bunda «o’tkir qorin» belgilari kuzatiladi: o’tkir og`riq, til yuzasining o’zgarishi, chanqash, ko’ngil aynishi, qayd qilish, SHetkin-Blyumberg belgisi paydo bo’lishi, taxikardiya
Miomaning shishib nekroz bo’lishi.bu holatda kuchli og`riq, ko’pincha qon ketish va tana haroratining ko’tarilishi va boshqa belgilar kuzatiladi.
SHilliq osti qavati miomasining tug`ilish alomati, hatto bachadonning ag`darilishi kuzatilishi mumkin.
Mioma tugunlarining infektsiyalanishi, yiringlashi.
Sarkomaga aylanishi.
Kuchli profuz qon ketishi
Anemiya (kamqonlik).
DIAGNOSTIKASI
Anamnez.
Qin orqali tekshirish.
UZD (UTT).
Funktsional testlar yordamida sinash.
Bachadon bo’shlig`ini zond bilan tekshirish
Bachadon bo’shlig`i va bachadon bo’yni kanalini alohida-alohida qirib gistologik tekshirish, bunda ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki tugunchalar nekrozga va qon ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
Laparoskopiya.
Gisteroskopiya va biopsiya qilish. Bunda submukoz tugunlar asosan aniqlanadi.
GSG-gisterosalpingografiya-bunda to’lish nuqsoni kuzatiladi. Braun shpritsi yordamida moddani 5 minut davomida yuboriladi.
Kompyuter va yadro-magnit-rezonans (YAMR) tomografiyasi.