3. Mavzuni asoslash
Har bir soha shifokori qattiq dori shakllariga to`gri resept yozib berish, dozasini aniqlash,
kattalar, bolalar va qariya bemorlar uchun terapevtik dozalarni hisoblashni bilishi lozim. Shu sababli
mazkur mavzuda egallangan bilimlar barcha vrachlar, xususan umumiy amaliyot shifokorlari,
pediatrlar, nevropatologlar, kardiologlar, ginekologlar, dermatovenerologlar, oftalmologlar va
xirurglar amaliyotida asqotadi.
4. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik
Bu mavzuni o`qitish, talabalarning kimyo va lotin tilini bilishlariga asoslanadi. Bu
mashg’ulotlarda olingan bilimlar kelajakda barcha klinik fanlar, shu jumladan klinik farmakologiyani
o’zlashtirishda zarur bo’ladi.
5. Nazariy qism
5.1. Nazorat uchun savollar:
1. Qanday qattiq dori shakllarini bilasiz?
2. Kukun nima?
3. Kukunlar necha xil bo’ladi?
4. Kukunlar reseptlarda qanday yoziladi?
5. Qanday dori shakli kapsulalar deb ataladi?
6. Necha xil kapsulalar mavjud?
7. Reseptlarda dorilar kapsula shaklida qanday yoziladi?
8. Qanday dori shakli tabletkalar deb ataladi?
9. Reseptlarda dorilar tabletka shaklida qanday yoziladi?
10. Draje nima?
11. Draje reseptda qanday yoziladi?
12. Granula nima?
13. Granula reseptda qanday yoziladi?
14. Qattiq shakldagi qanday yangi dori vositalarini bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |