Ta`lim maqsadi - nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash:
Tarbiyaviy maqsadi – shifokorlikka tayyorlashda jaxon standartlari talab darajasida mutaxassislikka qiziqishni, mas`uliyat xissiyotlarini shakllantirish, o’z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalash, deontologik tarbiya darajasini shakllantirish, amaliy ishni bajarishda eҳtiyotkorlik, aniqlik va ma`suliyatni xis etishni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - talabalarda mustaqil fikrlashni vai mustaqil muloxaza юritishni shakllantirish, talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish (klinik, gigienik).
.
Vazifalari
Tizimli qizil bo’richa boshqa tizimlarni shikastlanganlgini aniqlash
Tizimli qizil bo’richaning klinik belgilarini aniqlash
Klinik tashxisni asoslash
Talaba egallagan bilimini taxlil qilish, tekshirib va mustaxkamlash
Tizimli qizil bo’richaning davolashning asosiy printsiplari
Talaba bilishi lozim:
TQB etiologisi
TQB patogenezi
TQB tasnifi
TQB diagnostik mezonlari
davolashning asosiy printsiplari
Talaba bajara olishi lozim:
TQBli bemorda diagnostik mezonlarini topa bilish
Bemorlarni tekshirish rejasini tuzish
Laborator ko’rsatkichlarni taxlil va talqin qilish
LE-xujayralarini mikroskopda ajratish
Klinik tashxisni qadamma-qadam asoslash
Retsept yozish (glюkokortikosteroidlar, tsitostatiklar va ularning nojo’ya ta`siri)
4. Motivatsiya
Xozirgi vaktda terapiya va revmatologiyada tizimli qizil bo’richa kasalligini o’rganish juda katta axamiyatga ega, chunki u biriktiruvchi to’qimaning tizimi kasalliklari orasida muxim o’rin tutib, xayot sifatini yomonlashtiradi, xamda ichki a`zolar zararlanishiga sabab bo’lib, xayot uchun xavfli bo’lgan asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.