3. «Hyech qanday kamchiligi yo’q normal organizm»ga ega bo’lgan odamning har taraflama kamol topishigina serunum va mahsuldorroq mehnat qilishga qodirdir. Har taraflama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt ichida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi. 4. Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda odamning aqliy va jismoniy kuchlarini bir-biriga qo’shib, to’g’ri taraqqiy ettirishni, ong yetakchi rol o’ynagan paytda kishi faoliyatida bu kuchlarning faol ishtirok etishiga imkon beruvchi ulardagi uzviy bog’liqlikni nazarda tutdi.