Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/42
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39675
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Qattiq dori shakllariga resept (lotin)

GRANULALAR 

GRANULA 

(bosh kelishik  birlik sonda  – Granulum, qaratqich kelishik  birlik sonda  –  Granuli, qaratqich 

kelishik ko‘plik sonda – Granulorum).

  

Granula



 

qattiq  dori  moddaning  bir  xildagi 

dumaloq,  silindrsimon  yoki  oval  shaklidagi  mayda 

zarrachalari 

(bo’lakchalar 

yoki 


donachalar) 

ko’rinishidagi,  ichish  uchum  mo’ljallangan  qattiq 

dori  shaklidir.  Granulalar  ofisinaldir,  o‘lchami  0,2 

mm  dan  0,3  mm  gacha  bo‘ladi.  Granulalar  bir  xil 

rangda bo‘lib, 15 daqiqa mobaynida parchalanishlari 

kerak.  Yordamchi  moddalar  sifatida  shakar,  choy 

sodasi,  kraxmal,  glyukoza,  talk  va  boshqalar 

qo’llaniladi.  Reseptda  yordamchi  moddalar  ko’rsatilmaydi.  Odatda,  yoqimsiz  hid 

beradigan, ta’mi yoqimsiz va mahalliy qitiqlovchi xossaga ega bo‘lgan dori moddalari 

granulalarda chiqariladi. Granulalar odatda choy qoshiqlar bilan ichish uchun tavsiya 

etiladi.  Granulalar  past  gigroskopiklik  xossasi  va  dozalash  uchun  qulay 

sochiluvchanligi bilan kukunlardan ustun turadi. 

Oddiy tarkibli granulalar – bitta dori moddasi saqlaydi. Rp.: belgisidan so’ngra 

qaratqich kelishigi ko’plik sonda, katta harflarda dori shaklining nomi (Granulorum), 

so’ngra  qaratqich  kelishigida  katta  harflar  bilan  dori  moddasining  nomi  va  uning 

miqdori grammlarda ko’rsatiladi. Ikkinchi satr Da.Signa. bilan boshlanadi va signatura 

yoziladi.  

Misol.  Natriy  paraaminosalisilatning  granulasidan  100,0  yozilsin.  1  choy 

qoshiqdan ovqatdan so‘ng ichish buyurilsin. 




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin