Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə2/3
tarix08.04.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#94807
1   2   3
1-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Birinchidan, O‘zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjaniiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi.U o‘zini ng katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko‘rsata oldi.
Ikkinchidan, eng og‘ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o‘tish davrining o‘ziga xos murakkabliklari mavjud bo‘lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko‘rsatadi.Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g’oyalar ta’sirida bo‘lgan aholining talab-ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat’iyatlilikni talab etadi.O‘zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat’iyatni ko‘rsata bildi.
Uchinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash tamoyillari vujudga keldi.Tub islohotlarning Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va to‘la tan olindi.
To'rtinchidan, xorijiy investitsiyani jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o‘zgartirish, uni jahonning eng ilg’or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo‘li tutildi.Bu O‘zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o‘rtasida eng to‘g‘ri yo‘l tanlaganini ko‘rsatdi.
Beshinchidan, O‘zbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an’analari bilan uyg‘un holda amalga oshirila boshiandi.“Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak”, “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishi kerak” singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg’un holda dunyoga keldi.Bugungi kunda O‘zbekistonning tom ma’noda ma’naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg’unligi natijasidir.
O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqe egalladi.Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim.O‘zbekistonda milliy regional va umumplanetar mo‘ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o‘zgarishlami o‘z vaqtida o‘rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baholash, tahlil etish, hamda ilmiy-nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O‘zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‘ziga xos kechayotganligini ifoda etadi.Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg’unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy pluralizmga shart-sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da’vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlari boshlanishiga nazariy poydevor qo‘yildi.Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma’naviyati dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi.Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog’li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz.Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta.Ayniqsa, o‘tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o‘rni yana ham yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.Chunki, bu paytda ma’lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, jamiyatni yo‘naltiradigan oqim ham shakllanmagan, qarashlar bir o‘zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo‘lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi.Bunday paytda xalq o‘z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi.O‘zining iymon-e’tiqodini, taqdirini u bilan bog’laydi.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o‘tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bog’lanib ketgan.Davlat arbobining siyosiy qiyofasi o‘tish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o‘rnashgan bo‘ladi.
Demak, mustaqiilik davri tarixini o‘rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimov faoliyati bilan uzviy bog’langanligini yaqqol ko‘ramiz va uni sahifalarga aynan ko‘chirishga intildik.Zotan, ana shu yillarda Birinchi Prezident I.A.Karimov ismi sharifi bir shaxs nasl-nasabi doirasidan chiqib, ulkan ijtimoiy-siyosiy voqelik, millat mohiyatini o‘zida mujassam etgan qadriyat maqomiga ega bo‘ldi.Boshqacha qilib aytganda “O‘zbekiston — Mustaqillik — Islom Karimov” atamalari yaxlit, bir-birini to‘ldirib boradigan tushunchaga aylandi.
Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy g’oyani shakllantirish, yoshlarni tarixiy an’analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston xalqi XX asrning so‘nggi o‘n yilligi boshlarida sovet tuzumiga qaramlikdan ozod bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritdi.1991-
yil 31- avgustda Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O‘zbekistonning davlat
mustaqilligini e’lon qildi.Xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga
chiqib, siyosiy mutelik va zug‘umdan qutuldi.Dunyo xaritasida
yana bitta mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo
bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligi yakunlanayotgan o‘ta mas’uliyatli, shu bilan birga o‘ta sharafli tarixiy bir davrda yashayapmiz.Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz, hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi.Turmush tarzimiz o‘zgardi.Tafakkurimiz, shuurimiz tobora kengaydi. Endi boshqacha yashash zarurati, hayotga boshqacha qarash ehtiyoji turilganini chuqurroq, anglay boshladik va eng muhimi, uni turmush tarzimizga aylantira boshladikMustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olamu odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolaru serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam etdi.Mudroq bosgan tuyg‘ularimizni junbushga keltirdi.Boshqacha qilib aytganda, hayotga tiyrakroq, qaraydigan bo‘ldik, o‘zligimizni anglay boshladik.Tabiiyki, bunday hayotiy zaruriyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori tarix fani oldiga ham yangi vazifalar kuyadi.Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqning istiqlolga erishish yulidagi fidoyi mehnatini, milliy mustaqilikka erishish yo‘llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, istiqlolni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy istiqol mafkurasini yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim.Darhaqiqat, o‘rganishga, tadkiq etishga, dastlabki ilmiy-nazariy xulosalarni o‘rtaga tashlashga asos bor.2000 yil 6 aprel kuni Oqsaroyda mamlakat Birinchi Prezidenti bir guruh olimlar, faylasuflar, tarixchilar va mutaxassislar bilan uchrashib, milliy mafkura, milliy ong taraqqiyoti, uning zarurati haqida gapirdi.
