsimon 
va juft bulgan - tepa, Chakka suyaklari tashil etadi.
Kallaning Yuz qismini esa juft bulgan - Yuqorigi jag, tanglay, Yonoq, burun, 
kuz Yosh suyakklari, pastki burun chiganogi va tok bulgan - pastki jag suyagi xamda 
burun bushligini bulib turuvchi suyaklar tashkil etadi.
Ensa suyagi - os occipitale
Ensa suyagi - turt kismdan iborat bulib, bu kismlar ensa suyagining katta 
teshigi foramen. magnum atrofida joylashadi. Suyakning oldingi tarafida asosiy qismi 
pars basillaris, ikki lateral tarafida suyakning Yon bulaklari pars lateralis va 
suyakning orka tarafida serbar kism squama occipitalis joylashadi.
Ensa suyagining asosi panasimon suyak bilan birlashib turadi v uning ichki 
Yuzasida uzunchok miya joylashadigan sillik Yuza nishab clivus buladi. Ensa suyagi 
asosining tashki Yuzasida esa xalkum burtig tuberculum pharyngeum buladi. Ensa 
suyagi asosining Yon taraflariga Chakka suyagining toshsimon qismi birlashadi. Shu 
soxaning ichki Yuzasida pastki toshsimon venaning egati sulcus sinus petrosi 
inferioris hosil buladi.
Ensa suyagi Yon kismlarining medial kirrasi ensaning katta teshigini hosil 
kilsa tashki kirrasi esa Chakka suyagi bilan birlashadi. Bu soxada buyinturuk uymasi 
incisura jugularis bulib, chakk suyagidagi shu nomli uyma bilan kushilishi natijasida 
buyinturuk teshigini hosil etadi. Ensa suyagi Yon bulagining pastki Yuzasida ellip 
shaklidagi bugim burtigi condylus occipitalis bulib, bu burti44 vositasida birinchi 
buyin umurtkasining bugim chukurchalari bila birlashadi. Bugim burtiklarining 
orkasida chukurcha bulib - foss condylaris deyiladi. Bu chukurchaning tubida ba‘zi 
paytda vena ko tomiri uchun hosil bulgan teshik uchraydi - ensa suyagi bugim 
burtigining ustida til osti nervi uchun kanal canalis hypoglossalis hosil buladi.
Ensa suyagi pallasining (serbar qismi) oldingi kirrasi ensaning katta teshigini 
hosil etishdi katnashadi. Uning Yuqori qismi tep suyaklari bilan, pastki qismi esa 
Chakka suyagining surgichsimon o‗simtasi bilan birlashadi. Pallaning tashki 
Yuzasida - tashki ensa burtig protuberentia occipitalis externa kurinadi. Bu burtikdan 
pastg karab, ensa suyagining tashki kirrasi - crista occipitalis extern Yunaladi. Bu 
kirra uz Yulida muskullar birikishi natijasida xosi bulgan va kirraga nisbatan 
kundalang Yunalgan chiziklar bilan kesishadi. Eng Yuqoridagi chizik linea nuchae 
suprema deyilsa, pastk chizik linea nuchae inferior deb ataladi. Bu chiziklar orasida 
es linea nuchae superior joylashadi . Pallaning ichki Yuzasi xajsimon (krestsimon) 
tepa - eminenti cruciformis vositasida turtta Yuzaga bulingan. Bu tepaning o‗rtasid 
ichki ensa burtigi - protuberentia occipitalis interna joylashadi. Bu burtikdan past 
tarafga ensa suyagining ichki kirrasi - cristaoccipitalis interna Yunaladi. Burtikdan 
Yuqori tarafga sagital vena tomirining egati - sulcus sinus sagittalis Yunaladi. Ichki 
ensa burtigidan ikki Yon tarafga kundalang vena egati sulcus sinus transversi 
joylashadi. Uz navbatida bu egat - sulcus sinus sigmoidei - S-simon vena egatiga 
davom etadi. 
Peshona suyagi - os frontale
Peshona suyagida kuyidagi kismlari tafovut etiladi : serba palla qismi - squama 
frontalis, burun qismi - pars nasalis v juft bulgan kuz kosasi qismi - partes orbitales. 
