Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
T/r
|
Mavzular
|
O’quv soatlari
|
1
|
Kindik tizimchasi churrasi
|
4
|
2
|
Kindik oqmalari
|
4
|
3
|
Xazm qilish nayining ikkilanishi
|
4
|
4
|
Tug‘ma o‘smalar
|
4
|
5
|
Taloq kasalliklari
|
4
|
6
|
Yurak tug‘ma nuqsonlari
|
5
|
7
|
Qon-tomir sistemasi tug‘ma rivojlanish nuqsonlari
|
5
|
8
|
Bosh va bo‘yin tug‘ma rivojllanish nuqsonlari
|
5
|
9
|
Bosh miya va orqa miya tug‘ma rivojlanish nuqsonlari
|
5
|
|
Jami
|
40
|
Fan bo‘yicha mustaqil ish auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘tkaziladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari trenajyor, mulyaj va simulyatsion zallarida/markazlarida tasdiqlangan amaliy ko‘nikmalarni pedagog nazoratida son va sifat jixatdan bajarish va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish daftarlarida aks ettirish;
Tibbiyot OTM klinikalari va klinik o‘quv bazalarida auditoriyadan tashqari tashkillashtirilgan klinik navbatchilikda tasdiqlangan amaliy ko‘nikmalarni navbatchi shifokor-pedagog nazoratida son va sifat jixatdan bajarish va navbatchilik daftarlarida aks ettirish;
Bemorlar kuratsiyasida davolovchi yoki navbatchi shifokor bilan nazorat qilishda ishtirok etish;
Axoli orasida sanitar oqartuv ishlarni suxbat va ma’ruzalarni o‘tkazish;
Ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
Berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
Fanning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
Vaziyatli va klinik muammollarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;
Keys (real klinik vaziyatlar va klinik vaziyatli masalalar asosida sase-study) yechish.
Grafik organayzerlarni ishlab chiqish va to‘ldirish;
Krossvordlar tuzish va yechish;
Prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash hamda mustaqil ish jarayonida keng qo‘llash va h.k.
Dostları ilə paylaş: |