Yo‘talning asosiy sabablariga (1-chizma) quyidagilar kiradi:
● chekish;
● quloq-tomoq-burun a’zolari kasalliklari - postnazal oqish sindromi (postnasal drip syndromes), sinusitlar, faringit, laringit, xiqilidoq o‘smasi, adenoidlar, o‘rta quloq pardasining yiringlashi;
● nafas a’zolari kasalliklari - o‘tkir respirator virusli infeksiya, gripp, ko‘k yo‘tal va parako‘k yo‘tal, o‘tkir traxeit, o‘tkir va surunkali bronxit, bronxoektaz kasalligi, o‘pka emfizemasi, BA, pnevmoniya, o‘pka raki va sili, o‘pka abssessi, plevrit, diafragmit, traxeobronxial diskineziya, o‘pkaning kasb kasalliklari, bronx yo‘llaridagi yot jismlar, o‘pka disseminatsiyasi va qovurg‘a kasalliklari;
● yurak qon - tomir kasalliklari - yurak etishmovchiligi, aorta anevrizmasi, O‘ATE, yurak nuqsonlari, perikardit;
● oshqozon - ichak tizimi kasalliklari – diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi, gastroezofagial reflyuks, xoletsistektomiyadan keyingi sindrom, diafragma osti abssessi;
● metabolik buzilishlar - respirator oksaloz, podagra, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari, SHegren sindromi;
● yatrogen sabablar - bronxoskopiya, laringoskopiya, anesteziologik usullar.
● dorilar ta’sirida yuzaga kelgan yo‘tal – AAFI, amiodaronli o‘pka, kislorod, dorili ingalyasiyalar;
● boshqa turli sabablar – chekish, bo‘qoq, strumektomiya, meningit, ruhiy emotsional buzilishlar, tog‘ kasalligi;
YUqorida keltirib o‘tilgan sabablar orasida aholi o‘rtasida keng tarqalgani chekish hisoblanib, u surunkali bronxit kasalligi riojlanishida alohida o‘rin egallaydi. Tamaki hosilalari diskriniya holatini keltirib chiqarib, bronxlar devorini zararlaydi. Bu o‘z navbatida surunkali bronxit kelib chiqishiga zamin yaratadi.
CHekish yo‘tali - tamakini suiste’mol qilib chekuvchilar o‘zlarida sodir bo‘layotgan yo‘talni meyoriy deb hisoblab, har doim uning sababiga ahamiyat bermaydilar.CHekuvchilar yo‘talining patofiziologik asosi shundan iboratki, tunda bronxlarda mukotsiliar transport tizimi o‘z–o‘zini tozalash funksiyasini bajarishi keskin kamayib ketadi. SHu sababli bemorlarda ertalablari yo‘tal bilan qiyin ajraluvchi balg‘am bo‘ladi. Ertalabki birinchi chekilgan sigaret kam yo‘tal paydo qiladi va balg‘am ozroq ajaralishi, ularni nafas olishini biroz bo‘lsada engillashtiradi. Tamaki chekuvchining chekish soniga qarab «chekish indeksi» aniqlanadi. CHekish indeksi – bir kunda chekilgan sigaret sonini 12 ga ko‘paytirilishiga teng. Ashaddiy chekuvchilarning ushbu indeks ko‘rsatkichi bir kunda 200 dan ortiq bo‘lishi mumkin. Ana shunday holatda nikotin organizmga agressiv ta’sir ko‘rsatib, birinchi navbvtda o‘pka-bronx tizimining kasalliklarini rivojlanishiga olib keladi.
UAV, ashaddiy chekuvchilar chekishni tashlagandan so‘ng yo‘tal va balg‘am ajralishi ancha kamayishi, hamda ayrim hollarda bir necha oydan so‘ng ushbu belgilar yo‘qolib ketishi mumkinligini chekuvchilarga tushuntirishlari zarur.
Quyida biz yuqorida qayd etilgan va amaliyotda ko‘p uchraydigan yo‘talga sabab bo‘luvchi kasalliklarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Quloq-tomoq-burun kasalliklariga chalingan bemorlarning aksariyati yo‘talga shikoyat qiladilar va uning sababi yuqori nafas yo‘llarining patologiyasi hisoblanadi. Unda turli oxangdagi yo‘tal eshitilib, infeksiya va infeksiyaga bog‘liq bo‘lmagan tabiatga ega bo‘ladi.
Faringit va laringit - ularning kelib chiqishiga asosiy sabab infeksiya hisoblanib, viruslar yoki atipik mikroorganizmlar tasirida rivojlanadi. Laringitda yo‘tal akillagan bo‘lib, u og‘riqli ba’zi hollarda ovoz bo‘g‘ilishi hamda afoniya bilan kechadi. Ovoz bo‘g‘ilishi va afoniya holatlari ko‘pincha nafas a’zolarining funksional buzilishlarida kuzatiladi. Ayrim xollarda kuchsiz, sekin, mayin yo‘tal ovoz boylamining organik zararlanishida (o‘sma, nevrit, operatsiya) yuzaga keladi. Kuchli va quruq yo‘tal xiqildoq spazmi, uning pastki nervi shikastlanishi hisobiga kelib chiqishi mumkin.
Faringit va laringitni tashxislash uchun jag‘ osti, bo‘yin sohasi ko‘zdan kechiriladi, shish va assimetriya bor-yo‘qligiga hamda teridagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor beriladi. Paypaslab ko‘rilib, og‘riq nuqtalari, limfa tugunlarining kattalashganligi va infiltratlar mavjudligi aniqlanadi. Faringoskopiya, laringoskopiya va orqa rinoskopiya o‘tkazilib, hiqildoq-yutqin ko‘zdan kechiriladi. Ko‘rsatmalardan kelib chiqib, (kattalashgan limfa tugunlari, o‘smalarga shubha bo‘lganda) mutaxassis shifokor bilan maslahatlashgan holda rentgen, MRT usullari qo‘llaniladi.
O‘tkir va surunkali faringitda asosan mahalliy davo choralari qo‘llaniladi. Bunda iliq ishqorli ingalyasiyalar, ingalipt yoki oksikort aerozollari, burunga moy tomchilari, agarda tana harorati yuqori bo‘lsa antibiotiklar buyuriladi.
«Postnazal tomchi sindromi» - surunkali persistirlovchi yo‘talning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, dorilarga chidamliligi bilan ajralib turadi. U burun – xalqum orqasidagi sekretning yallig‘lanishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bu patologiyaga ko‘pincha sinusitlar va rinitning turli shakllari (allergik va infeksiyali) sabab bo‘ladi. SHuning uchun yo‘tal bilan burun bitishi, aksa urish, burundan suyuqlik oqish belgilari kuzatiladi. Bemorlar orqasi bilan yotganda yo‘tal intensivligi kuchayib, xalqumning orqa devoridan shilliqning oqqani yoki xuddi suyuqlik tomgandek sub’ektiv sezgilarni his qilishadi. Tashxislashda orqa rinoskopiya va faringoskopiyada xalqumning orqa devori va burun yo‘llari bo‘shlig‘ida patologik ajralmalar va burun - xalqum shilliq qavatida yallig‘lanish belgilari, rentgenografiyada sinusit manzarasi aniqlanadi.
Balma sindromi. Bu surunkali tonzillit kasalligida yo‘tal xurujlarining kechasi kuzatilishi.
Nafas a’zolari kasalliklari
Adenovirusli kasallik. Bu o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, aksariyat hollarda nafas va ko‘rish a’zolarining zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlarda yuqori harorat va intoksikatsiya negizida yo‘tal paydo bo‘lib, uning xarakteri yuqori nafas yo‘llarining zararlanish darajasiga bog‘liq. Hiqildoqning sezilarli shikastlanishidan, uning bo‘shlig‘i torayib, qo‘pol, akillovchi yo‘tal bilan ovoz bo‘g‘ilishi kuzatiladi.
Gripp. Quruq yo‘tal, tomoq qichishishi, ovoz o‘zgarishi va burun bitishi asosiy belgilari hisoblanadi. Bunda ko‘pincha traxeya kuchli va yaqqol shikastlanadi. YUqoridagi belgilardan tashqari isitmalash, holsizlik, adinamiya, ko‘p terlash, mushaklarda og‘riq va kuchli bosh og‘rishi qayd etiladi.
Ko‘kyo‘tal va parako‘k yo‘tal (kattalarda). Yo‘talning kam uchraydigan sabablaridan biri. Surunkali yo‘talning 20% ko‘kyo‘tal infeksiyasi sababli ekanligi tekshirishlarda aniqlangan. Klinik ko‘rinishi og‘ir xurujsimon yo‘tal, shovqinli chuqur nafas, qayt qilish bilan tugaydi. Tashxisni tasdiqlash uchun bakteriologik va serologik usullardan foydalaniladi.
O‘tkir traxeit va bronxit boshlanishida og‘riqli, quruq yo‘tal 2-3 kun davom etadi. Keyin balg‘am paydo bo‘lib, yo‘tal yumshaydi va bir haftadan keyin o‘tib ketadi. Ba’zan 2 haftadan 6 haftagacha davom etib, bronxlar shilliq qavatining refleksogen zonasi sezgirligi oshib ketadi va qiynovchi yo‘tal paydo bo‘ladi. Yo‘tal xurujlari sovuqdan issiqqa yoki issiqdan sovuqqa chiqqanda ham kuchayadigan bo‘lib qoladi.
Surunkali bronxit tashxisi 2 yildan kam bo‘lmagan vaqtda 3 oy davomida yo‘talish va bronxoskopiyada endobronxit belgilari aniqlangan hollarda qo‘yiladi. Surunkali bronxitning erta bosqichlarida yo‘tal bilan birga kam shilliqli balg‘am ajraladi va bu kasallikning asosiy belgisi hisoblanadi. Quruq, bir oz qiyinchilik bilan ajraladigan balg‘amli yo‘tal ko‘pincha atrofik bronxitdan dalolat beradi. Bemorlarda ushbu kasallikda bronxospopiya qilib ko‘rilganda bronxlarning shilliq qavatining keskin atrofiyasi kuzatiladi. Surunkali bronxit kasalligining klinik belgilari mavsum va ob-havoning o‘zgarishiga ham bog‘liq. Sovuq, nam havoda ko‘proq, quruq, issiq fasllarda kamroq qo‘ziydi. Ba’zi bemorlarda yo‘tal faqat kasallikning avj olgan davrida kuzatilsa, remissiya davrida bezovta qilmaydi. Kasallik avj olgan davrda yo‘tal asta – sekin kuchayib, ularni kun buyi, ba’zan tunda bezovta qiladi. Kasallikning kechki bosqichlarida nafas etishmovchiligi bo‘lgan og‘ir bemorlarda yo‘tal refleksi yo‘qoladi. Natijada bronxoektaz rivojlanib, bemorlar ko‘p yiringli balg‘am bo‘lganda ham yo‘tala olishmaydi. SHuning uchun yo‘talni stimulyasiyasi va bronxlarni faol postural drenajini tiklash kerak.
Ayrim bemorlarda yo‘tal yotgan paytda kuchayib, xirillash bilan kechadi. Bu mayda bronxlardan yirik bronxlarga balg‘amni o‘tishidan dalolat beradi. Bunda bronxoobstruktiv sindrom rivojlanib, bronxlar spazmiga olib keladi va balg‘am chiqishini qiyinlashtirib qo‘yadi. Mayda bronxlarning spazmi natijasida holdan toydiruvchi yo‘tal, tunda va ertalab bezovta qiladi. Bemorlarda yo‘tal xurujidan keyin xansirash kuchaysa o‘pka emfezimasi to‘g‘risida o‘ylash kerak.
Bronxial astma. Yo‘tal simptomi BA kasalligining asosiy klinik belgilaridan hisoblanadi. Unda yo‘tal turlicha harakterda kuzatilib, xastalikning kechishi, xuruj bosqichi, asorati va yondosh patologiyalarga bog‘liq bo‘ladi. BA ga yo‘talning quyidagi xususiyatlari xos:
-
yo‘talni xurujsimon bo‘lib, ko‘proq kechasi kuchayishi;
-
yo‘tal quruq yoki kam miqdordagi qiyin ajraluvchi balg‘am, aksirish, burundan suv oqishi;
-
og‘ir astma xurujida bronxoobstruktiv sindrom, xansirash, yo‘tal bilan balg‘am ajralmasligi va buni xavfli hisoblanishi;
-
kuchli, tez-tez kuzatiladigan yo‘taldan keyin nafas siqishi rivojlanishi;
-
quruq yo‘tal jismoniy zo‘riqishdan keyingi astmaga xosligi;
-
xurujsimon yo‘talning keskin hidlarga (sigaret, atir, ammiak, xlor, benzin, efir), sovuq havolardan keyin paydo bo‘lishi, bronxlar giperreaktivligining oshishi.
Og‘ir bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi bronxial astma kasalligida yo‘tal mahsuldor bo‘lmaydi va bu o‘z navbatida kasallikni ancha xavfli kechishidan darak beradi. Yo‘tal davomida balg‘am mahsuldorligi oshib boradi, bemorlarda xansirash kamayadi va bu o‘z navbatida xastalikni ijobiy tarafga siljishidan darak beradi. BA kasalligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot bronxoobstruktiv sindromga bag‘ishlangan ma’ruzada bayon etilgan.
Traxeobronxial diskineziya - bu sindrom yirik bronxlar va traxeya karkasi elastikligining susayishi bo‘lib, yo‘talganda va nafas chiqarganda ularning prolapsiga olib keladi. Bu bronxlar ichki devorlari biriktiruvchi to‘qimasining displaziyasi holatidagi fenotipik belgi hisoblanadi. Bunga o‘pka polikistozi, spontan pnevmatoraks, giperventilyasiya sindromi misol bo‘ladi. Traxeobronxial diskineziyada 100% hollarda quruq yo‘tal kuzatiladi. Diskineziya holati yo‘talni kuchaytirsa, u esa o‘z navbatida diskineziya jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Traxeobronxial diskineziya holatidagi yo‘tal o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda yo‘tal paroksizmal, bitonal tabiatli, ba’zan bosh aylanish belgisi bilan kechadi. Aksariyat hollarda, u “startli yo‘tal” bo‘lib, bemor tez o‘rnidan turganda va harakat qilganda hamda tana holatini o‘zgartirganda kuchayadi. Yo‘talni xarakteri bronxlar va traxeyani qaysi qismining shikastlanishi bilan bog‘liqdir. Yirik o‘lchamli bronxlar va traxeyani zararlanishida yo‘tal dag‘al va bir oz pastroq eshitiladi. Bosh bronxlar zararlanganda esa u kuchli, bo‘g‘ilish simptomi bilan kechadi, ba’zi bemorlarda qon tupurish kuzatiladi. Yo‘tal paroksizmida bemor yuzlarining giperemiyasi, bo‘yin venalarini bo‘rtishi va konyuktivit belgilari namoyon bo‘ladi.
Pnevmoniya (Zotiljam) har xil etiologiyali, patogenezli va morfologik jihatdan o‘tkir infeksion tabiatli (asosan bakteriyali) kasallik bo‘lib, o‘pkaning respirator bo‘limini shikastlanishi, alveola ichi va interstitsial to‘qimaning eksudativ yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi. Klinik nuqtai nazardan, rentgenologik tasdiqlangan va nafas yo‘llari pastki bo‘limining infeksion kasalligidir.
Etiologiyasi: bakteriya, virus-bakteriya, mikoplazma, xlamidiya, legionella, zamburug‘, parazit, aralash, aspiratsiyali, fizik va kimyoviy omillar va tabiati noaniq.
Pulmonologlarning V xalqaro kongressida (Moskva, 1995) klinik-morfologik, patogenetik xususiyatlari, epidemiologik jarayonlarni va qo‘zg‘atuvchiga qarshi antibiotiklarni empirik tanlash hamda shifokorlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida pnevmoniyaning quyidagi ishchi klassifikatsiyasi taklif etilgan.
- kasalxonadan tashqari (sinonimlari – uy, ambulatoriya, birlamchi) pnevmoniya;
- kasalxoni ichi (sinonimlari – nozokomial, gospital, ikkilamchi) pnevmoniya;
-immun tanqisligi (tug‘ma immunodefitsit, OIT-infeksiyasi) pnevmoniya;
- atipik pnevmoniya;
- aspiratsiyali pnevmoniya.
Bundan tashqari tashxis qo‘yganda kasallikning qo‘zg‘atuvchisi (iloji bo‘lsa), jarayonning joylashishi, og‘irlik darajasi, asorati, shu bilan birga nafas va qon aylanishi etishmovchiligi, fon va yondosh kasalliklar ko‘rsatilishi kerak.
Diafragmit. Bu diafragmani birlamchi yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘krak qafasida og‘rik va uni nafas olish bilan uzviy bog‘liqligi qayd etiladi. Ushbu kasallikka quruq, azob beruvchi yo‘tal, ba’zan isitmalash xos belgi hisoblanadi.
Alveolitlarga birinchi navbatda avj olib boruvchi xansirash xos. Bemorlarda quruq yo‘tal, ba’zan qiyin ajraladigan balg‘am bilan bronxoobstruktiv belgilar paydo bo‘lib, qon tupurish juda kam hollarda kuzatiladi.
Gudpascher sindromining ilk belgisi qon tupurish bo‘lib, yo‘tal bemorlarda kam hollarda kuzatiladi. Kasallik uchib yuruvchi zotiljam ko‘rinishida kechadi. Tez orada normo yoki gipoxrom kamqonlik va buyrak etishmovchiligi belgilari qo‘shiladi.
YUrak etishmovchiligi. Qon aylanishining dastlabki bosqichlarida dimlanish hisobiga bemorlarda bo‘yin venalarining bo‘rtishi, xansirash kuzatilib, quruq yo‘tal bezovta qiladi. Ushbu kilinik belgilar aksariyat hollarda tunda va jismoniy harakat vaqtida sodir bo‘ladi. Ushbu asoratning klinik kechishi shish sindromiga bag‘ishlangan ma’ruzada batafsil bayon qilingan.
O‘ATE – qon tuprurish, yo‘tal va xansirash kasallikning patognomik belgisi hisoblansa ham yo‘tal uning asosiy klinik belgisi hisoblanmaydi.
UAV ba’zan yo‘talni sababi AAFI ham bo‘lishini yodda tutishi lozim. Odatda “Kapotenli yo‘tal” yo‘tal davolashning birinchi oylarida, ba’zan undan kechroq paydo bo‘ladi va ko‘proq kechasi ovoz o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Quruq va azob beruvchi yo‘tal dorilar qabulini to‘xtatishga majbur qiladi.
Qon tupurish
Ayrim bemorlarda yo‘tal bilan birga nafas yo‘llaridan qon aralash balg‘am tupurish kuzatiladi. Qonli balg‘am ajralganda tarkibida qon ko‘p miqdorda bo‘lsa yoki yo‘talganda toza qon ajralsa gemoptoe, tarkibi shilliq, shilliq-yiringli, yiringli va qon kam miqdorda bo‘lib, balg‘amda qon ipchalari aniqlansa gemoftiz deb ataladi. Gemoptoeda aksariyat hollarda och qizil rangli, havo bilan aralashgan ko‘pikli qon ajraladi. Balg‘am bilan qon ajralishiga sabab bo‘luvchi asosiy guruh kasalliklar 2-chizmada keltirilgan. SHuningdek quyida ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar batafsil bayon qilingan:
♦ bronx-o‘pkadagi spetsifik bo‘lmagan patologik jarayonlar (bronxoektaz, gemorragik bronxit, quruq abssess, pnevmoniya);
♦ bronx va o‘pka o‘smalari (markaziy rak, o‘sma metastazlari, adenoma, bronx papillomasi);
♦ spetsifik jarayonlar (o‘pka sili, zaxm, mikozlar);
♦ kichik qon aylanish tizimidagi gemodinamik buzilishlar (o‘pka shishi, o‘pka infarkti, arterial gipertenziya, arterio-venoz anevrizma, birlamchi o‘pka gipertenziyasi);
♦ yuqori va pastki nafas yo‘llaridagi yot jismlar, bronxiolit;
♦ jarohatlar (qovurg‘alar sinishidagi o‘pkani jarohatlanishi);
♦ gematologik kasalliklar (leykoz, gemofiliya, trombotsitopeniya, Rond-Osler kasalligi);
♦ immunologik kasalliklar (Vegener granulematozi, Gudpascher sindromi, o‘pkani revmatoid artritdagi shikastlanishi, tugunchali periarterit);
♦ kattalardagi respirator distress sindrom;
♦ parazitar infeksiyalar (askaridoz, exinokokkoz, trixinellez va boshqalar);
♦ yatrogen sabablar (bronxoskopiya, plevral punksiya, o‘pkani transtorakal biopsiyasi, antikoagulyantlar bilan davolash, fermentlar ingalyasiyasi);
♦ kam uchraydigan sabablar (o‘pka amiloidozi, uremik pnevmonit, karsinoid, idiopatik o‘pka gemosiderozi, sepsis, jigar etishmovchiligi).
Qon tupurishda balg‘amni xarakteri:
a) qonli - tarkibida shilliq kam, qon ko‘proq bo‘lib, o‘pka sili va rakida;
b) qon ipchalari bilan - bronxoektaz kasalligida;
v) shilliq - qonli - quyuq, xira bo‘lib,o‘pka infarktida;
g) seroz-qonli – o‘pka shishi, o‘pka dimlanishidan, suyuq, ko‘pikli, qizil rangli pnevmoniyada.
Qon tupurish bir haftadan ortiq kechsa va kasbga doir zararli ta’sirlar aniqlansa, shuningdek, ashaddiy chekuvchilar, yoshi 40 dan oshganlarda qon tupurish kam miqdorda bo‘lib, rentgenda o‘zgarish aniqlanmasa ham bemorda o‘sma yo‘qligiga shubha qilinishi va traxeobronxoskopiya qilinishi kerak.
O‘pkadan qon ketishi – nafas yo‘llaridan yo‘tal vaqtida ajraladigan ma’lum miqdordagi qonga aytiladi.
Qon ketishiga olib keluvchi asosiy sabablar:
-
sil;
-
rak;
-
bronxoektazlar;
-
abssess;
-
zamburug‘li shikastlanishlar;
-
listozli fibroz;
-
bronxiolit;
-
o‘pka gipertenziyasi;
-
arterio-venoz anevrizma;
-
gemorragik diatez.
Balg‘am bilan ajraladigan qon miqdoriga qarab, kam miqdordagi
(20 ml gacha), o‘rtacha (200 ml gacha) va ko‘p (200 ml dan ortiq) qon ketishi farqlanadi. Bemor kun davomida 600 ml dan ko‘p qon yo‘qotsa hayot uchun xavfli hisoblanib, 80% hollargacha o‘lim bilan tugashi mumkin. 48 soat davomida shuncha miqdorda yo‘qotilgan qon organizmda gaz almashinuvining buzilishiga sabab bo‘ladi va bemorga qon o‘rnini bosuvchi preparatlar quyishga ko‘rsatma hisoblanadi.
YAshin tezligidagi qon ketishi – to‘satdan ko‘p miqdordagi qon kelishi va bemor hayotiga xavf solish bilan xarakterlanadi. Uning sababi ko‘pincha sil, abssess, bronxoektazlar bo‘lishi mumkin.
Bemorlardagi qon tupurishni tahlil qilganda, uning sababi nafaqat o‘pka - bronx, balki tomoq, quloq-burun kasalliklari, oshqozon xamda qizilo‘ngachdagi patologik o‘zgarishlar ham bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Gemotemezis – bu yo‘tal bilan kechuvchi qon aralash qayt qilish bo‘lib, ayrim hollarda o‘pkadan qon ketish bilan chalkashtiriladi. Asosan, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarida kuzatiladigan qon aralash qayt qilish qaxva quyqasini eslatadi (oshqozondan kelayotgan qon hatto o‘pkada aspiratsiya bo‘lsa ham kislotali muhitga ega bo‘ladi). Qon tarkibida ovqat qoldiqlari aniqlanadi va bemorni ichi malina ranggida bo‘ladi.
Yo‘tal sindromini tashxislash
Bunda bemorlardagi aniq sabablar natijasidagi kelib chiqqan va sababi noaniq yo‘talga e’tiborni qaratish lozim.
Yo‘tal sindromida tashxisiy tekshirishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1– bosqich – anamnez, obektiv tekshirish, ko‘krak qafasi rentgenogrammasi, bronxoprovakatsion sinama bilan spirometriya, burun rentgenogrammasi, LOR-shifokori tekshiruvi-laringoskopiya, bronxoskopiya.
2–bosqich – ezofagogastroskopiya, ezofagomonometriya, traxeya tomografiyasi, allergik sinamalar.
3 – bosqich – yo‘talning kunlik o‘zgarish darajalarini aniqlash.
Yo‘talni baholashning obektiv usullari:
a) abdominal elektromiografiya va pnevmografiya.
b) magnitofonda yo‘tal kuchini yozib olish.
v) Xolterov monitorlash (yo‘talning kunlik kuchini va davomiyligini
qayd qilish).
g) Tussografiya.
Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida ishlayotgan shifokorlar yo‘tal sababini aniqlashda qulaylik tug‘dirish maqsadida quyida uni tashxislash algoritmini keltirdik.
Yo‘talni asoratlari
Yo‘tal paytida ko‘krak ichi bosimining to‘satdan oshishi natijasida, organizmda jiddiy patogenetik asoratlardan biri spontan pnevmotoraks rivojlanadi. Quyidagi yo‘tal bilan kechuvchi kasalliklar ko‘p hollarda ikkilamchi spontan pnevmotoraks rivojlanishiga sabab bo‘ladi:
-
SOO‘K; Bronxial astma;Bullyoz emfizema;Bakterial pnevmoniya
-
(ko‘proq stafilokokkli);O‘pka sili; O‘pkaning interstitsial kasalliklari (ekzogen allergik va idiopatik fibrozli yoki toksik fibrozli alveolit); O‘pka raki; Endometrioz;Morfan sindromi.
To‘satdan paydo bo‘lgan kuchli yo‘tal qovurg‘alar sinishi, nafas mushaklarini shikastlanishi (masalan oldingi tishsimon mushaklar), mialgiya kabi ko‘krak qafasining shikastlanishlariga olib kelishi mumkin. Yo‘talning ko‘p uchraydigan asoratlaridan yana biri qon tuflashdir.
Uzoq davom etuvchi qorin bo‘shlig‘i ichki bosimini oshishi bilan kechadigan surunkali yo‘tal chov va diafragmani qizilo‘ngach teshigi churrasi rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari yo‘tal vaqtida ko‘krak ichi bosimining oshishi natijasida gemodinamik buzilishlar – yurakka qon kelishining qiyinlashishi, oqibatda uning daqiqalik hajmi buzilishi, QB ning vaqtinchalik pasayishi, venoz bosimning oshishi kuzatiladi, shuningdek uzoq davom etgan yo‘talda bo‘yin venalari shishi, yurak aritmiyalari rivojlanadi.
Surunkali yo‘tal serebral buzulishlarga ham olib keladi va ko‘pincha bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ayrim hollarda bosh miyaga va ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi kabi asoratlarga sabab bo‘ladi.
Turli kasalliklar natijasida bemorlarda uzoq davom etuvchi yo‘tal natijasida uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, holsizlik va yana boshqa bir qator o‘zgarishlar kuzatiladi. YUqori va pastki nafas yo‘llari kasalliklarida yo‘tal xuruji natijasida yo‘tal-hushdan ketish sindromi namoyon bo‘ladi. Bu holat ko‘pincha bronxitlar, traxeobronxial diskineziya, o‘tkir laringotraxeit va ko‘kyo‘talda uchraydi. Yo‘tal-hushdan ketish sindromining patogenezi oxirigacha to‘liq o‘rganilmagan, ammo uni yurakni bir daqiqalik hajmi kamayishi va ko‘krak ichi bosimini to‘satdan oshishi oqibatida miyada qon aylanishini izdan chiqishi bilan tushuntiriladi. Ushbu sindromning davomiyligi qisqa muddatli bo‘lib, 2-3 soniyadan 2-3 daqiqagacha bo‘lishi mumkin. Davolash empirik bo‘lib, asosan yo‘talga qarshi dorilar bilan birga miya metobolizmini yaxshilovchi preparatlar buyuriladi.
Yo‘tal, qon tuflash va balg‘am ajralish sindromi bezovta qilayotgan bemorlarni davolashni umumiy tamoyillari
Yo‘talni davolash etiologik, patogenetik (yallig‘lanish, bronxospazm va boshqalar) va uning xarakteri (quruq, balg‘amli) bo‘yicha olib boriladi. Etiologik terapiya yo‘talni keltirib chiqargan dorini bekor qilish, chekishni cheklash yoki butunlay man etish, allergenlar bilan aloqani yo‘qotish va antibiotiklar bilan davolash kabi tadbirlardan iborat. Nafas a’zolari kasalliklarida kuzatiladigan yo‘tal odatda qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Jumladan SOO‘K.
SOO‘K kasalligida yo‘talni boshqarish:
- bemorlar orasida tushuntirish ishlarini olib borish;
- chekishni to‘xtatish;
- kinezioterapiya (bronxlar drenaj faoliyatini yaxshilash uchun
qilinadigan postural drenaj, yo‘talni nazorat qilish va nafas mashqini
o‘z ichiga oladigan usul);
- mukofaol dorilarni tavsiya qilish;
- bronxolitik terapiya;
- yo‘talga qarshi dori vositalari;
- antibakterial terapiya;
- chalg‘ituvchi terapiya va boshqa usullar.
Bemor bilan kasalligi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish, bu davolashning samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar
1. Reflektor ravishda ta’sir qiluvchi dorilar - ular reflektor ravishda oshqozon shirasi va bronx bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi, hilpillovchi epiteliya faolligini oshiradi. Ushbu dorilar kichik dozalarda har 2-3 soatda buyuriladi.
• Tussin (gvayfenezin). 2-6 yoshli bolalarga 50-100 mg (1/2-1 choy qoshiq) har 4 soatda ovqatdan so‘ng; 6-12 yoshda - 100-200 mg (1-2 choy qoshiq) har 4 soat ovqatdan keyin; 12 yoshdan kattalarda - 200-400 mg (2-4 choy qoshiq) har 4 soatda ovqatdan so‘ng.
2. Rezorbtiv ta’sir qiluvchi dorilar bevosita bronxlarning shilliq qavatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bronxlar sekretsiyasini kuchaytirishi sababli balg‘am ajralishini osonlashtiradi.
• Kaliy yodid 3% eritma 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ovqatdan so‘ng buyuriladi. Preparat kasalliklarning o‘tkir kechishida, o‘pka shishida va balg‘am ko‘p ajralganda tavsiya etilmaydi.
Mukolitik (sekretolitik) preparatlar.
• Vazitsin alkaloid unumlari. Ular orasida keng tarqalganlari hisoblanadi. Bisolvon («bromgeksin») va ambroksol («lazolvan»). Preparatlar mukolitik xususiyatga ega bo‘lib, surfaktant tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bisolvonning terapevtik ta’siri davolash boshlangandan 4-6 kundan so‘ng seziladi va bir tabletkada 8 mg, bir ml miksturada 0,8 mg bromgeksin gidroxlorid ko‘rinishida chiqariladi.
Lazolvan bromgeksinning faol metaboliti hisoblanib, kuchli balg‘am ajratuvchi xususiyatga ega. Bitta tabletkada 30 mg faol modda saqlaydi, shuningdek 1 ml (5 mg) 0,75% eritma va 1 ml (3 mg) 0,3% sirop holida chiqariladi.
• Tioliklar – balg‘am ko‘chiruvchi, sekretiolitik va yo‘talga qarshi preparat bo‘lib, o‘pkaning surfaktant tizimini kuchaytiradi.
Atsetilsistein - «ASS-100; 200; 600». Atsetilsistein bilan bemorlarni davolash kichik dozalarda olib boriladi va homiladorlikni uchinchi trimestrida tavsiya etilmaydi.
Preparatning bir ampulasida 3 ml eritma bo‘lib, tarkibida 300 mg atsetilsistin saqlaydi. Preparatni antibiotiklar bilan birga va bir eritmada qo‘shib yuborilish man etiladi. Ovqatdan 2-3 soat oldin ichishga tavsiya qilinadi.
•Proteolitik fermentlarga - tripsin, ximotripsin, ribonukleaza.
• Mukoregulyatorlar- fluifort (karbotsistein) preparatlar to‘g‘risida
BOS ga bag‘ishlangan ma’ruzada batafsil keltirilgan).
Dostları ilə paylaş: |