“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, —degan edi Birinchi Prezident I.A. Karimov.Darhaqqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog‘li o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bog‘liq.Ulur allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da’vat etadi.Ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi.Zotan, uning murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik kuchi xuddi ana shunda.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik-huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida keng qamrovli demokratik islohotlar amalga oshirildi.Siz mustaqillik yillarida milliy-huquqiy davlat qurilishi jarayonini — markaziy va mahalliy davlat hokimiyati
organlari barpo etilishi va ularning faoliyatini, shuningdek,
ochiq fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi va ularning faoliyatini bilib olasiz.Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini idrok etishda, ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishini, yuksak texnologiyalar asosida bunyod etilgan yangi zamonaviy korxonalar va ularning faoliyatini, sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarni o‘rganish, shuningdek, bundan tashqari mustaqillik yillarida mamlakatimizning ma’naviy-madaniy hayotida sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlarni, bu sohada erishilgan yutuqlarni bilish juda muhim sanaladi.Qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning „o‘zbek modeli“ asos bo‘lib xizmat qilganini, bu yo‘lning mazmun-mohiyatini qalban anglab etish muhim ahamiyatga egadir.Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz — O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga qo‘shildi.Dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o‘rnatildi, o‘zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda.O‘zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qat’iy siyosati va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro‘-e’tibor qozondi.O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallagan,
o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi.
Butun dunyoda tahlikali vaziyat, millatlararo to‘qnashuvlar, siyosiy va iqtisodiy inqirozlar hamda turli xavf-xatarlar avj olgan davrda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizga rahbarlik qilganlari Yaratganning xalqimizga ko‘rsatgan bebaho marhamati bo‘ldi.Muhtaram yurtboshimizning bukilmas irodasi, fidoyiligi, mardligi va vatanparvarligi, uzoqni ko‘rish va strategik fikrlash qobiliyati vatandoshlarimizni yagona maqsad sari birlashtirdi. Natijada mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lida ko‘plab qiyinchilik va sinovlardan o‘tib, tarixan qisqa davrda jahon hamjamiyatida o‘zining munosibo‘rnini egalladi. Birinchi prezidentimizning bosib o‘tgan umr yo‘llari, mustaqilligimizni himoya qilish va mustahkamlash borasida tarixiy xizmatlari barchamiz uchun eng yorqin ibrat namunasi va katta hayot maktabi bo‘lib qoladi. Birinchi Prezidentimizning ishlarini davomchisi, O‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqayotgan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Miromonovich tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar jumladan, 2017-yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi hamda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” esa mamlakatimiz taraqqiyotida muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi bayrami tobora yaqinlashmoqda. SHunday kunlarda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan insonlar, ularning qilgan ezgu ishlari yodga tushadi. Mamlakat mustaqilligini ta’minlashda, O‘zbekistonning erkin taraqqiyot yo‘lidan dadil intilishida juda katta hissa qo‘shgan insonlardan biri, shak-shubhasiz, Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoevdir.
Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk majlisida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev milliy tarixni anglashning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi:
“Yaqinda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz haqida gapirdim.Bobur 12 ming askar bilan 100 ming askarni enggan.O‘sha paytda shunday qilish mumkinmidi? Yo‘q. Bobomizga nima yordam berdi? Vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, aql-zakovat.
Men Boburni bugun ko‘p gapiryapman.Quyi palata yig‘ilishida ham gapirdim. Umuman, shu kunlarda men tariximizni ko‘p o‘qishga harakat qilyapman.
Ming afsuski, bizga sovet davrida Pushkin, Lermontovning bobolari xoki qayerda to‘kilganini o‘qitgan xolos.Alisher Navoiy yoki Boburlarni o‘qitmagan.Rus tilida o‘qigan odamlar Pushkin, Lermontovni o‘qigan.Biz hech kimga Boburni o‘qitmaganmiz.Uning ekologiya haqida yozganlarini o‘qisangiz, hozirgi davrda yashaydi, deb o‘ylaysiz.
Yoki, shuncha yil harbiy maktablarimiz Suvorov nomida bo‘lgan.Birorta odam aytmaganki, mustaqil bo‘lganimizga necha yil bo‘ldi, nega maktab nomi Suvorov bo‘lishi kerak, deb. Biz Suvorov maktablarini Temurbeklar maktabiga o‘zgartirdik”.
Vaqt va hayotning o‘zi Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning zamonamizning ulug‘ siyosatchisi, uzoqni ko‘radigan va strategik fikr yuritadigan shaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan o‘ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas’uliyat tuyg‘usini chuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanligini har tomonlama tasdiqladi.
Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo to‘qnashuvlar va boshqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar urushi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan, bir so‘z bilan aytganda, eski zamonning umri tugab, yangi zamon boshlanayotgan bir paytda Islom Abdug‘anievichning respublika rahbari etib saylanishi Yaratganning xalqimizga bebaho marhamati bo‘lgan edi.Islom Abdug‘anievichga xos bo‘lgan bukilmas iroda, fidoyilik, mardlik va vatanparvarlik, insoniylik va adolatparvarlik, samimiylik va mehribonlik kabi olijanob fazilatlar barchamiz uchun yorqin ibrat namunasi bo‘lib qoldi.Zamonaviy O‘zbekistonning tarixi – bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir.Buyuk Yo‘lboshchimiz haqli ravishda demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘liq javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosiy muallifi edilar.Mamlakatimiz totalitar tizimdan voz kechib, mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanladi, ko‘plab qiyinchilik va sinovlardan o‘tib, tarixan qisqa davrda jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egalladi.
Konstitutsiya va uning negizida yaratilgan puxta qonunlar, shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi hokimiyat institutlarini shakllantirishni va ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mulkchilikning barcha turlarini, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta’minladi.
Birinchi Prezident Islom Abdug‘anievich “Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan siyosiy mustaqillikni ta’minlab bo‘lmaydi” degan tamoyil va eng muhim ustuvor vazifani amalga oshirishni strategik masala deb hisoblar edilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy dasturlarning amalga oshirilishi mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minladi.
Tarix – xalq ma’naviyatining asosi, unda milliy ­g‘oya, siyosat, iqtisod, madaniyat, ma’naviyat, eng muhimi ota-bobo­lar o‘tmishi mujassam. Bugun axborot texnologiya­lari yuksak rivoj topib, er yuzining olis burchagida yuz bergan voqea butun dunyoda aks-sado berayotir.Globallashuv jarayonlari kechayotgan pallada muhtaram Prezidentimiz aytmish, “havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz, buyuk ajdodlarimiz” haqidagi noyob tarixiy ma’lumotlarni dunyo ahliga faxr va g‘urur ila, baralla etkazish imkoniyatimiz kengaydi. Qolaversa, xalqimizning taqdirida ro‘y bergan, tariximizdan o‘rin olgan goh shonli, goh tushkun va fojiali hodisalar Vatanini sevuvchi har bir insonni befarq qoldirmaydi.
Tarix – faqat shu fan sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. Bu haqiqatni chuqur anglash fursati allaqachon etgan. Prezident SHavkat Mirziyoev o‘z ma’ruzalarida ana shu muhim omilni tez-tez esga oladi. Masalan, o‘tgan yilning noyabr oyidagi uchrashuvda davlatimiz rahbari harbiylarimizning tarix haqidagi bilimlari bilan qiziqdi:
– Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz.Lekin, xolisona aytaylik, ulug‘ Sohibqironning “Tuzuklar” ini qancha askar o‘qigan? – Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham etarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g‘alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ko‘plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o‘rganishadi.
Davlatimiz rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan oldin albatta O‘zbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi kerakligini ta’kidladi. Ilg‘or harbiy qismlarga ulug‘ sarkardalarimizning nomini berish, mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish, badiiy kitoblar, kinolar yaratish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Darhaqiqat, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ammo ochig‘ini aytganda, olamshumul zotlar haqidagi bilimlarimiz ko‘pincha shu faxrlanish bilangina tugashi sir emas.Masalan, tibbiyotchilarimiz stolida Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” turadimi? Harbiylar, umuman rahbar xodimlarning necha foizi “Temur tuzuk­lari”dan xabardor? Astronomlar “Ziji Jadidiy Ko‘ragoniy” asarini xuddi karra jadvalidek bilishadimi? Al-Xorazmiyning “Al jabr val muqobala” asarini, Abu Rayhon Beruniy asarlarini har bir maktab o‘quvchisi yaxshi bilishi uchun nimalar qilishimiz kerak?
