Toshkent tibbiyot akademiyasi f. I. Shukurov



Yüklə 223,94 Kb.
səhifə3/13
tarix02.01.2022
ölçüsü223,94 Kb.
#2668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Miomaning tasnifi

Bachadon miomasining tugunchalari ranggining oqimtirligi bilan atrofdagi bachadon mushak to’qimalaridan ajralib turadi, boshqa mushak to’qimalariga qaraganda konsistentsiyasi qattiqroq, zichroq bo’ladi. Ko’pincha mioma tugunchalari 95% bachadon tanasida va 5% miqdorda bachadon bo’ynida uchraydi. Ko’pincha tugunchalar bachadon tubida, ayniqsa bachadonning orqa devorida joylashadi. Bachadonning oldingi devorida orqa devoriga nisbatan 2 marotaba kam uchraydi, mioma tugunlari kamdan-kam bachadonning devorlarida joylashganligining shoxidi bo’lamiz. Eng kam uchraydigan joyi 1% da bachadon bo’yni va qindagi joylashuvidir. Mioma tugunlarining o’sish jarayoni yo’nalashi bo’yicha uch xil bo’ladi



  1. Submukoz, 15-25% shilliq osti qavatida joylashib, tugunchalar bachadon bo’shlig`i tomon o’sadi.

  2. Interstitsial, 30% tugunchalar bachadon devoridagi mushak qavatining orasiga joylashadi .

  3. Subseroz, 30% o’sma qorin pardasining ostida joylashgan bo’ladi . Bunday hollarda ko’p tugunli miomalarda bachadonning har tomonlama bir xil kattalashganini ba`zan esa bir tomonlama kattalashganini aniqlaymiz . Bachadon kattaligi hatto 39-40 haftalik homiladorlikdagi darajada bo’lishi mumkin.

Subseroz tugunlar esa bachadon shaklini keskin o’zgartirib yuboradi va qorin bo’shlig`i tomonga qarab o’sib, bachadon devoriga har xil uzunlik va qalinlikdagi o’sma oyoqchasi bilan bog`lanadi. Agar subseroz tugunlar ko’p miqdorda bo’lsa, xuddi kartoshka tuganaklariga o’xshab ketadi. SHilliq qavati ostida joylashgan tugunchalar esa bachadon bo’shlig`i tomon o’sib, uning shakli o’zgarishiga olib kelib, keyinchalik bachadonning kuchli qisqarishiga hamda bachadon bo’ynining ochilishiga olib kelib, tugunchalarning qin tomonga tug`ilishi sodir bo’ladi.

O’smalar siydik pufagi yoki to’g`ri ichak tomonga qarab o’sgan bo’lsa, shu a`zolarning faoliyati buziladi.




Yüklə 223,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin