Algoritmnitasvirlashusullari Yuqorida ko‘rilgan misollarda, odatda, biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
Algoritmningso‘zlarorqaliifodalanishi.Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
Algoritmning formulalar bilan ifodalanish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usul ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
Algoritmlarningmaxsusgeometrikshakllaryordamidaifodalanishidamasala yechish jarayoni aniq va ravon tasvirlanadi va bu ko‘rinish blok-sxema deyiladi.
Algoritmningjadvalko‘rinishdaberilishi. Algoritmning bunday ifodasidan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvali. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgani tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson.
Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarni tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatini aniqlash va shu bilan inson tomonidan dastur yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida, dastur ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:
Figura shakli
Vazifasi
oval, algoritmning boshlanishi yoki tugallanishini
belgilaydi
parallelogramm, ma’lumotlarni kiritish yoki chop
etishni belgilaydi
to‘g‘ri to‘rtburchak, amal bajarish jarayonini belgilaydi
romb, shart bajarilishi tekshirilishini belgilaydi
strelka, amallar bajarilish ketma-ketligini
aniqlaydi
= (n)
so‘zlar orqali ifodalangan algoritmda n- chi
amalga o‘tishni ko‘rsatadi
Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshi o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning eng qulay usullaridan biri bo‘lib, dastur tuzishni osonlashtiradi, dasturlash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.
Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi.
Masalan, misol sifatida 1.2 punktda keltirilgan ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamaning haqiqiy echimlarini hisoblash uchun quyidagi amallar ketma-ketligi zarur bo‘ladi:
Bu amallar ketma-ketligiga mos algoritm 1.3-rasmda blok-sxema ko‘rinishida keltirilgan.