3.Kompyuter testlash tizimi — bir tomondan bilim oluvchining o`zini-o`zi nazorat qilish imkonini bersa, ikkinchi tomondan esa joriy, oraliq va yakuniy baholashga imkon beradigan o`quv resurslardir.
4.Multimedia — inglizchadan olingan bo`lib, multi — «kо`р» va media — «tashuvchi muhit» ma’nolarni bildiradi. Axborotni turli shakldagi tashuvchilar boimish tovush, tasvir va matnlar birikmasi. Vizual va audio effektlarning o`zaro muloqotli dasturiy ta’minot boshqaruvida birgalikda namoyon bo`ladi. Odatda bu matn, tovush va grafikaning. so`nggi vaqtlarda esa animatsiya va videoning ham birlashishini bildiradi.
5.Multimedia web-bog`lamalari va ixcham disklarning tavsifi, agar eng muhimi bo`lmasa, xususiyatli giperhavolardir. Multimedia (multimedia vosita) - turli tipdagi matn, rasm, chizma, jadval, diagrantma. fotosurat, video va audio fragmentlar kabi 186 ma’lumotlarni raqamli ko`rinishda yaratish. saqlash, qayta ishlash va ijro qilishning kompyuterli vositalari.
6.Piksel — kompyuter ekrannining eng kichik nuqtasi.
7.Uy sahifasi — brauzer tomonidan dastur yuklangandan so`ng terminalda paydo bo`ladigan web-sahifaning, portalning, majmuaning birinchi sahifasi.
8.Elektron katalog — mijozlar va hamkorlar uchun mahsulot hamda xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga olgan axborot tizimi. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar orasida qo`shimcha axborot almashuviga imkon beradi. Elektron kataloglar elektron savdo tizimida keng qo`llaniladi.
9.Elektron jurnal — Internet tarmog`i orqali tarqatilayotgan turli mavzudagi nashr. 10.Monoxromatik nur — spektri birgina to`lqin uzunligi mos kelgan bitta chiziqdan iborat bo`lgan nurlanish.
11.Lazer — monoxromatik nurlanishning ancha sifatli manbayidir. Xuddi shu sababli uning nurini fokusda yig`ish oson kechadi.
12.Mengamer ranglar — spektrlari har xil, ammo bir xil rang beruvchi nurlar. 13.Kolorimetriya — rang va uni o`lchash bilan shug`ullanadigan fan.