Toshkent tibbiyot akademiyasi f. I. Shukurov


Bachadon bo’ynini Davidov uslubida elektrstimulyatsiya qilish



Yüklə 223,94 Kb.
səhifə4/13
tarix02.01.2022
ölçüsü223,94 Kb.
#2668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tez o’suvchi mioma patogenetik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’sma o’sishining 3 xil turi tafovut qilinadi:

  1. chin – miogen elementlarning proliferatsiyasi va gipertrofiyasi hisobiga

  2. soxta (62%) – surunkali yalliglanish jarayoni tufayli qon-limfa aylanishining buzilishi va shish oqibatida

  3. stimulyatsiyalangan – boshka kasalliklar (adenomioz, sarkoma) ning rivojlanishi bilan bog`liq

Tuxumdon: Bachadon miomasida tuxumdonda ham o’zgarishlar sodir bo’ladi. Xususan tuxumdon o’lchami jihatidan kattalashadi, chunki to’qimalar mayda-mayda distrofik o’zgargan pufakchalarga aylanib, ko’p miqdorda fibroz tanachalar bilan qoplangan bo’ladi. Qon tomir devorlarida skleroz va gialinoz o’zgarishlar sodir bo’ladi. Biriktiruvchi to’qima ko’p miqdorda bo’lib, premordial follikullar soni juda ham kamayib ketgan bo’ladi.

Miomaning klinik belgilari



  1. Ba`zi vaqtlarda bachadon miomasi hech qanday belgilarsiz kechadi, ayollarda shikoyatlar bo’lmaydi, ammo shifokorlar profilaktika maqsadida ayollarni tekshirishganda aniqlanadi. 60-80% hollarda bemorlarda asosiy belgilaridan biri qon ketishi hisoblanadi. Qon ketish alomatlari ham turli bemorlarda turlicha kechadi. Ba`zilarida hayz tsikli uzayishi yoki hayz vaqtida qon miqdorining biroz ko’payishi- menorragiya kuzatilsa, ba`zi birlarida tartibsiz, juda ko’p miqdorda to’xtovsiz qon ketib, hatto og`ir turdagi kamqonlik kasalligiga olib kelishi mumkin. (metrorragiya).

Qon ketish miqdori o’smanining katta- kichikligiga bog`liq emas. CHunki katta o’lchamdagi subseroz tugunlar mavjud bo’lganda hayz ko’rish mutlaqo asoratsiz kechishi mumkin, bunga qarama-qarshi o’laroq, mayda shilliq osti mioma tugunchalari ko’p qon ketishiga, menorragik va hatto menometrorragik hayz tsikli buzilishiga olib keladi.

Hayz 10-12 kungacha davom etib, juda ko’p miqdorda qon ketadi, bunga giperpolimenoreya deyiladi




Yüklə 223,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin