Rp.: Strychnini nitratis 0,03
Massae pilularum q.s. (quantum satis – qancha kerak bo‘lsa)
M.f. pilulae N.30
D.S. 1 ta hapdoridan ichilsin.
Hozirgi vaqtda qattiq dori shaklida tabletkalar, drajelar, kapsulalar, kukunlar,
granulalar va hapdorilardan tashqari yangi qattiq dori shakllari qo‘llanilmoqda,
jumladan karamellar va troshlar.
KARAMELLAR (Сaramel)
Qattiq dori shakli bo‘lib, dori moddasini shakar bilan aralashtirish yo‘li orqali
olinadi. Ularni tayyorlashda rangi va organoleptik xossalariga ahamiyat berish kerak.
Karamellar og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavati kasalliklarida mahalliy ishlatiladi
va to so‘rilib ketguncha og‘izda saqlanadi.
Masalan, zamburug‘larga va bakteriyalarga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan Dekamin
preparati shunday karamellar shaklida qo‘llaniladi.
Misol: 0,00015 g Dekamin saqlovchi 20 ta caramelga resept yozib, 1 tadan
caramel til ostiga buyurilsin.
Dostları ilə paylaş: |