Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/42
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39675
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Qattiq dori shakllariga resept (lotin)

TABLETKALAR 

TABULETTAE 

(bosh  kelishik  birlik  sonda  -  Tabuletta,  tushum  kelishigi  birlik  sonda  -  Tabulettam;  tushum 

kelishigi ko‘plik sonda - Tabulettas; jo‘nalish kelishigi ko‘plik sonda - in tabulettis). 

Tabletkalar  –  dozalarga  bo‘lingan  qattiq 

dori  shakli  bo’lib,  dori  hamda  yordamchi 

moddalarni  kimyo-farmasevtika  korxonalarida 

maxsus  avtomatlarda  presslash  yo‘li  bilan 

tayyorlanadi.  

Barcha tabletkalar ofisinaldir. 

Tabletkalar 

qo’llanilisi 

bo’yicha 

quyidagilarga bo’linadi: 

-  til  tagiga  qo’yish  uchun  (Tabulettae  sublinguales),  milkka  qo’yish  uchun, 

chaynash  uchun,  ichish  uchun  (Tabulettae  ad  usum  internum)  tabletkalar;  ular  dori 

moddasining hoxush ta’mi va hidini bartaraf etish, shuningdek tashqi muhit ta’siridan 

himoya qilish va tabletkaning ta’sir joyiga yetib borishini ta’minlash maqsadida qobiq 




11 | 30

 

bilan qoplanadi. Bu tabletkalar 1 qatlamli va ko’p qatlamli (retard) bo’ladi. Qobiqli 



tabletkalar – tabulettae obductae eng ko’p tarqalgan.  

- sirtga ishlatiladigan eritmalar tayyorlash uchun tabletkalar (Tabulettae ad usum 



externum), qo’llashdan oldin eritiladi (solvellalar, solutio, onis — eritma).  

-  in’yeksion  eritma  tayyorlash  uchun  ishlatiladigan  tabletkalar  (Tabulettae 



solublettae). Qo’llash usuli aniq ko’rsatiladi. In’yeksion eritmalar uchun mo’ljallangan 

tabletkalar steril bo’lishi lozim. 

-  vaginal  tabletkalar  (Tabulettae  vaginale),  yog’li  shamcha  asosi  uchun 

mo’ljallangan granulalarni presslash orqali tayyorlanadi. Tashqi tomondan yupqa yog’ 

qavati  bilan  qoplangan.  Bundan  tashqari  to’g’ri  ichakka  (Tabulettae  rectale)  va 

uretraga (Tabulettae uretrale) kiritish uchun mo’ljallangan tabletkalar ham chiqariladi. 

-  teri  ostiga  implantasiya  (Tabulettae  implantatae)  uchun  mo‘ljallangan,  juda 

kichik disk yoki silindr shaklida, ta’siri uzaytirilgan steril, qattiq dori shaklidir. 

Tabletkalar tarkibidagi dori moddasining dozasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 

- forte tabletkalar (maksimal doza)  

- semi tabletkalar (o’rtacha doza)  

- mite tabletkalar (minimal doza)  

- bolalar uchun doza (doses pro infantibus); shirin mazali bo’lib, asosan bolalar 

amaliyotida qo’llaniladi.  

Tabletkaning  og’irligini  oshirish  yoki  dori  moddasining  farmakokinetikasini 

yaxshilash maqsadida qo’llaniladigan yordamchi moddalar reseptda ko’rsatilmaydi. 

Tabletkalarni  tayyorlashda  yordamchi  moddalar  sifatida  quyidagilar  ishlatiladi: 

shakar  (Saccharum),  glyukoza  (Glucosum),  kraxmal  (Amylum),  natriy  xlorid  (Natrii 



chloridum),  natriy  gidrokarbonat  (Natrii  hydrocarbonas),  talk  (Talcum),  kakao 

(Kakao), jelatin eritmasi (Gelatinum), suv (Aqua), spirt (Spiritus) va boshqalar. 




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin