HAPDORI (PILYULA)
Hapdori (bosh kelishik birlik sonda - Pilula, qaratqich kelishik birlik sonda - Pilulae).
Hapdorilar dozalarga bo’lingan, bir
xil plastik mahsulotdan tayyorlangan,
sharsimon
shakldagi
ichish
uchun
mo‘ljallangan qattiq dori shakli bo‘lib,
ularning og’irligi 0,1 dan 0,5 gacha bo’ladi.
Agar hapdori og’irligi 0,5 dan yuqori
bo‘lsa bolyus, 0,1 dan kam bo‘lsa – granula
deb ataladi.
Hapdorilar tayyorlash uchun hapdori
asosi, ko‘pincha organik kukunlar va
quyuq ekstraktlar ishlatiladi: Extractum et
pulvis radicis Glycyrrhizae, Extractum et pulvis radicis Gentianae, Extractum et pulvis
radicis Taraxaci. Ushbu shakl beruvchi moddalar Massae pilularum deb yuritiladi.
Hozirda hapdorilar tabletka, draje, kapsulalar tomonidan “siqib chiqarilgan”
bo’lib, nisbatan kam qo‘llaniladi. Hapdorilar dorixonada ex tempore tayyorlanadi.
Yordamchi vosita sifatida hapdorilar tayyorlashda kraxmal (Amylum), oq tuproq (Bolus
Alba), rux oksidi (Zinci oxydum), gliserin (Glycerinum) qo‘llaniladi.
Reseptda 25 – 30 hapdori yoziladi, chunki hapdori tayyorlaydigan uskuna shu
miqdorga mo‘ljallangan, shuning uchun ham hapdorilardagi dori moddasining miqdori
tayyorlanadigan hapdorilar soniga qarab belgilanadi (25 – 30; 50 – 60).
Misol. Tarkibida 0,001 strixnin nitrati saqlagan 30 ta hapdori yozilsin. 1
hapdoridan ichilsin.
Hisob: 0,001 x 30 = 0,03
20 | 30
Dostları ilə paylaş: |