tizimlar haqida maolum bilimlarni olish foydalidir va bu relyatsion MBBT rivojlantirishda
tushunish uchun kerak.
Oldingi tizimlarning umumiy xarakteristikasi:
Barcha yaratilgan oldingi tizimlar qandaydir abstrakt modellarga asoslanib qurilgan. Ma`lumotlarning
modeli tushunchasi MB doirasida relyatsion yondashishning kirib kelishi bilan Bog`liqdir. Oldingi
tizimlarning abstrakt tasvirlanishi bir qancha tahlillar va har xil aniq tizimlar umumiy belgilarining kelib
chiqishi natijasida paydo bo`ldi.
Oldingi tizimlarda MBga ruxsat (kirish) undagi yozuvlar darajasida amalga oshirilgan. Bu tizimlardan
foydalanuvchilar dasturlash tilini ishlatib, MBBT funksiyalarini kengaytgan holda MBda yangi
navigatsiyani ishlatdi. MBga interaktiv ruxsat (kirib foydalanishga) unga mos o`z interfeysi bilan amaliy
dastur tuzish yo`li bilan amalga oshirildi.
Oldingi tizimlarning kamchiligi ularning navigatsiya kilishda va «yozuv»lar darajasida ma`lumotlarga
murojat kilishda foydalanuvchiga MBga kirish optimallash ishlarini o`zi to`laligicha bajarishga majbur
qilardi.
Relyatsion tizimlar paydo bo`lgandan so`ng, oldingi ko`pgina tizimlar relyatsion interfeyslar bilan
taminlandi. Lekin ko`p hollarda bu ularni relyatsion tizimlar darajasiga olib chiqmadi, ular bilan ishlash
oddiy rejimda qoldi.
Iyerarxik tizimlar
IBM firmasining Information Management System (IMS) tizimi tipik vakil bo`ladi. Uning birinchi
versiyasi 1968 yilda paydo bo`ldi. Hozirgacha ko`pgina ma`lumotlar bazasi uni quvvatlaydi.
Ma`lumotlarning iyerarxik strukturasi
Iyerarxik MB tartiblangan daraxtlar to`plamidan tuziladi. Yanada aniqrog`i bir xil turdagi daraxtlarning bir
necha tartiblangan nusxalari to`plamidan ibirat bo`ladi. Daraxt turi bitta “ildizli” tur yozuvidan va
tartiblangan bitta yoki bir necha daraxt osti turlardan (ular har biri daraxtning turidir) tashkil topgan
bo`ladi. Daraxt turi umuman olganda iyerarxir ravishda tashkil topgan yozuvlar turlari to`plamidani
tasvirlaydi.
Informatsion modellashtirishning maqsadi – tuziladigan ma`lumotlar bazasida shaklanishi mumkin bo`lgan
ma`lumotlarni tasvirlash va yig`ish usullarini odamlar uchun ayniqsa tabiiy taominlashdir. Shuning uchun
ma`lumotlarning infomantiqiy modelini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi.
Infologik modelni qurishning asosiy konstruktiv elementlari:
mohiyat;
mohiyatlar orasidagi bog`lanish;
xossalar (atributlar).
Mohiyat – har xil oboyekt (oboyekt -bu biz ularni bir biridan farqlaymiz), uning ma`lumotlari ma`lumotlar
bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samalyot, reyslar, gullar va boshqalar bo`lishi mumkin. Mohiyat turi
va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir biridan farqlash kerak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli
narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasi tushunchasi aniq narsalar to`plami sifatida
qaraladi
Aloqa – ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning (assotsiyasidir) bir biri
bilan o`zaro bog`lanishidir. Agar ma`lumotlar bazasini faqat bir biri
bilan bog`lanmagan ma`lumotlar bilan to`ldirishga yo`naltirilsa, u
holda uning strukturasi juda oddiy bo`ladi. Lekin, MBni tuzishning
asosiy talablaridan biri – bu boshqa mohiyat qiymati bo`yicha bitta
mohiyatni izlab topish imkoniyatini taominlashdir. Buning uchun
ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish zarur. Real ma`lumotlar
bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar bir biri bilan millionlab
aloqa o`rnatishi kamdan-kam bo`ladi. Bunday aloqalar to`plami
infomantiqiy modelning murakkabligini aniqlaydi
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://uz.wikidea.ru/wiki/Relational_model
1.
Karimov A “Microsoft Access bilan dastlabki tanishuv”TDYUI 2005
2.
Anatoliy Xomokenno “Microsoft Access 2002” Ekspress kurs Peterburg 2005.
3.
“Uchebnik po Access” Sostavitelg`. Djalilov M.L. TATU FF-2006
4.
A. Xomokenno i dr. “Baza dannix” Uchebnik Sank-Peterburg 2004
5.
www.ziyonet.uz
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Dostları ilə paylaş: |