Javob: Funksional sinamalar, chaynov harakatlari va so`zlashuv
sinamalari bilan klinik yoki laborator usul bilan perebazirovka qilish.
10. Bemorga qisman olib qo`yiluvchi protez taqilgandan so`ng pastki jag`
yon harakatlarida chegaralanish hosil bo`lishi aniqlandi. Protezlashni qaysi bos-
qichda hatolikka yo`l qo`yilgan? Bu hatolik nimadan iborat?
Javob: Sun’iy tishlar okklyudatorda terilgan.
11. 68 yoshli bemorni ikkala jag`ida qisman nuqson. Alveollar o`simtalar
shilliq qavati atrofiyaga uchragan. Alveolalar o`simtalar va qattiq tanglay shilliq
qavatlari juda yupqa. Bu bemordan qanday qolip va qaysi usulda qolip olish kerak?
Javob: Suyuq gips yordamida chegaralari kengaytirilgan bosimsiz qolip
olish.
12. 63 yoshli bemorga ikkala jag`larga qisman olib qo`yiluvchi protezlar
qo`yilgandan so`ng, jag` tishlar sohasida bir tomonda yoriq borligi aniqlandi.
Alveolalararo balandlik to`g`ri aniqlangan, sizning harakatingiz?
Javob: YOriq bor joyga yumshatilgan mum kiyib tishlatish va yangidan
tish terish.
13. Bemorga qisman olib qo`yiluvchi protezlar qo`yilganida 6 oydan
so`ng og`iz ochganda chakka bo`g`imida shakillash, og`riq paydo bo`lgan.
Mumkin bo`lgan sabablarni aniqlang va sizning harakatingiz?
Javob: Protezlarda tishlov balandligi ko`p kutarilgan. Protezdan
foydalanmaslik tavsiya qilinadi. Bo`g`imni davolab, so`ngra yangi protez
tayyorlash.
14. 58 yoshli bemorga qisman olib qo`yiluvchi protezlar qo`yilgandan
so`ng, chaynov harakatlarida yuqoridagi jag`dagi protezni oldingi qismi chiqib
ketayotgani aniqlandi. Bo`lishi mumkin bo`lgan sabablarni ayting va sizning
harakatingiz?
Javob: CHaynov tishlar sohasida muddatidan avvalgi jipslashuv
kuzatiladi. Korreksiya qilib to`g`irlash kerak.
15. Bemorga qisman olib qo`yiluvchi protezlar topshirilgandan so`ng yon
tishlarda do`mboqli jipslashuv, frontal tishlar sohasida yoriq borligi kuzatildi.
Sababini ayting?
Javob: Oldingi okklyuziya aniqlangan.
16. Bemorga ikkala jag`ga qisman olib qo`yiluvchi protez taqilgandan
so`ng kesishgan tishlov aniqlandi. Sababini ayting va sizning harakatingiz?