Toshkent tibbiyot akademiyasi f. I. Shukurov


Bemorlarni tekshirishga tayyorlash



Yüklə 223,94 Kb.
səhifə11/13
tarix02.01.2022
ölçüsü223,94 Kb.
#2668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bemorlarni tekshirishga tayyorlash:

  1. Terapevt maslahati.

  2. Anesteziolog maslahati.

  3. Qon va siydikni umumiy tekshirish.

  4. Koagulogramma, qon gruppasi, kreatinin, mochevina, ALT, AST, umumiy oqsil.

  5. EKG.

  6. Gisteroskopiya.

  7. Gisterosalpingografiya.

  8. Bachadon shilliq pardasi qirindisini gistologik tekshirish.

Bu usulni qo’llash uchun bemorning umumiy ahvoli, yoshi, o’smaning katta-kichikligi va joylashishiga qarab, bajariladigan tekshirish hajmi belgilanadi. SHu bilan birga qorin devori orqali yoki qin orqali aniqlanadi. Jarrohlikdan oldin katta miomani kichraytirish uchun dekopeptil 3,75mg- gonadotrop relizing omillarni har 28 kunda 1 marta mushak orasiga in`ektsiya 4 oy gacha qo’llash mumkin.

Mutloq ko’rsatmalar:

  1. Ayollar hayoti xavf ostida bo’lsa.

  2. O’pka va yurak faoliyaitning etishmovchiligi kuzatilsa.

  3. Qon kasalligi.

  4. Tromboembol holatlar.

  5. Buyrak usti bezining etishmovchiligi.

  6. Insult oldi holatlari.

Jarrohlik usullari


  1. Konservativ miomektomiya-bachadonni saqlab qolgan holda bir yoki bir necha tugunni olib tashlash. Bu usul ko’pincha yosh va tug`ishga xohishi bo’lgan ayollarda qo’llaniladi. Miomektomiya laparoskopiya, gisteroskopiya, hamda laparotomiya paytida bajarilishi mumkin:

a) agar submukoz miomani olib tashlash uchun bachadon bo’shlig`iga kirilsa, keyinchalik tug`ruq faqat operativ yo’l bilan hal qilinadi.

b) operatsiya vaqtida va keyin ko’p qon ketish ehtimoli bor; keyinchalik bachadon va ichak orasida bitishmalar vujudga kelishi mumkin.

v) 30% hollarda operatsiyadan keyin miomaning qayta o’sib chiqish hollari kuzatilgan.

g) miomektomiyadan keyin homilador bo’lish 40% ayollarda kuzatilgan

d) operatsiyadan keyin albatta gormonal funktsiyani va hayz tsiklini korrektsiyalash(tiklash) lozim.

Operatsiya hajmi individual ravishda hal qilinadi.

35 yoshgacha (40-45 yoshdagi bo’lgan ayollarda) operatsiyani rekonstruktiv olib borish va tuxumdonlarning buzilgan funktsiyalarini korrektsiyalash muhimdir.


  1. Menopauzadan oldin ko’pincha bachadonning qin usti amputatsiyasi qo’llaniladi

  2. Menopauzada so’ng bachadon ekstirpatsiyasi qo’llaniladi. Bachadon bo’ynida patologik holatlar topilsa (eroziya, polip, chuqur yirtilishlar, leykova eritroplakiyalar, displaziya, endometrioz) ham ekstirpatsiya qo’llaniladi.

  3. 50 yoshdan oshgan ayollarda ko’pincha bachadon bilan birga tuxumdonlar ham olib tashlanadi, shunda qaytalanish va rak kasalliklarining oldini olish mumkin.

Rentgen nurlari bilan davolash

Jarrohlik amaliyoti bilan davolash imkoni bo’lmaganda, ba`zan giperpolimenoreya bo’lgan kasallar rentgen nurlari bilan davolanadi. Hayzning birinchi yarmida 2-4 kun davomida 200-400 miqdorda yuboriladi, ammo miomalarni bachadon shilliq qavati ostiga rentgen kastratsiya qilish mumkin emas.




Yüklə 223,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin