Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Pediatriya Fakulteti Xalq tabobati yo’nalishi 181 b guruh talabasi Kenjayeva Anaxonning Anatomiya fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə13/17
tarix30.12.2021
ölçüsü1,81 Mb.
#49043
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Kenjayeva Anaxon

P.F.Lasgaft jismoniy ta’lim jarayonining o’zini qo’yidagicha tasavvur etar edi: A. Bola oddiy harakatlar qilib ularni bir-biri bilan o’zaro taqqoslaydi, ular o’rtasidagi farqni anglaydi, ya’ni ularni tahlil qiladi va tushuna boshlaydi. Harakatlarning bolalar tomonidan ongli ravichda bajarilishiga erishish uchun ular ko’rsatilishiga qarab emas, balki tushuntirish asosida bajariladi. Mashqlarning bu oddiy guruhi asosan maktabning boshlang’ich sinflarida bajariladi. B. Keyinchalik bola ortib boradigan qiyinchiliklarni hamda ancha murakkabroq to’siqlarni asta-sekin yenga olishga o’rganadi. Buning uchun ko’tariladigan yoki irg’itiladigan buyumlar vazni asta-sekin orttirib boriladi, yurish va yugurishda bosib o’tilishi lozim bo’lgan masofaga ajratilgan vaqt qisqartiriladi, yurish yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg’itish paytida bosib o’tilishi lozim bo’lgan masofa ko’paytiriladi, sakrab o’tish uchun qo’yiladigan to’siqlar ko’tariladi, qarshilik ko’rsatuvchi kuchlar (masalan, sherik qarshiligi) orttiriladi, harakatlarning o’zi esa murakkablashtiriladi. Bola har xil sharoitda umumiy harakatda o’zi uchun tanish harakatlarni bajarib, nisbatan juda qisqa vaqt ichida iloji boricha kamroq kuch sarflab asta-seken va ko’proq va og’irroq to’siqlarni yengadi, borgan sari ko’proq kuch sarflashni talab etadigan bu mashqlar ko’pgina maktablarning o’rta sinflarida qo’llaniladi.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin