Toshkent tibbiyotakademiyasiva Uchtepa tumani 44-maktab o`rtasidagi 2021-2022-o`quv yilga mo`ljallangan o`quv, o`quv metodik, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid hamkorlik shartnomasi
Toshkent tibbiyotakademiyasiva Uchtepa tumani 44-maktab o`rtasidagi 2021-2022-o`quv yilga mo`ljallangan o`quv, o`quv metodik, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid
HAMKORLIK SHARTNOMASI
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi Qonuni talablarini amalga oshirish maqsadida, oily va o`rta maxsus ta’limning uzviyligi va usluksizligini takomillashtirishda jamoalarimiz mas’uliyatini his etigan holda ta’lim, ilmiy tatqiqotlari shlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishni takomillashtirish maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi hamda Uchtepa tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktab ikkinchi tomondan quyidagi mazmunida hamkorlik shartnomasini tuzdilar:
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Sog`likni saqlash, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlari ish tajribalarini va axborotlarni almashish;
1.2. O`zaro kelishuvlar asosida pegagogik va hodimlarni anjuman va tadbirlarga taklif etish;
1.3. Hamkorlikda uchrashuvlar, davra suhbatlari ilmiy tatdidotlar, Respublika hamda xalqaro miqyosida ilmiy va amaliy anjumanlar tashkil etish;
1.4.O`zaro kelishuvlar asosida maxsus kurslar bo`yicha ma’ruzalar o`qish va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish;
1.5. Zamonaviy pegagogik texnologiyalarni qo`llash chora-tadbirlarini ko`rish, o`quvchilarga turli fanlarni (kimyo, biologiya) o`qitishni amalga oshirish. Maxsus kurslar bo`yicha o`quv jarayonini tashkil etish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda ilmiy pedagogic ko`maklashish.
II. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 2.1. Akamediya huqqulari:
2.1.1. Maktabdagi kutubxona, o`quv xonalari moddiy texnika bazasidan foydalanish;
2.1.2.Oliy ta’lim xonasi jihozlashda uni to`ldirib hamda uni takomillashtirib borishda maktab imkoniyatlaridan foydalanish;
2.1.3. O`zaro kelishuv asosida va amaldagi qonunchilik ravishda va boshqa huquqlarga ham egadir.
2.2. 44-sonli umumiy o`rta maktab huquqlari:
2.2.1. Akademiyaning o`quv-ilmiy va moddiy texnikaviy bazasidan foydalanish;
2.2.2. Maktab o`quvxonalarni jihozlashda, uni to`ldirib borishda Akademiyaning kutibxonalari, o`quv adabiyotlari, auditoriyalaridan foydalanish.
2.2.3. Akademiya bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tatqiqot va amaliy tadbirlar o`tkazish;
2.2.4. O`zaro kelishuv asosida va amaldagi qonunlarga muvofiq, boshqa huquqlarga ham ega.
III. TOMONLARNING MAS’ULIYATI 3.1. Shartnoma ijrosi uchun har ikkala tomon bir xilda mas’uldir;
3.2.Shartnoma ijrosi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan kelishmovchiliklar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida hal qilinadi.
IV. SHARTNOMANING YAKUNIY QOIDALARI 4.1.Shartnoma o`zbek tilida ikki nusxada tuzilib, Akadeniya va maktab rahbarlari imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi;
4.2. Shartnomaning amal qilish muddati 2025 yilgacha bo`lib, ikki tomonning roziligi bilan o`zgartirilishi yo`li uzaytirilishi mumkin;
4.3. Shartnoma ikki tomonning roziligi bilan yoki bir tomonning shartnoma shartlarini bajarmagan holda bekor qilinishi mumkin;
4.4. Shartnoma harqanday qo`shimcha va o`zgartirishlar ikkala tomonlarning yozma shakldagi kelishuviga asosan kiritiladi va imzolanadi;
4.5. Har ikka tomon kelishilgan shartlardan tashqari tarbiyaviy jarayonni yaxshilash maqsadlariga qaratilgan va qonunchilikka zid bo`lmagan tashabbuslarni qo`llab quvvatlaydilar;
4.6. Mas’ul shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo`lib, ularning ikkalasi ham bir xil huquqiy kuchga ega
______________________________
______________________________ Toshkent shahri Uchtepa tumani
______________________________ 44-sonli umumta’lim maktabi _________________________ Faxod ko’chasi 23-mavzey
Tel.: 71-274-94-62