Peshona suyagining pallasi ikki Yuzadan iborat : tashki Yuzas - facies externa, ichki 
Yuzasi - facies interna. Tashki Yuzasida ikkita burtik - tuber frontale tafovut etiladi.


71 
Bu burtiklarning ostida yarimoysimon shakldagi kosh usti ravogi - arcus 
superciliari joylashadi. Burtiklar va ravoklar orasidagi Yuzaga burun usti soxas - 
glabella deyiladi. Peshona suyagining ikki Yonida Yonoq suyagi bilan birikadiga 
o‗simtalar - processus zygomaticus buladi. Bu o‗simtalardan Yuqor tarafga Chakka 
muskuli birikishidan hosil buladigan linea temporalis Yunaladi. Peshona suyagi 
tashki Yuzasining kuz kosasiga utish chegarasidag kirracha margo supraorbitalis 
deyiladi. Bu kirrada nerv va kon tomirlar Yunalishidan uyma hosil buladi - incisura 
supraorbitali deyiladi.
Peshona suyagi pallasining ichki Yuzasida o‗rtadan utgan kirr crista frontalis 
Yuqoriga vena kon tomirining egatiga - sulcus sinus sagittalis superior ga - davom 
etadi. Kirraning old tomonid esa "kur teshik" foramen caecum deb nomlanadigan 
chukurcha buladi. Peshona suyagining burun qismida G‗alvirsimon suyak bilan 
tuldirilib turadigan uyma incisura ethmoidalis buladi. Burun qismi - Yuqori jag 
suyagining peshona o‗simtasi va buru suyaklari bilan birlashib turadi.
Peshona suyagining kuz kosasiga karagan Yuzasi sillik bulib, yo qismida kuz 
Yosh bezi joylashadigan chukurcha fossa glandulae lacrimalis buladi. Peshona suyagi 
govakli suyaklar turkumiga kiradi, chunki unin ichida xavo saklaydigan bushlik sinus 
frontalis buladi va buru bushligiga ochiladi.
G‗alvirsimon suyak - os ethmoidale 
G‗alvirsimon suyak os ethmoidale - burun bushligining Yuqori qismida 
joylashib, peshona suyagidagi shu suyak nomi bilan ataladiga uymani tuldirib turadi. 
G‗alvirsimon suyakda, kallaning miya Yuzasid joylashgan, juda kup teshikchalarga 
ega bulgan gorizontal xoldag qismi - lamina cribrosa va burun bushligiga davom 
etadiga, kundalang xoldagi - lamina perpendicularis kismlaridan iborat buladi. Bu 
kismning ikki Yonida, burun bushligiga ochilgan xolda, govakl tuzulishga ega bulgan 
labyrintus ethmoidalis deb atalgan bulakn kurish mumkin. G‗alvirsimon plastinkada 
lamina cribrosa kup mikdorda teshikchalar bulib, bu yerdan xid biluv nervining 
tolalari Yunaladi. B plastinkaga kundalang xolda kallaning miya Yuzasiga xuroz tojig 
uxshash o‗simta crista galli joylashadi. Bosh miyani urab turgan kattik parda shu 
tojga birlashadi.
G‗alvirsimon suyakning kundalang (perpendikulyar) bulagi buru bushligini 
ikki bushlikka bulib turishda katnashadi. Bu bulak Yuqorid peshona va ponasimon 
suyaklar bilan birikadi, past tarafida esa dimog suyagi va burun suyaklari bilan 
birlashadi. G‗alvirsimon suyakning govakli qismi kuz kosasining ichki devorini hosil 
kilishda katnashadi. Uning kolgan kismlari burun bushligiga ochiladi. Bu Yuzada 
ikkita o‗simta Yuqorigi va o‗rta burun chiganoklari conchae nasalis superior et media 
kurinadi. Bu chiganokla orasida burun bushligining ustki xavo Yuli meatus nasi 
superio joylashadi.
TEPA SUYAGI - os parietale
Tepa suyagi os parietale - yassi va turt - burchak shaklid bulib, kalla 
kopkogining o‗rta qismini hosil qiladi. Bu suyakda ikkita : tashki va ichki Yuzalar 
facies externa, facies interna va tur kirra tafovut etiladi. Tepa suyagi oldingi kirrasi 
margo frontalis peshona suyagi bilan, orka kirrasi margo occipitali ensa suyagiga, 


72 
pastki kirrasi margo squamosus esa Chakka suyagining pallasi bilan birlashadi. Tepa 
suyagi Yuqori kirralari marg sagitalis vositasida uzaro birikadi. 
1
Tepa suyagida turtta burchak buladi. Oldingi kirra soxasid Yuqori burchak 
angulus frontalis peshona suyagi bilan birikadi, pastk burchak angulus sphenoidalis 
esa ponasimon suyakka tegib turadi. Orka kirra soxasidagi Yuqori burchak angulus 
occipitalis ens suyagi bilan birlashsa, pastki burchagi angulus mastoideus Chakka 
suyagining surgichsimon o‗simtasiga tutashadi . Tepa suyagining tashki Yuzasidagi 
burtik - tuber parietale deyiladi. Bu burtik ostida Chakka muskulining birlashuvidan 
hosil buladigan ustki va ostki chiziklar lineae temporales superior et inferior kurinadi.
Tepa suyagi tashki Yuzasining Yuqorigi kirra soxasida vena ko tomiri utadigan 
teshik foramen parietalae kurinadi. Tepa suyagining ichki Yuzasida Yuqori kirra 
buylab vena kon tomir egati sulcus sinus sagittalis superior Yunaladi.
Surgichsimon burchagi soxasida xam vena kon tomirlari joylashadigan egat 
sulcus sinus sigmoidei buladi. Bulardan tashkari ichki Yuzada arteriya kon tomirlari 
joylashadigan egatlar va miya pushtalari ta‘sirida hosil buladigan chukurchala 
kurinadi.
PONASIMON SUYAK - os sphenoidale
Ponasimon suyak (asosiy suyak) - os sphenoidale kalla suyagining asosida 
joylashadi. Ponasimon suyak tana corpus qismidan va juft o‗simtalardan tashkil 
topgan. Bu o‗simtalardan 2 jufti gorizontal soxtda joylashgan bulib katta kanot alae 
majora va kichik kano alae minora deb ataladi. Bularga nisbatan perpendikulyar 
joylashgan va pastga Yunalgan o‗simtalarni kanotsimon o‗simtalar - processus 
pterygoidei deb ataladi.
Ponasimon suyakning tanasi kubsimon shaklga ega bulib, olti Yuz tafovut 
etiladi. Oldingi Yuzasi - burun bushligidagi G‗alvirsimon suyakning kundalang qismi 
bilan birlashadi. Birlashish joyidagi kirrag crista sphenoidalis deyiladi. Ponasimon 
suyakning tanasi govakl suyaklar turkumiga kiradi. Uning ichida xavo saklaydigan 
bushlik sinus sphenoidalis buladi. Bu bushlik oldingi Yuzada joylashgan kirraning 
ikki Yonidagi aperturae sinus sphenoidalis vositasida buru bushligiga ochiladi.
Ponasimon suyak tanasining kalla bushligiga karagan Yuqor Yuzasining o‗rta 
qismida egarga uxshagan Yuza sella turcica bulib, uning o‗rtasida gipofiz bezi 
joylashadigan chukurcha - fossa hypophysialis buladi. Chukurchaning old tarafida 
joylashgan dumbokcha tuberculum sellae, kuruv nervining kesishmasidan hosil 
bulgan ega - sulcus chiasmatis deyiladi. Bu egatlar ikki Yon tarafga kuru nervi 
utadigan kanalchalarga - canalis optici teshigiga davom etadi. Turk egari soxasi orka 
tomonda egar suyanchigi - dorsum sella bilan chegaralanadi. Suyanchik- ning ustki 
tarafidagi o‗simtalarga processus clinoidei posteriores deyiladi. Egar dumbogining 
orka soxasidagi tepalikka esa processus clinoidei media deyiladi. Olding chetlashgan 
o‗simtalar processus clinoidei anterior esa kichik kanotning egarga yakin uchidan 
hosil buladi. Ponasimon suyak tanasinin ikki Yonida uyku arteriyasi joylashadigan 
egatlar - sulcus coroticu buladi.
Ponasimon suyakning kichik kanoti suyak tanasidan gorizontal tekislikda 
birlashadi. Birlashish joyida kuruv nervi utadigan kanal canalis opticus hosil buladi. 
Kichik kanotlarning ustki Yuzasi kalla bushligiga karagan bulsa, pastki Yuzasi esa 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


73 
kuz kosasini hosil bulishida katnashadi. Kichi va katta kanotlar orasida kuz kosasiga 
chiladigan Yuqorigi tirki - fissura orbitalis superior hosil buladi. Katta kanotlarda 
turtta Yuza va turtta kirra tafovut etiladi. Ichki Yuzasi facies cerebralis - miyaga 
karagan Yuzada kuyidag teshiklar kurinadi : Yumalok teshik foramen rotundum, 
chuzinchok teshik foramen ovale, kirrali teshik foramen spinosum. Chakka Yuzasi 
facies temporalis - tashki tarafda bulib, chakk osti kirrasi - crista infratemporalis 
vositasida ikki Yuzaga bulinadi. Ustki Yuza - Chakka chukurchasini hosil kilishda 
katnashsa, pastki Yuza esa Chakka osti chukurchasini chegaralab turadi. Katta 
kanotning kuz kosasiga karagan Yuzasi facies orbitali - kuz kosasining tashki 
devorini hosil etishda katnashadi. Bu Yuzalardan tashkari katta kanotda Yuqori jag 
Yuzasi - facie maxillaris Yuzasi xam mavjuddir. Katta kanot kirralar vositasida 
Chakka suyagining pallasi bilan, Yonoq, tepa va peshona suyaklari bilan birlashadi : 
margo squamosus, margo zygomaticus, margo parietalis, margo frontalis deyiladi. 
Ponasimon suyakning tanasidan pastki tarafga Yunalgan kanotsimon o‗simtalar 
ichki va tashki plastinkalarga laminae medialis e laminae lateralis ajraladi. Bu 
plastinkalarning orka Yuzasidag chukurchaga fossa pterygoidea deyiladi. Pastki 
kirrasi soxasida es va hiatus canali n. petrosi majoris et hiatus canalis n. petrosi 
minoris deb ataladi. Eminentia arcuata ning orkasidagi Yuza - o‗rta kulok 
bushligining ustki devorini hosil kilganligi uchun nogora bushligining tomi bu ikki 
plastinkalar orasida uyma - incisura pterygoidea uchrayd va tanglay suyagi bilan 
tuldirilib turadi. Kanotsimon o‗simtalarning oldingi Yuzasida katta tanglay egatchasi 
- sulcus palatinus major buladi. Bu egatning tanglay va Yuqorigi jag suyaklaridagi 
xuddi shunday egatlari bilan kushilishida tanglay kanali canalis palatinus major hosil 
buladi. Kanotsimon o‗simtalarning asosida canalis pterygoideus joylashadi. 
O‗simtaning tashki plastinkasi kiskarok buladi. Ichki plastinkasining uchida esa 
ilmoksimon o‗simta - hamulus pterygoideus - joylashadi.
1
Chakka SUYAGI - os temporale
Chakka suyagi os temporale bir juft bulib, ensa, tepa va ponasimon suyaklar 
orasida joylashgan. Chakka suyagida kuyidagi kismlar kurinadi : palla qismi - par 
quamosa, nogora qismi - pars tympanica, piramida yoki toshsimon bulimi - pars 
petrosa. Chakka suyagining bu kismlari tashki eshituv Yul - meatus acusticus 
externus atrofida joylashgan. Chakka suyagining ichida o‗rta kulok bushligi va ichki 
kulokn tashkil etadiga eshituv va muvozanat a‘zolari joylashadi. Chakka suyagining 
palla qismi kalla suyagining Yon devorini tashkil etadi. Bu kismdan old tarafga 
Yonoq suyaklari bilan birlashadiga o‗simta - processus zygomaticus Yunaladi. Bu 
o‗simtaning asosid pastki jag suyagining boshchasi bilan bugim hosil etish uchun - 
pastk jag chukurchasi - fossa mandibularis buladi. Chukurchaning oldida bugimni 
mustaxkamlab turuvchi dumbok - tuberculum articulare joylashadi. Chukurchaning 
orka tarafidagi tepali esa tuberculum retroarticulare deyiladi va orka tarafda linea 
temporalis chizigiga davom etadi. Chakka suyagining nogora qismidan tashki eshituv 
teshigi poru acusticus externus - tashki eshituv Yuliga davom etadi. B kism, Chakka 
suyagining palla qismi va surgichsimon o‗simtalar bila birikib turadi. Chakka 
suyagining nogora va palla kismlari orasida tirkish mavjud bulib, uning o‗rtasiga 
toshsimon bulakning o‗simtasi kirib turi natijada bu tirkish ikkiga bulinadi : 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


74 
toshsimon - palla tirkishi - fissura petrosquamos toshsimon - nogora tirkishi - fissura 
petrotympanica. Bu tirkishlardan nervlar utadi.
Chakka suyagining toshsimon qismi pars petrosa uch tomonli piramida 
shakliga ega. Bu Yuzalarning oldingi facies anterior va ork facies posterior kismlari 
kallaning ichki Yuzasiga, pastki facie inferior esa kallaning tashki asosiga karagan 
buladi. Oldingi Yuzada ichki kulokning ta‘sirida burtib chikib turga tepalik - 
eminentia arcuata buladi. Bu tepalikning oldida ikkit toshsimon nervlarning egatlari 
joylashadi va sulcius n. petrosi majoris et sulcus n. petrosi minoris deb ataladi. Xar 
bir egat kana ichiga ochiladigan tirkishlar bilan yakunlanad uchiga yakin joyd uch 
shoxli ne- tegmen tympani deb ataladi. Piramidaning ustki rv tugunining izidan 
chukurcha - impessio trigemini hosil buladi. Piramidaning ustki uchi buylab ustki 
toshsimon vena ko tomirining egati - sulcus sinus petrosi superior Yunaladi. 
Piramidaning orka Yuzasida ichki eshituv teshigi - porus acusticus infernus va uning 
davomi bulgan - ichki eshituv Yuli - meatu acusticus internus joylashadi. Bu 
teshikning orkasida ichki kulo44 bushligi bilan birikadigan tirkish apertura externa 
aqueductus vestibuli buladi. Ichki eshituv teshigining ostida esa ichki kulok bila 
birlashadigan yana bir tirkish - apertura externa canaliculi cochleae joylashadi. Orka 
Yuzaning ostida pastki toshsimon venaning egat sulcus sinus petrosi inferioris 
joylashadi. 
Piramida qismining ostki Yuzasidan bigizsimon o‗simta processus styloideus 
chikib turadi. Orka tomonida esa surgichsimon usimt processus mastoideus 
joylashadi. Bu ikki o‗simtalar orasidagi teshi foramen stylomastoideum deb ataladi. 
Bu teshik orkali Yuz nervi chikadi. Bigizsimon o‗simtaning oldida buyinturuk 
chukurchasi fossa jugularis joylashadi. Bu chukurchaning oldida uyku arteriyasi 
utadiga tashki uyku teshigi foramen caroticum externum va uning davomi bulib 
xisoblangan canalis caroticus joylashadi. Bu kanal kallanin ichki Yuzasiga ichki uyku 
teshigi foramen caroticum internum vositasida ochiladi. Kallaning orka devoridan 
nogora bushligiga ochiladigan canaliculi caroticotympanici joylashadi va bu 
kanallardan urt kulok bushligiga kon tomir va nervlar Yunaladi. Ichki uyku teshigiga 
yakin joyda muskul-nay kanali canalis musculotubarius ning kirish teshigi kurinadi. 
Bu kanal devor vositasid ikkita yarim kanalga bulinadi : semicanalis m. tensoris 
tympan (muskul joylashadi) va semicanalis tubae auditivae. Oxirgi yari kanalni 
Yevstaxiy nayi deb xam Yuritiladi va o‗rta kulok bushligin xalkumning burun qismi 
bilan birlashtiradi. Surgichsimon o‗simtaning ichki medial tarafida ikkita egat buladi. 
Ichki egat buylab arteriya Yunaladi sulcus a. occipitalis, tashki egat surgichsimon 
uyma incisura mastoidea deb nomlanib ikki korinchali muskul birlashadi. 
Surgichsimon o‗simta bilan nogora kismlar orasidagi tirki fissura tympanomastoidea 
bulib, adashgan nervning tolalalari Yunaladi. Surgichsimon o‗simtaning ensa 
suyagiga birlashish joyidagi teshik foramen mastoideum dan vena chikadi. 
O‗simtaning ichki Yuzasid S-simon vena joylashadigan egat sulcus sinus sigmoidei 
yaxshi kurinib turadi. Surgichsimon o‗simta govakli suyaklar turkumiga kiradi. 
Uning ichida xavo saklaydigan katakchalar cellulae mastoide buladi. Bu katakchalar 
kattarok bushlikka - surgichsimon o‗simtanin gori antrum mastoideum ga ochiladi. 
Uz navbatida bu bushlik urt kulok bushligi bilan boglangan buladi. Kallaning Yuz 
qismining suyaklari. Kallaning Yuz qismini juf bulib xisoblangan : Yuqori jag, 


75 
Yonoq, tanglay, kuz Yosh, burun, pastki burun chiganogi suyaklari va tok bulgan : 
pastki jag, dimog, til osti suyaklaridan tashkil topgan.
YONOQ SUYAGI - os zygomaticum
Yonoq suyagi os. zygomaticum old tarafidagi pastki uchi vositasida Yuqori jag 
suyagi bilan birlashadi. Ustki burchagi peshon suyagi bilan birlashganligi uchun 
peshona o‗simtasi processus frontalis hosil buladi. Pastki-Yon tarafdan Chakka 
suyagi bilan birikkanligi uchun Chakka o‗simtasi processus temporalis hosil buladi. 
Yonoq suyagida Yon Yuza - facies lateralis, kuz kosasiga karaga Yuza - facies 
orbitalis, Chakka Yuzasi - facies temporalistafovu etiladi. Kuz kosasiga karagan 
Yuzada - kuz kosa-Yonoq teshigi foramen zygomaticoorbitale, Yon Yuzada Yonoq 
Yuz-teshigi foramen zygomaticofaciale, Chakka Yuzasida esa Yonoq-Chakka teshigi 
foramen zygomaticotemporale buladi. Bu teshiklar uzaro tutashgan bulib - Yonoq 
kanalini hosil kilishda katnashadi.
TANGLAY SUYaGI - os palatinus
Tanglay suyagi os palatinus - Yuqori jag suyagi bilan ponasimon suyakning 
kanotsimon o‗simtalari orasida joylashadi. Tanglay suyagi ikkita gorizontal va 
vertikal plastinkalarda iborat. Gorizontal plastinka lamina horisontalis old tomonda 
Yuqori jagning tanglay o‗simtasi bilan birikadi va kattik tanglayn hosil kilishda 
katnashadi va shu sababdan pastki Yuzasiga facies palatina deyiladi. Yuqori Yuzasi 
burun bushligiga karaganligi uchun facies nasalis deyiladi. Bu Yuzada dimog suyagi 
birlashadigan kirr crista nasalis tafovut etiladi. Bu kirra orka soxada orka buru uchi - 
spina nasalis posterior bilan yakunlanadi. Gorizontal plastinkaning tanglay 
Yuzasining Yon tarafida katta tanglay teshigi foramen palatinum major, orkarokda 
esa ikki-uchta kichik tanglay teshiklari foramina palatina minor kurinadi. Bu teshiklar 
katta tanglay kanaliga davom etadi. Gorizontal va vertikal plastinkalarning birlashish 
joyidagi piramidasimon o‗simta processus piramidalis ponasimon suyakning 
kanotsimon o‗simtalari orasiga kirib turadi.
Tanglay suyagining perpendekulyar plastinkasi lamina perpendicularis burun 
bushligi orka soxasining Yon devorlarini hosil kilishda katnashadi va Yuqori jag 
suyagining burun bushligiga karaga Yuzasining davomi bulib xisoblanadi. Bu Yuzani 
burun Yuzasi facie nasalis deb atalib, ikkita kirra tafovut etiladi. Pastki chigano44 
kirrasiga crista conchalis - pastki burun chiganogi, Yuqorig G‗alvirsimon crista 
ethmoidalis kirraga o‗rta burun chiganogi birikadi. Perpendikulyar plastinkasining 
orka qismining lateral Yuzasida katta tanglay egati - sulcus palatinus major kurinadi. 
B egat Yuqori jag suyagining va ponasimon suyak kanotsimon o‗simtasidagi xuddi 
shunday egatlar bilan birgalikda - katta tanglay kanalin hosil kilishda katnashadi. 
Perpendikulyar plastinkaning Yuqori qismida ikkita usik buladi; oldingi - kuz 
kosasining devorini xosi kiluvchi - processus orbitalis; orkadagi ponasimon suyak 
bilan birikuvchi - processus sphenoidalis.
KUZ Yosh SUYAGI - os lacrimale 
Kuz Yosh suyagi - os lacrimale kuz sokkasining ichki devorini hosil etishda 
katnashadi. Yuqori kirrasi peshona suyagining burun kism bilan, pastki kirrasi esa 
Yuqori jag suyagi bilan birlashadi. Media Yuzasi G‗alvirsimon suyak bilan birlashsa, 
lateral Yuzasi kuz soxasin hosil etishda katnashadi. Lateral Yuzada kirra crista 
lacrimali posterior va kuz Yosh egati sulcus lacrimalis kurinadi. Bu ega Yuqori jag 


76 
suyagi peshona o‗simtasining xuddi shunday egati bila kuz Yosh xaltachasining 
chukurchasini fossa sacci lacrimalis xosi etadi.
BURUN SUYAGI - os nasale 
Burun suyagi - os nasale - turt kirrali, yassi suyaklar turkumiga kiradi. Medial 
kirralari vositasida uzaro birlashadi. Latera kirralari Yuqori jag suyagining peshona 
o‗simtasi bilan birlashadi. Yuqori kirrasi peshona suyagining burun kirrasi bilan 
birikadi. Pastki kirrasi erkin bulib, burun bushligining noksimon teshigin chegaralab 
turadi.
DIMOG SUYAGI - vomer 
Dimog suyagi - vomer - turt kirrali, yassi suyaklar guruhig kiradi. Yuqori 
kirrasi ikki kanotga bulinib turadi va alae vomeri deyiladi. Bu kanotlar orasiga 
ponasimon suyakning kirrasi kiri turadi. Dimog suyagining pastki kirrasi Yuqori jag 
suyagining buru bushligiga karagan kirrasi crista nasalis bilan va tanglay suyagining 
shunday kirralari bilan birlashadi. Oldingi kirrasi esa G‗alvirsimon suyakning 
perpendikulyar plastinkasi bilan birlashadi. Ork kirrasi erkin xolda turib, burun 
bushligini ikkiga bulib turadi. Dimog suyagining ikki Yon Yuzasida burun-tanglay 
egatlari bulib, kesuv tishlar orasidagi teshik tomoniga Yunaladi.
TIL OSTI SUYaGI - os hyoideum 
Til osti suyagi - os hyoideum - kalla suyaklarini hosil etishd katnashmaydi. 
Buyin muskullari orasida joylashadi. Uning joylashish VI buyin umurtkasi soxasiga 
tugri keladi. Kalla suyaklari bila boylam va muskullar vositasida birlashadi. Til osti 
suyagida tanasi - corpus, juft xoldagi katta shoxla - cornua majora va kichik shoxlar - 
cornua minora tafovut etiladi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin