Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/42
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Qattiq dori shakllariga resept (lotin)

KUKUNLAR (Pulveres) 

Kukun  -  (poroshok,  bosh  kelishik  birlik  sonda  - 



Pulvis,  qaratqich  kelishik  birlik  sonda  -  Pulveris

sochiluvchanlik  xossasiga  ega  bo’lgan,  sirtga 

ishlatish yoki ichish uchun buyuriladigan qattiq dori 

shakli. 


Kukunlar  dozalarga  taqsimlangan  (Pulveres 

divisi)  va  taqsimlanmagan  (Pulveres  indivisi), 

shuningdek ofisinal va magistral bo’ladi. 

Kukunlar tarkibiga ko’ra ikki xil bo’ladi. 

1. Oddiy kukunlar – Pulveres simplices – tarkibi bitta dori moddasidan iborat. 

2. Murakkab  kukunlar  –  Pulveres  compositi  –  tarkibi  ikkita  va  undan  ortiq  dori 

moddadan iborat. 

Kukunlar maydalanish darajasiga ko’ra uchga bo’linadi:  

- yirik (Pulveres grossi),  

- mayda (Pulveres subtiles), va  

- juda mayda kukunlar (Pulveres subtilissimi).  

Kukun shaklida har xil sun’iy moddalar, mikroorganizmlar mahsulotlari, o‘simlik 

va hayvonlardan olingan birikmalar qo‘llanilishi mumkin.  

Ammo, gigroskopik (kalsiy xlorid, natriy bromid, kaliy asetat va boshqalar), bir-

biri bilan aralashganda suyuq yoki nam massa hosil qiladigan (antipirin va xinin kabi), 

oson  parchalanuvchi  (kumish  nitratning  organik  moddalar  bilan  aralashmasi)  yoki 

portlovchi moddalarni kukun shaklida qo‘llash mumkin emas. 




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin