Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 59,34 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü59,34 Kb.
#179179
1   2   3   4   5   6
MT№3 Ibragimova D. Ginekologiya

Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasviming asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Chiziq to‘g‘ri yoki chiziq bo‘lishi mumkin. Rastrli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlar yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq bo‘ladi.
Rastrli grafikaning afzallik tomoni tasviming xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o‘lchoviga bog‘liq bo‘lmaydi. Buning sababi chiziq formula yordamida yoki o‘lchamlar yordamida berilishidir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko‘pincha vektorli grafikani obyektga mo‘ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, prizma hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atashadi. Chunki tasvimi (obyektni) ekranga chiqarishdan awal uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgan. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarda va boshqa joylarda keng qo‘llaniladi.
Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illusator, Masromedia Rreehand va Corel Drawlami keltirish mumkin.
Corel Draw - vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik ko‘rinishlami loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko‘rinishdagi kompozitsiyalami tahrir qilish bilan bog‘liq amallami bajarish mumkin.
Uning yordamida turli grafik ko‘rinishlami loyihalash, foto matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko‘rinishdagi kompozisiyalami tashrir qilish bilan bog‘liq amallami bajarish mumkin.
Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ulami sistemalaridan hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada bunday tenglamalargina saqlanadi.

Tenglamalarga oid o‘lchamlar o‘zgartirilib tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlami avtomatik yaratish uchun qoMlaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlami modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda ko‘proq qo‘llaniladi.
Fraktal grafika bilan ishlaydigan dasturlarga Mathcad, Autocad kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.
Kompyuter tizimlarida ranglarni taqdim etish usullarini o’rganish uchun avval ba’zi umumiy jihatlami ko’rib chiqamiz.
Rang-bu bizning Yorug’lik nurlarni idrok etishimizning omillaridan biridir. Nur yoki rang bilan tadqiqodchilar azaldan qiziqib kelganlar. Bu sohadagi olamshumul yutuqlardan biri Isaak Nyutonning oq Yorug’lik nurining tashkil etuvchi qismlarga ajratilishi bo’yicha 1666 yilda o’tkazgan tajribalaridir. Ilgari oq nur eng sodda nurdir degan tasavvur mavjud edi. Nyuton buni inkor qildi. Nyuton tajribalarining mohiyati quyidagicha. Oq Yorug’lik nuri (quyosh nuridan foydalanildi) uchburchakli shisha prizmaga yo’naltirildi. Prizmadan o’tgan nur sinib, ekranga yo’naltirilganda ranglar sohasi-spektmi hosil qildi. Spektrda asta-sekinlik bilan biridan ikkinchisiga o’tuvchi kamalakdagi barcha ranglar mavjud edi.Bu ranglar boshqa qismlarga ajralmaydi. Nyuton spektrni yaqqol namoyon bo’ladigan har xil ranglarga mos keluvchi yetti qismga ajrashdi. U ushbu yetti rangni ya’ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k va binafsha ranglami asosiy ranglar deb hisobladi. Ranglar nega yetti xil? Ba’zi kishilar buni Nyutonning yetti sonining sirli xususiyatiga ishonganligi bilan tushuntiradilar.
Nyuton tajribalarining ikkinchi qismi shunday bo’ldi. Prizmadan o’tgan nur ikkinchi prizmaga yo’naltirildi. Bu ikkinchi prizma yordamida yana oq nur olish imkoni bo’ldi. SHunday qilib, oq nur ko’plab boshqa nurlarning qorishig’idan iborat ekanligi isbotlandi. Yetti xil asosiy nurlami Nyuton halqa bo’ylab joylashtirdi
Nyuton ba’zi nurlar asosiy nurlarning ma’lum nisbatdagi aralashmasi sifati hosil bo’ladi, deb faraz qildi. Agar ranglar xalqasi asosiy ranglar chegarasidagi nuqtalarga aralashmadagi o’sha rang miqdoriga teng yuk ossak, unda yig’indi nur og’irlik markaziga mos keladi. Oq nur rang xalqasining markaziga to’g’ri keladi. Ranglar tadqiqotini keyinchalik Tomas Yung, Djems Maksvell va boshqa olimlar davom etkazdilar. Insonning nurlami idrok etishini o’rganish anchagina muhim masala bo’ldi, ammo asosiy e’tibor nurning ob’ektiv xususiyatlarini tadqiq etishga qaratiladi. Hozirgi paytda fiziklar yomg’lik nuri ikki xil xususiyatga ega, deb hisoblaydilar. Bir tomondan, yomg’likning Xristian Gyuygens tomonidan 1678 yilda olg’a surilgan to’lqin nazariyasi yordamida yorug’lik

N ’yutoning rang xalqasi nurining ko’pgina shu jumladan qaytish va sinish qonunlari, tushuntirib beriladi.
Yorug’lik nurini to’lqin xususiyatlari nuqtai nazaridan qarab chiqamiz. Yorug’lik nurining to’lqin xususiyatlaridan biri uning to’lqin uzunligi - to’lqinning bir marta tebranish uchun zarur bo’lgan vaqtda (tebranish davri) o’tgan masofasidir. Spektri birgina to’lqin uzunligi mos kelgan bitta chiziqdan iborat bo’lgan nurlanish monoxromatik nm deyiladi. Nyuton tomonidan olingan kamalak (shuningdek, yomg’irdan keyin kuzatiladigan kamalak ham) cheksiz ko’p monoxromatik nurlanishdan tashkil topgandir. Lazer - monoxromatik nurlanishning ancha sifatli manbayidir. Xuddi shu sababli uning nurini fokusda yig’ish oson kechadi. Monoxromatik nurlanishning rangi uning to’lqin uzunligi bilan aniqlanadi. Ko’zga ko’rinadigan nurlar uchun to’lqin uzunliklari sohasi 380-400 nm dan (binafsha) to 700-780 nm gacha (qizil) davom etadi. Oraliqda inson ko’zining sezgirligi bir xilda emas. Eng yuqori sezgirlik yashil rangga to’g’ri keluvchi to’lqin uzunliklari uchun kuzatiladi.
Nyuton oq nurni kamalakning barcha ranglari yig’indisi sifatida tasavvur etish mumkin ekanligini ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda oq nur spektri uzuluksiz va teng taqsimlangandir -unda ko’rish sohasidagi barcha to’lqin uzunliklarga mos keluvchi nurlar ishtrok etadi.
Rangni tasvirlash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
- Rangning tusni nur spektridagi eng asosiy to’lqin uzunligi bilan aniqlash mumkin. Rangning toni bir rangning boshqasidan masalan, yashilni qizildan, sariqdan va boshqa ranglardan farqini ajratish imkoniyatini beradi.
Yorug’lik nurining energiyasi, intensivligi bilan aniqlanadi. Idrok etilayotgan Yorug’lik nurining miqdorini ifodalaydi.
Tusning to’yinishi yoki tiniqligi. Oq rangning qatnashish ulushi bilan ifoda etiladi. Ideal sof rangda oq rang aralashmasi bo’lmaydi. Agar, masalan, sof qizil rangga ma’lum nisbatda oq rang qo’shilsa (rassomlarda bu razbel deb ataladi), och-qizil rang hosil bo’ladi.
Ko’rsatilgan uch belgi barcha ranglar va ulaming nozik turlarini ifodalashga imkon beradi. Atributlarning uchta ekanligi rangning uch o’lchamlilik xususiyatining namoyon bo’lishidir. Keyinroq ko’ramizki, nurni ifodalashning boshqa uch o’lchamli tizimlari ham mavjuddir. Biz rangni to’lqin uzunligi va spektr yordamida tushuntirishga harakat qildik. M a’lum bo’ldiki, bu rang haqida to’liq bo’lmagan tasavvur bo’lib, u umuman olganda noto’g’ridir.
Birinchidan, insonning ko’zi spektroskop emas. Insonning ko’rish tizimi to’lqin uzunligi va spektrni qayd qilmasdan sezgini boshqa usulda hosil qilsa kerak. Ikkinchidan, insonning idrok etishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobiga olmasdan turib ranglaming qo’shilishini tushuntirib bo’lmaydi. Masalan, oq rang haqiqatdan ham chinsiz ko’p monoxromatik ranglar aralashmasining uzuluksiz spektri sifatida tasavvur qilish mumkin. Ammo mana shu oq rangning o’zinini maxsus tanlab olingan ikkitagina monoxromatik ranglar aralashmasi bilan ham hosil qilish mumkin (bunday ranglar o’zaro to’ldiruvchi ranglar deyiladi). Har holda inson bunday aralashmani oq rangdek qabul qiladi. Shuningdek, oq rangni uch va undan ko’proq monoxromatik nurlami bir-biriga qo’shib ham hosil qilish mumkin. Spektrlari har xil, ammo bir xil rang beruvchi nurlar mengamer ranglar deyiladi.
Rangning toni deganda nimani tushunish kerakligini ham aniqlab olish lozim. Spektrga ikkita misolni qarab chiqamiz.
Rasmda tasvirlangan spektr nurlanish och-yashil rangda ekanligi haqida gapirish imkonini beradi, chunki unda oq fon ustida bitta spektral chiziq yaqqol ajraladi. (v) Variantdagi spektrga qanday rang (rang toni) mos keladi? Bu erda spektrdagi asosiy tashkil etuvchini ajratish mumkin emas, chunki unda bir xil intensivlikdagi qizil va yashil chiziqlar mavjuddir. Ranglarning qo’shilishi qonuniga ko’ra bu ranglarning qo’shilishi sariq nurning nozik turini berish mumkin, ammo spektrdagi monoxromatik sariq rangga mos keluvchi chiziq yo’q. Shuning uchun rangning toni deganda aralashma rangiga to’g’ri keluvchi monoxromatik nurning rangi tushuniladi. Shuningdek, qay tarzda to’g’ri kelishi ham aniqlanishni talab etadi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni talab qiladi. Chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog`liq bo`lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar to`plamida to`g`ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo`llashni bilishi shart. Shu boisdan oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarini kompyuter grafikasi faniga qiziqtirish orqali zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatish oson kechadi. Bu orqali o‘quvchi yoshlar dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi. Ushbu o`quv qo`llanmada kompyuter grafikasining hozirgi kundagi zamonaviy dasturiy paketlari jumladan, Adobe PhotoShop, CorelDraw va Flash dasturlarining asosiy vazifasi, imkoniyatlari yoritib berilgan. O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining 5130200 – «Amaliy matematika va informatika» bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, 6 moduldan iborat. Har bir modul bo`yicha mavzular nazariy va amaliy misollar bilan tushuntirib berilgan. Shu bilan birgalikda CorelDraw, PhotoShop va Flash dasturlarida amaliy topshiriqlar bajarish ketma-ketligi ko`rsatilgan. O`ylaymanki, informatika fanini o`qitishda kompyuter grafikasi dasturiy paketlaridan foydalanish, o‘quvchilarda dizayn va grafika bo`lgan qiziqishlarini uyg`otadi, darsni samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi hamda o`quvchilarda kompyuter grafikasi doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi.





Yüklə 59,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin