Toshkent-2021
Tuzuvchilar:
Bobomuratov T.A. - t. f. d.,professor, Toshkent tibbiyot akademiyasi "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" kafedrasi mudiri
Nurmatova N. F. - t. f. d., Toshkent tibbiyot akademiyasi "Bolalar
kasalliklari propedevtikasi" kafedrasi dotsenti
Sultanova N. S. - Toshkent tibbiyot akademiyasi "Bolalar
kasalliklari propedevtikasi" kafedrasi katta o’qituvchisi
Abdullayeva M. M. - Toshkent tibbiyot akademiyasi "Bolalar
kasalliklari propedevtikasi" kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
Abdujabarova Z.M.- t.f.d, « O’zR SSV sRPKMR Pediatriya»
kafedrasi dotsenti
Raxmanova L.K. - t.f.d, Toshkent tibbiyot akademiyasi "2-son bolalar
kasalliklari " kafedrasi dotsenti.
O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy uslubiy kengashida ko’rib chiqildi.
Bayonnoma № "____" ___________ 2021 yil.
O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashida ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.
Bayonnoma № "____" ___________ 2021 yil.
Ilmiy kengash kotibi Ismailova G. A.
Annotatsiya
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlarining davolash - "5510100" va tibbiy-pedagogika "5111000" ta’lim yo’nalishlari 2-kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ishchi o’quv dasturining bir qismidir. O’quv-uslubiy tavsiyalar oliy ta’lim muassasalari tibbiyot fakul’tetlari talabalari uchun bolalar kasalliklari Dasturi asosida tayyorlangan. Qo’llanmada turli yoshdagi sog’lom bolalar ovqatlantirish muammolari yoritilgan bo’lib, ayniqsa erta va ko’krak yoshiga alohida e’tibor qaratilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlar talabalarga erta bolalik davrida salomatlikning shakllanishida to’g’ri oziqlantirishning ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalar uchun mo’ljallangan.
KIRISH
Raxit (yunon tilidan. ῥάχις— umurtqa) - suyak shakllanishining buzilishi, vitamin D va uning faol metabolitlarini organizmning eng jadal o’sishi davrida yetishmasligi yetakchi patogenetik bo’g’ini hisoblangan suyak minerallashuvi yetishmovchiligi bilan kechuvchi ko’krak va erta yoshdagi bolalar kasalligi hisoblanadi.
Bolalarni ovqatlantirish ularning o’sish va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat bilanbola organizmi o’ziga zarur bo’lgan energiya, barcha hujayralar va to’qimalarning tuzilishi va yangilanishi uchun zarur bo’lgan plastik materiallar, kasalliklarga qarshi chidamlilikni, tashqi muhit noqulay omillari va stressli vaziyatlarga chidamlilikni ta’minlab beruvchi moddalarni qabul qilib oladi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va hayotining birinchi yillarida bolalar orasida suyak to’qimasini shakllantirish uchun mineral moddalar yetishmasligi bilan kechuvchi patologik holat raxit deb ataladi. U o’sish kasalligi deb hisoblanadi, chunki u asosan ikki oydan uch yoshgacha bo’lgan bolalarni shikastlaydi. Bizning mamlakatimizda to’liq muddatli yangi tug’ilgan chaqaloqlarning 55-65% qismida u yoki bu shaklda (asosan yengil) tashxislanadi, erta tug’ilgan chaqaloqlar orasida esa ularning uchrash chastotasi 80% ga yetadi. Pediatrlarning ta’kidlashicha, kasallikning ikki yoki uchta kam ifodalangan belgilari uch oydan to’rt oygacha bo’lgan ko’plab bolalarda kuzatilib, keyinchalik hech qanday davolanishsiz yo’qoladi. Bolalarda raxit kasalligining asosiy sababi vitamin D yetishmasligi hisoblanadi. Ushbu modda ikki muhim vazifani bajaradi: ingichka ichakda kal’siyni o’zlashtirishga yordam beradi va buyraklarda uning yuvilib ketishini kamaytiradi. D vitamini oz miqdorda oziq-ovqat bilan kiradi, ammo uning asosiy qismi (80% gacha) quyosh ul’trabinafsha nurlarining ta’siri ostida terining epidermis qatlamlarida ishlab chiqariladi. Ichak orqali D vitamini nofaol shaklda kiradi va kal’siy almashinuvida ishtirok etish uchun uni jigar va buyraklar orqali o’tkazib faollashtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |