Bemorlarni tekshirishga tayyorlash:
-
Terapevt maslahati.
-
Anesteziolog maslahati.
-
Qon va siydikni umumiy tekshirish.
-
Koagulogramma, qon gruppasi, kreatinin, mochevina, ALT, AST, umumiy oqsil.
-
EKG.
-
Gisteroskopiya.
-
Gisterosalpingografiya.
-
Bachadon shilliq pardasi qirindisini gistologik tekshirish.
Bu usulni qo’llash uchun bemorning umumiy ahvoli, yoshi, o’smaning katta-kichikligi va joylashishiga qarab, bajariladigan tekshirish hajmi belgilanadi. SHu bilan birga qorin devori orqali yoki qin orqali aniqlanadi. Jarrohlikdan oldin katta miomani kichraytirish uchun dekopeptil 3,75mg- gonadotrop relizing omillarni har 28 kunda 1 marta mushak orasiga in`ektsiya 4 oy gacha qo’llash mumkin.
Mutloq ko’rsatmalar:
-
Ayollar hayoti xavf ostida bo’lsa.
-
O’pka va yurak faoliyaitning etishmovchiligi kuzatilsa.
-
Qon kasalligi.
-
Tromboembol holatlar.
-
Buyrak usti bezining etishmovchiligi.
-
Insult oldi holatlari.
Jarrohlik usullari -
Konservativ miomektomiya-bachadonni saqlab qolgan holda bir yoki bir necha tugunni olib tashlash. Bu usul ko’pincha yosh va tug`ishga xohishi bo’lgan ayollarda qo’llaniladi. Miomektomiya laparoskopiya, gisteroskopiya, hamda laparotomiya paytida bajarilishi mumkin:
a) agar submukoz miomani olib tashlash uchun bachadon bo’shlig`iga kirilsa, keyinchalik tug`ruq faqat operativ yo’l bilan hal qilinadi.
b) operatsiya vaqtida va keyin ko’p qon ketish ehtimoli bor; keyinchalik bachadon va ichak orasida bitishmalar vujudga kelishi mumkin.
v) 30% hollarda operatsiyadan keyin miomaning qayta o’sib chiqish hollari kuzatilgan.
g) miomektomiyadan keyin homilador bo’lish 40% ayollarda kuzatilgan
d) operatsiyadan keyin albatta gormonal funktsiyani va hayz tsiklini korrektsiyalash(tiklash) lozim.
Operatsiya hajmi individual ravishda hal qilinadi.
35 yoshgacha (40-45 yoshdagi bo’lgan ayollarda) operatsiyani rekonstruktiv olib borish va tuxumdonlarning buzilgan funktsiyalarini korrektsiyalash muhimdir.
-
Menopauzadan oldin ko’pincha bachadonning qin usti amputatsiyasi qo’llaniladi
-
Menopauzada so’ng bachadon ekstirpatsiyasi qo’llaniladi. Bachadon bo’ynida patologik holatlar topilsa (eroziya, polip, chuqur yirtilishlar, leykova eritroplakiyalar, displaziya, endometrioz) ham ekstirpatsiya qo’llaniladi.
-
50 yoshdan oshgan ayollarda ko’pincha bachadon bilan birga tuxumdonlar ham olib tashlanadi, shunda qaytalanish va rak kasalliklarining oldini olish mumkin.
Rentgen nurlari bilan davolash
Jarrohlik amaliyoti bilan davolash imkoni bo’lmaganda, ba`zan giperpolimenoreya bo’lgan kasallar rentgen nurlari bilan davolanadi. Hayzning birinchi yarmida 2-4 kun davomida 200-400 miqdorda yuboriladi, ammo miomalarni bachadon shilliq qavati ostiga rentgen kastratsiya qilish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |