Toshkent tibbiyot akademiyasi f. I. Shukurov


Bunday turdagi qon ketishining sabablari



Yüklə 223,94 Kb.
səhifə5/13
tarix02.01.2022
ölçüsü223,94 Kb.
#2668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bunday turdagi qon ketishining sabablari:

  1. Bachadon mushaklari qisqarishining buzilishi

  2. Bachadon shilliq qavati yuzasining kattalashishi

  3. Estrogen gormon metabolizmining o’zgarishi

  4. Bachadon shilliq qavati regeneratsiyasining susayishidan iborat.

Bunday bemorda bachadon shilliq qavatini gistologik tekshirish natijasida endometriy qavatining giperplaziyasi (qalinlashgani) aniqlanadi. Bachadon shilliq qavatining giperplaziyasida ko’p qon ketishiga quyidagilar sabab bo’ladi: tuxumdon follikullari persistentsiyasi natijasida organizmda haddan tashqari follikulinemiya (follikulin miqdori ko’payib ketadi) kuzatiladi, bu esa o’z navbatida bachadon shilliq qavatining uzoq muddat davomidagi proliferatsiyasi va qalinlashishiga olib keladi. Buning oqibatida bachadon shilliq qavatining ayrim qismlarida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lib, har xil toifadagi poliplar bachadonning butun bo’shlig`i kattalashishiga olib keladi, qalinlashgan shilliq qavat bilan to’ldiradi. SHu bilan birga organizmdagi giperfollikulinemiya bachadon shilliq qavati proliferatsiyasining kuchayishiga olib keladi. SHilliq qavatining bir-birini bosishi natijasida uning yuzasida nekroz alomatlari sodir bo’ladi. Keyinchalik nekroz bo’lgan qismlarning asta-sekin ko’chib chiqishi uzoq muddat va ko’p miqdorda qon ketishiga sabab bo’ladi, bunday qon ketishiga gemorragik metropatiya deyiladi. Metropatiya 9% kasallarda uchrasa, qon ketishi 60% kasallarda kuzatiladi, chunki uzoq muddat va atsiklik qon ketishi, shilliq osti qavat o’smalari kapsulasining yorilishidan hamda o’sma tugunchalarining nekrozga uchrashidan sodir bo’ladi.

II. Miomalarda ko’p uchraydigan belgilardan yana biri og`riqdir. Og`riq xuddi dard tutganga, sanchiqqa o’xshash bo’lib, ayniqsa hayz ko’rishdan oldin va hayz ko’rish vaqtida kuchayadi, pastga tortganga o’xshab zo’rayishi yallig`lanishdan keyingi bitishmalar borligidan darak beradigan belgi hisoblanadi.



Miomalarda og`riq bo’lishining asosiy sabablari:

  1. Og`riq asosan o’smaning katta-kichikligiga va uning qaerda joylashganligiga bog`liq. Agar o’sma butun kichik chanoq bo’shlig`ini to’ldirib turgan bo’lsa, o’smaning qo’shni a`zolarini bosib ezishidan paydo bo’ladi. O’sma kichikroq bo’lib, bachadonning keng boylami orasiga o’sib kirgan, shu bilan birga nerv tolalariga yaqin joylashgan bo’lsa, ularni ezishi tufayli sodir bo’lishi mumkin. Bu hollarda og`riq doimiy tabiatga ega bo’ladi va davolash usullari og`riqni pasaytira olmaydi. Bunday hollarda esa jarroxlik yo’li bilan o’smani olib tashlash kerak

  2. Bachadon shilliq qavati ostiga joylashgan o’smalarda hayz ko’rish vaqtida yig`ilgan qonni hamda shu bilan birga shilliq qavat ostidagi o’smani ham bachadondan tashqariga chiqarish kuchli dardsimon og`riq paydo qiladi.

SHilliq qavati ostidagi o’smaning oyoqchasi keng bo’lsa, bachadon qisqarganda tashqariga chiqara olmaydi, lekin bachadon o’smani xuddi yot narsadek siqib chiqarishga intiladi, chunki o’sma bachadon devorini doimiy qo’zg`atib kuchli ravishda qisqarishi sababli og`riqning zo’rayishiga olib keladi. Ba`zan submukoz tuguncha tservikal kanal og`zidan chiqib qin bo’shlig`iga to’kiladi.

  1. Og`riq paydo bo’lishining yana bir sababi o’smaning infektsiyalanishi bo’lsa, ikkinchidan, bachadonning yallig`lanishi hisoblanadi. Kichik chanoq bo’shlig`idagi a`zolarning yallig`lanishi bachadon miomasi birga uchraganda 2/3 hollarda bemorlarda og`riq paydo bo’ladi

  2. Og`riq subseroz o’sma oyoqchasi buralib qolgan vaqtlarda ham sodir bo’ladi. CHunki bunda o’sma oyoqchasi tarkibidagi qon tomirlar buralib siqiladi va o’smaning oziqlanishi buziladi. Bu esa o’smada yallig`lanish sodir bo’lishiga olib keladi. Bunday vaqtlarda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti qilinadi.

  3. O’smalar juda tez kattalashib o’sganda ham og`riq bo’ladi, ayniqsa o’sma bachadonning keng boylami orasiga o’sgan hollarda shunday bo’ladi, chunki bunday vaqtlarda og`riq o’smaning qorin pardasi nerv tolalarining retseptorlariga ta`siri natijasida sodir bo’ladi.

III. O’smaning qo’shni a`zolarni bosish belgilari ko’pincha katta hajmdagi o’smalarda kuzatiladi. Lekin kichik o’lchamdagi o’smalar kichik chanoqqa tiqilib qolgan va qaltis joylashgan bo’lsa, qo’shni a`zolarga salbiy ta`sir qiladi. Agar o’sma bachadonning oldingi devorida joylashgan bo’lsa, siydik pufagiga ta`sir ko’rsatadi. Bachadonning orqa tarafida va bachadon bo’ynida joylashgan o’sma esa to’g`ri ichakka ta`sir ko’rsatadi. Ba`zi hollarda o’sma o’sib, siydik pufagini yuqoriga ko’tarib qo’yadi. Bunday hollarda siydik chiqarish kanali uzunlashib, kanalning teshigi torayadi. Bunda bemorlarning siyishi qiyinlashadi. Agar o’sma to’g`ri ichakni ezib qo’ygan bo’lsa, bemorlarning hojati qiyinlashib, to’xtab qolishi va qabziyat bo’lishi ehtimol. Ayni vaqtda siydik yo’llarini ezib qo’yib, gidroureter va gidronefroz holatlariga olib keladi.

IV. Bepushtlik. Mioma tuxum xujayraning bachadon bo’ylab harakat qilishiga to’sqinlik qiladi. Bachadon burchaklarida joylashgan intramural mioma bachadon nayini interstitsiy qismini yopib qo’yadi. Bundan tashqari, anovulyatsiya bepushtlikka olib keladigan asosiy sabablardan biri sanaladi.



Yüklə 223,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin