Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tabletkalarning tashqi ko’rinishini yaxshilash, noxush mazasini bartaraf etish
yoki me’da-ichak yo’llarining ayrim bo’limlarida erishini ta’minlash maqsadida usti
qobiq bilan qoplangan holda ishlab chiqarilishi mumkin (Tabulettae obductae). Buning
uchun shakar, kakao, bo‘yoqlar hamda ovqatga ishlatiladigan lak va boshqalardan
foydalaniladi.
Oshqozonda erimasdan ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar
«film-tabletkalar» (Film tabulettae) deb nomlanadi. Bunday tabletkalarni suvda eritish,
chaynash yoki maydalash mumkin emas. Qobiq tarkibiy qismi reseptda ko’rsatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |