Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 61,79 Kb.
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü61,79 Kb.
#191739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narbayeva A


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI


Davolash ishi fakulteti 1-kurs 120-A guruh talabasi
Narboyeva Aqsungul “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan
Masalalarning algoritmini tuzish va shu algoritm asosida Visual Basic dasturlash tilida dastur tuzish” mavzusidagi bajargan


MUSTAQIL ISHI

Qabul qildi: Ilhom Bahodirovich

Toshkent-2023



MUNDARIJA

Kirish ………………………………………………………………………… 3


Masalalarning algoritmini tuzish. Algoritm tushunchasi.…………………………………………………………………… 4
Visual Basic dasturlash tilida masalalarni dasturlash.…………………………12
Xulosa …………………………………………………………………………22
Mavzu bo’yicha test savollari………………………………………………….23
Glossari………………………………………………………………………...24
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………. 25




KIRISH

Hozirgi vaqtda dasturlash tillari va IT sohasi dunyoda jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Rivojlangan davlatlar Amerika, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Yaponiya va Buyuk Britaniyada dasturlash tillari yuqori darajada oʻrin tutadi va sohaning eng yetuk mutahassislariga ega. Butun jahonda insonlar ish kuchidan koʻra kompaniyalar tomonidan dasturchilar yordamida dasturlash tillari orqali yaratilgan robotlar va robot mashinalardan foydalanishni abzal bilishmoqda. Bunga sabab mashinalar tomonidan yaratilgan barcha narsalar vaqt samaradorligi, tez, sifatli va aniq ishlash mexanizimiga egaligidir. Dasturlash tillarini oʻrganish orqali insonlar hatto uylarida ham pul ishlashlari mumkin. Bunga yaqqol misol oʻtgan “2020 yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinganidir. Ular bir millionta oʻzbek yosh dasturchilarni tayyorlash kerak deb aytgan fikrlaridan soʻng, bu ishlar yanada avj olmoqda. Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizda kadrlar muammosi borligini aytgan edi. Koʻp oʻtmay, bu masalani tag zaminidan oʻrganish va hal etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida mislsiz islohotlar boshlandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab shunday ta’lim maskanlaridan yana biridir. Bundan tashqari davlatimiz rahbari tomonidan 13.02.2021 kuni zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda IT-akademiya, IT-park, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil dasturlar ishlab chiqarish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazlarini barpo etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 2021 yildan boshlab maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Yüklə 61,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin