Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə1/3
tarix08.04.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#94807
  1   2   3
1-МАВЗУ.МАЪРУЗА


1.Mavzu.Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.


Reja:


1.O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2.Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
4.XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.

Tayanch tushunchalar


Mustaqillik, istiqlol, ozodlik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish, barkamol avlod, komil inson, tarixiy xotira, globallashuv.


Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam etadi.


Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi.Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo‘lga kiritish yo‘llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim.
2000-yil 6-aprel kuni Oq saroyda mamlakat Birinchi Prezident bir guruh olimlar, faylasuflar, tarixchilar va mutaxassislar bilan uchrashib, milliy g‘oya, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va zarurati haqida batafsil gapirdi va “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, — degan qat’iy xulosaga keldi.
2007 yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining Mustaqillikning 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida Birinchi Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” mavzuida ma’ruza qildi.Unda O‘zbekiston mustaqilligi tasodifiy hodisa emasligi, u o‘ziga xos kurashlar, ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga juda katta tarixiy yutuq ekanligini alohida ta’kidladi.Shu bilan birga ushbu davr fanda butun ko‘lami va salmog‘i bilan yetarli darajada o’ganilmaganligini alohida ta’kidladi va “mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bolib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan hir paytda mamlakatimizda tobora kcskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib horgani, Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko‘z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi” — dedi.
Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob qadriyat ekanligi xususidagi fikrlarini davom ettirib Birinchi Prezident I.A.Karimov “O‘zbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu barakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo’lsa, istiqlol o‘zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani — bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaganini qayd etishimiz zarur”, degan talablarni qat’iy qilib qo‘ydi.
Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, milliy g’oyaning shakllanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog’li o’rganish, undan saboq chiqarish bilan bog’liq.Ullug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da’vat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi.Zotan, uning ulug‘ murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda.
Shu ma’noda mamlakatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi” Markazini tashkil qilish to‘g‘risida chiqargan Farmoyishi katta tarixiy va siyosiy ahamiyatga ega.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin