O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mavzuni talabalarni professional tayyorlash uchun ahamiyatli ekanligini ko‘rsatgan holda asoslash. Talabalarga o‘tkir venoz trombozlar (O‘VT) va posttromboflebitik sindrom (PTFS) bo‘yicha tushuntirish berish, uning epidemiologiyasi va etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish.
O‘qituvchining vazifalari:
O‘VT va PTFS klinik manzarasi va kechishi xususiyatlari haqida talabalar bilimlarini mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish.
O‘VT va PTFS klinik xarakteristikasi va kechish variantlarini muhokama qilish.
Boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika o‘tkazish tamoyillarini tushuntirish.
Talabalarda kasallikning og‘ir asoratlar rivojlangunga qadar o‘z vaqtida erta aniqlash va davolash uchun maxsus kasalxonalarga yuborish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Talabalarni davolashning yangi usullari va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish tamoyillari bilan tanishtirish.