O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI
1-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-26-guruh talabasi
Amanova Ozodaning “Tibbiyotda axborot texnologiyalari”
fanidan “ Sun'iy intellekt xavfi” mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Sardor Fahriddinovich
Toshkent-2023
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………… 3
Sun’iy intellekt nima?..………………..........................……………………….5
Sun'iy intellektni inson hayotidagi turli kasblarga tasiri……………………….7
Chatgpt-dan qanday samarali foydalanish bo'yicha ba'zi maslahatlar...……….9
Sun’iy intellekt va xavfsizlik. Robotlar odamlar ustidan hukmronlik qilishi mumkinmi?.............................................………………………………………16
Xulosa …………………………………………………………………………22
Mavzu bo’yicha test savollari………………………………………………….23
Glossari………………………………………………………………………...26
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………. 27
KIRISH
Sun’iy intellekt haqidagi bahs-munozalar qariyib 50 yillardan buyon davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha aniq bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar uni ommalashib odamlarning o‘rnini egallashi natijasida, odamlar orasida ishsizlikning kengayib borishini o‘ylashmqda. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi sun’iy intellektga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmqda. Hatto IT-sohasidagi millarderlar ham bunga o‘z fikrlarini bildirishmoqda.
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask Sun’iy intellektning butun boshli svilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil.Maskning fikricha, “Sun’iy intellekt insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. Sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajarishadi. Ilg‘or texnalogiyalar ortidan quvish natijasida, kmpaniyalar sun’iy intellekt ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”.
Shuningdek Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarari haqida to‘xtalib o‘tadi.
“Bir necha 10 yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, sun’iy intellekt shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni havotirga sola boshlaydi, bu borada Elon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunaolmayman.”- deydi Bill Geyts.
“Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Chunki, Mark Sun’iy intellektga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan: Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. Sun’iy intellektning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Elon Maskning fikriga e’tiroz bildirgan edi.
Hozirgi kunga kelib ba’zi davlatrada robot hamshiralar, o‘zi yurar avtomabillar, turli xil xizmatlarga mo‘ljallangan dronlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Olimlar imkon qadar ularni inson qiyofasiga o‘xshatishga harkat qilishnoqda. Ko‘rib turganingizdek sun’iy intellektni hayotimizdagi o‘rni kundan kunga ortib bormoqda. Sun’iy intellekt foydami yoki zarar? Kabi savollarga turli xil javoblar berishmoqda. Menimcha bu bahs-munozaralar hali uzoq davom etadi.
So‘nggi yillarda yurtimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ularni keng qo’llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish, sohani jahon talablari darajasida rivojlantirishga qaratilgan ko’plab islohotlar amalga oshirildi. Mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar jadallashmoqda. Jumladan, faoliyati kengayib borayotgan “IT park”lar, “Bir million dasturchi”, “Yoshlar texnoparklari” mazkur sohaning barqaror rivojiga juda katta umid uyg’otadi. AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Koreya, Kanada kabi 30 dan ortiq davlatlarda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalari qabul qilingan.
Robotlarni yaratishda insoniyatga xavf tug‘dirmaslik yo‘llarini o‘ylab qo‘yish ham zarar emas.
Dostları ilə paylaş: |