Miomasi bo’lgan ayollarni davolash 4 toifaga bo’linadi.
-
Davolash shart bo’lmagan ayollar; bu toifadagi ayollarni har 3-4 haftada nazorat qilib turiladi.
-
Jarrohlik yo’li bilan davolanadigan ayollar
-
Gormonal yo’l bilan davolanishi lozim bo’lgan ayollar
-
Nurlar bilan davolash zarur bo’lgan ayollar
Konservativ davolash asosan gormonlar yordamida olib boriladi.
Bachadon miomasini konservativ davolashda gormonal vositalardan gestagenlar, estrogen-gestagen vositalar, gonadoliberinlar agonistlari va testosteron hosilalari qo’llaniladi Konservativ davolashni boshlashdan oldin bachadon bo’shlig`ini qirib gistologik-mofologik tekshiriladi, so’ngra gormonlar bilan davolashni boshlash zarur, chunki bemorlarning hayz tsiklini 2 davrli qilishga erishishimiz kerak. Buning uchun gestagenlarni hayzning ikkinchi yarmida 16-kunidan berishni boshlaymiz. Gestagenlardan progesteron, dyufaston, noretisteron, norkolyut, noristerat, depo-provera, 17-OPKlar ishlatiladi. Gestagenlar- estrogen gormonining organizmga ishlanishini so’ndiradi, ya`ni antagonist sifatida ta`sir qilib, mioma o’smasini o’sishdan to’xtatadi va bachadon endometriysi giperplaziyasining oldini oladi.
Homilador bo’laman deb niyat qilgan 35 yoshgacha bo’lgan ayollarga gestogenlardan norkolyutni (ya`ni noretisteron-5mg dan) 1 donadan 8-10 kun davomida hayzning ikkinchi yarmida 15-kunidan 25-kunigacha beriladi yoki dyufaston 1 tabletkadan 11 -kundan 25- kungacha beriladi.
Estrogen-gestagen vositalar eki kombinatsiyalashgan oral kontratseptivlar reproduktiv yoshdagi bemorlarni davolashda qo’llaniladi. Estrogen - gestagen preparatlar 2 xil usulda qo’llanilishi mumkin: atsiklik (uzluksiz) va tsiklik (uzlukli). TSiklik usulda - gormonal vositalar kuniga 1 tabletkadan hayzning 5-kunidan 25- kunigacha (ovulen, ovidon, rigevidon, diane-35, mikroginon, marvelon, anteovin, trikvilar, triziston, triregol va boshqalar) 7 kunlik interval bilan beriladi. Atsiklik usulda bu vositalar 3-6 oy mobaynida kuniga 1 tabletkadan beriladi, bu vositalarni premenopauzada qo’llash yaramaydi. Bu vositalarni qo’llashdan oldin jigar va qon ivish sistemasi faoliyatini tekshirish talab qilinadi va albatta qarshi ko’rsatmalar istisno qilinishi shart.
Gonadoliberinlar agonistlari - bachadon miomasini konservativ davolash uchun qo’llaniladigan yangi vositalar hisoblanadi. Ular tuxumdon faoliyatini susaytiradi, ya`ni sun`iy gipofizektomiya cha qiradi. Bachadon miomasini davolashda gonadoliberinlar agonistlaridan zoladeks, dekapeptil, nafarelin, buserelin. Bu vositalar har kuni burunga tomiziladi yoki teri ostiga in`ektsiya qilinadi, undan tashqari bu vositalarni qorin oldiga depo in`ektsiya qilish ham mumkin. Bu vositalar juda tez ta`sir qilib, miomatoz tugunlar regressini chaqiradi, biroq davolashni to’xtatgandan so’ng, qisqa vaqt mobaynida hayz tsikli tiklanadi, mioma qaytadan va tez o’sa boshlaydi. Gonadoliberinlar agonistlari ta`sirining juda qisqaligi tufayli ularni premenopauzada yoki jarroxlik davolashdan oldin qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Miomani davolash va homiladorlikning oldini olish maqsadida 38-50 yoshgacha bo’lgan ayollarga norkolyut 1 tabletkadan hayz davrining 5-kunidan 25-kunigacha berish mumkin.
50 yoshdan oshgan ayollarga esa hayzni butunlay to’xtatish uchun 17-OPKni 12,5%-2 ml 2 oy 1 haftada 2 marta, keyin 2oy haftada 1 marta, so’ngra 2 oy 2 haftada 1 marta qilinadi. Uni uzoq muddat, yillar davomida berish mumkin.
45 yoshdan oshgan ayollarga androgenlardan berish mumkin. Bulardan omnadren-250mg yoki sustanon 250mg, 1ml dan 1oyda 1 marta 3 oygacha tavsiya qilinadi. Agar bular topilmasa, o’rniga testosteron propionatni 25%-1ml 5 kun har kuni 1 mahal mushak orasiga yuboriladi. Keyin 5ta ukolni kunora va yana 5ta ukolni 2 kunda 1 marta, hammasi bo’lib 15 taga etkaziladi yoki hayz tsiklining 7-14-21-kunlari tavsiya qilinishi mumkin. Agar mioma BQK bilan kuzatilsa, 5% testosteron propionat 1,0 3 oy mobaynida yuboriladi. Androgenlarni BQK girsutizm alomatlari bo’lsa, menopauza davrida giperkaltsiemiya va libido pasaygan holatlarda tavsiya qilinmaydi.
Mioma 1% hollarda endometriyning raki yoki sarkomasiga aylanishi mumkin. SHuning uchun davolash davrida 3 oy o’tgach bachadon ichini qirib gistologik tekshirish va shu bilan birga hayz tsiklini funktsional testlar yordamida doimiy nazorat qilib turish kerak. Iloji boricha hayz tsiklining ikki fazali bo’lishiga erishish kerak.
Gormonal vositalarni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar:anamnezida tromboemboliya va tromboflebit, venalar varikoz kengayishi, gipertoniya kasalligi, jigar va o’t yullari kasalliklari, revmatizm, qandli diabet, otoskleroz, yomon sifatli o’smalar tufayli o’tkazilgan operatsiyalar.
Dostları ilə paylaş: |