Prezident Shavkat Mirziyoev o‘z suhbatlarida ushbu haqiqatni bot-bot tilga oladi, bugungi islohotlar jarayonida tarixni chuqur bilishning ahamiyatini ta’kidlaydi: “Suvorov maktabini Temurbeklar deb o‘zgartirdik.Gap nomda emas, g‘oyada, mafkurada, g‘ururda! Bog‘chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni, madhiyani, bayroqni, Amir Temurni, Birinchi Prezidentimizni… yaxshi o‘rganishsin…”
Bugun G‘alaba bayramining 75 yilligini nishonlar ekanmiz, xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan qahramonligi haqida takror va takror o‘ylashimiz albatta tabiiydir.
Men avvalgi chiqishlarimda el-yurtimizning buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi hali to‘liq o‘rganilmagani haqida gapirib, jamoatchiligimiz e’tiborini shu masalaga qaratgan edim. Bugun mamnuniyat bilan aytmoqchimanki, keyingi yillarda ushbu yo‘nalishda juda katta ishlarni amalga oshirdik.Avvalo, ilgari yopiq bo‘lgan arxiv hujjatlarini, ilmiy jamoatchilik uchun ma’lum bo‘lmagan materiallarni o‘rganish uchun imkoniyat yaratildi. Bu borada sobiq Ittifoq respublikalari va chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar va fondlar, tarixchi olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlik kuchaytirildi.Ana shunday ilmiy izlanishlar natijasida xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki haqida, qahramon ajdodlarimiz haqida juda muhim yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Hozirgi vaqtda ular ommaviy axborot vositalarida, kitob va albomlarda keng yoritilmoqda.
Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni o‘rganishda tom ma’noda yangi davr boshlandi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor.Masalan, shu vaqtga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb hisoblanar edi.
Yangi topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Demak, har uch nafar o‘zbekistonlikdan bittasi qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan.
Ayovsiz janglarda mardona qatnashgan qariyb 451 ming nafar yurtdoshimizning nomlari va taqdiri shuncha yillar mobaynida e’tibordan chetda qolib kelganini albatta adolatdan, deb bo‘lmaydi.Shuningdek, o‘sha davrda “quloq” sifatida boshqa o‘lkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq vatandoshimiz ham harakatdagi armiyaga safarbar etilgani ma’lum bo‘ldi.
Shu borada yana ba’zi raqamlarni keltirmoqchiman: ilgari 396 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilardi. Aslida bu raqam 538 mingdan ziyod bo‘lgan.Bundan tashqari, frontda bedarak yo‘qolganlar haqidagi ma’lumotlar ham to‘liq emasdi.Hozirgi vaqtda 158 mingdan ko‘proq hamyurtimiz urushda bedarak ketgani aniqlandi.
Mana, dahshatli urushda xalqimiz qanday og‘ir yo‘qotish va talafotlar bergan, qanday azob-uqubatlarni boshidan kechirgan!Olib borilgan ilmiy izlanishlar tufayli jangovar orden va medallar bilan mukofotlangan O‘zbekiston vakillarining soni bo‘yicha ham oydinlik kiritildi.Shu paytga qadar bu ko‘rsatkich 120 ming nafar deb qayd etilardi.Yangi ma’lumotlarga asosan 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani aniqlandi. Jumladan, ilgari 280 nafar deb hisoblab kelingan o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramonlarining soni 301 ta ekani, 70 nafar yurtdoshimiz uchala darajadagi Slava ordeniga sazovor bo‘lgani hujjatlar orqali o‘z tasdig‘ini topdi.Men mana shunday bebaho haqiqatni yuzaga chiqarib, adolatni qaror toptirishga katta hissa qo‘shgan tarixchi olimlarimizga, ilmiy va ijodkor ziyolilarimizga katta rahmatlar aytaman. Ayni vaqtda ularni bu boradagi izlanishlarni davom ettirishga, mana shu G‘alaba bog‘idagi “Shon-sharaf” muzeyini doimiy ravishda yangi ma’lumotlar bilan boyitib borishga da’vat etaman.
Ota-bobolarimiz jasoratini chuqur o‘rganish va kelgusi avlodlarga etkazish maqsadida yangi tarixiy ma’lumotlar asosida har yili 9 may bayrami arafasida alohida kitob tayyorlab, nashr etsak, o‘ylaymanki, ayni muddao bo‘ladi.
Olovli urush yillarida butun O‘zbekiston xalqi “Hamma narsa – front uchun”, “Hamma narsa – G‘alaba uchun!” degan hayotiy e’tiqod bilan yashadi. Mamlakatimiz front ortidagi mustahkam ta’minot bazasiga aylandi. O‘zbekiston xalqi jang maydonlariga katta miqdorda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlarni etkazib berdi. Ko‘pmillatli aholimizning fidokorona mehnati bilan respublikamizdagi 300 ga yaqin korxonada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarildi.Shu davrda front hududlaridan yurtimizga 151 ta zavod ko‘chirib keltirildi va g‘oyat qisqa fursatda ishga tushirildi. Ming-minglab urush qatnashchilari mamlakatimizda tashkil etilgan harbiy gospitallarda davolanib shifo topdilar.
Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, urush o‘chog‘iga aylangan o‘lkalardan O‘zbekistonga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilindi. Xalqimiz bu odamlarning barchasiga chinakam mehr va e’tibor ko‘rsatdi, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rib, yuksak insonparvarlik fazilatlarini namoyon etdi.Insoniyat tarixidagi eng dahshatli qirg‘in – Ikkinchi jahon urushining tugaganiga 75 yil to‘lgan bo‘lsa-da, afsuski, er yuzining turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizga yaqin hududlarda qarama-qarshilik, qonli to‘qnashuvlar davom etmoqda. SHu sababli biz doimo hushyor va ogoh bo‘lishimiz, mustaqilligimizni mustahkamlab, Vatanimiz qudrati, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yanada oshirishimiz zarur.Bugun biz sizlar bilan birgalikda yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz.Yangi hayot, beqiyos o‘zgarishlar hammamizdan fidoyilik va bunyodkorlikni, yanada katta safarbarlikni talab etmoqda. Bu jarayonda tinchlik va osoyishtalikni asrash, jahon hamjamiyati, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirishni biz eng muhim vazifamiz deb bilamiz.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, tarixni xolislik bilan haqqoniy o‘rganish va uni kelajakka xizmat qildirish borasida Birinchi Prezidentimiz boshlab bergan ulug‘vor ishlar bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Aytaylik, agar Islom Karimov rahbarlik paytida buyuk ajdodlarimizning tarixiy merosini o‘rganishga, nomlarini ulug‘lashga, xotiralarini abadiylashtirishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, endilikda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ilm-fanni rivojlantirish, kitoblar nashrlarini yaxshilash va xalqimizning kitobxonlik darajasini yuksaltirish, qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish borasidagi farmon va qarorlari asosida o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, shoirlarimiz asarlarini to‘la holda chop qilish, ularni kitobxonlarga etkazib berish, ulug‘ mutafakkirlarimiz yaratib ketgan ilmiy kashfiyotlarini yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qildirish, ulardan xalqimizni bahramand etish masalalarini asosiy maqsad qilib qo‘ydi.
Birinchi Prezidentimiz olis o‘tmishda yashab o‘tgan ajdodlarimiz merosini keng tadqiq etish, xotiralarini abadiylashtirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa, hozirgi kunda davlatimiz rahbari bu ishlarni davom ettirib, yaqin tariximizda o‘tgan ulug‘ salaflarimiz nomlarini ulug‘lab, meroslarini e’zozlashga e’tibor qaratdi. Suu asosda Namanganda Ishoqxon Junaydullaxoja o‘g‘li Ibratga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Qarshida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Andijonda Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab, Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab kabilar bunyod etildi. Xorazmda Komiljon Otaniyozov nomidagi ijod markazi ishga tushirildi.
Birinchi Prezident Islom Karimov davrida u kishining tashabbusi bilan ulug‘ allomalarimiz, buyuk ajdodlarimizning qadamjolari qayta tiklanib, go‘zal, obod yodgorlik majmualariga aylantirilgan bo‘lsa, endilikda respublikamiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev ushbu yodgorlik majmualarida o‘sha allomalarimiz, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosidan, asarlaridagi ilg‘or g‘oyalaridan dunyo ahlini bahramand qilishga intilmoqda. SHu maqsadda Samarqandda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi qoshida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Surxondaryoda Iso at-Termiziy yodgorlik majmuasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Hazrati Imom yodgorlik majmuasida esa xalqaro miqyosdagi Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda.
“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning faoliyat xronikasi” deb nomlangan to‘plam nashrdan chiqarildi.Unda davlatimiz rahbarining 2016 yil sentyabr oyidan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrdagi siyosiy faoliyati solnomasi batafsil aks ettirilgan.
Ma’lumki, ushbu davr – “Yangi O‘zbekiston”, “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi” degan nomlar bilan Vatanimiz tarixida, jahon hamjamiyati bilan munosabatlarimiz silsilasida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelmoqda. Bu davr – O‘zbekistonni, jamiyatimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni butunlay o‘zgartirgan, mamlakatimizni yangi, demokratik qiyofada jumlai jahonga tanitgan davrdir.
Bu haqda yurtimiz fuqarolari, ekspertlar guruhlari bilan birga, dunyo siyosatida etakchi o‘rin tutadigan davlat va jamoat arboblari, atoqli olimlar va tahlilchilar tomonidan ham ko‘plab ijobiy fikrlar bildirilmoqda, eng yuksak e’tirof va baholar aytilmoqda.
Mamlakatimiz kitobxonlariga taqdim etilayotgan mazkur to‘plamning eng muhim xususiyati shundaki, unda keyingi yillarda O‘zbekistonda kechayotgan shiddatli va keng ko‘lamli hayotiy jarayonlar tarixiy hujjatlar, fakt va raqamlar, aniq dalillar orqali aks ettiriladi.
Ko‘hna tarix shundan dalolat beradiki, bu hayotda yangilik qilish, ko‘pchilik odamlar o‘rganib, ko‘nikib qolgan eskicha qolip va andozalarni o‘zgartirish hech qachon oson kechmaydi. Istaymizmi, yo‘qmi, bunday harakat har qanday sharoitda ham ochiq yoki pinhona to‘siqlarga duch keladi. Ayniqsa, xalqni uyg‘otish, mudroq qalblarga hayotbaxsh yangi nafas olib kirish, davlat va jamiyat boshqaruvini butunlay yangilash masalasi islohotchi bo‘lib maydonga chiqishdek buyuk missiyani o‘z zimmasiga olgan etakchi shaxsdan yanada ulkan mas’uliyat, jasorat va donishmandlikni talab etadi.
Ushbu to‘plam ana shunday o‘ta murakkab va mashaqqatli, tarixiy zaruratga aylangan jarayonlar yangi O‘zbekiston hayotida qanday borayotgani haqida to‘liq ma’lumot beradi. “O‘zbekiston” degan ulkan kemani yangi taraqqiyot ufqlari sari boshlash, siyosatshunoslar iborasi bilan aytganda, davlat va jamiyat boshqaruvida tarixiy burilish yasash Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan qanday amalga oshirilayotgani kitobda aniq tizim asosida kunma-kun, oyma-oy yoritilgan.
Odatda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z borganda, davlatimiz rahbari kamtarlik bilan “Biz hali izlanishdamiz, o‘rganishdamiz”, deb bu yo‘lda oldimizda bir-biridan muhim va dolzarb vazifalar turganini ta’kidlaydi. Chindan ham, hozirgi vaqtda yurtimizda mamlakat etakchisidan tortib barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yangicha sharoit, yangicha muhitda ishlashga, izlanib, o‘rganib, xalq bilan muntazam muloqot asosida faoliyat yuritishga intilmoqda.
Ayniqsa, butun dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmagan koronavirus pandemiyasi sharoitida ushbu trend – ustuvor holat yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ana shu xususiyat O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar muvaffaqiyatini ta’minlayotgan muhim omillardan biri bo‘layotganini nufuzli xalqaro ekspert va tahlilchilar ham e’tirof etmoqda.
Shu ma’noda, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan O‘zbekistonda yangi, demokratik islohotlarni boshlashda eng maqbul yo‘l tanlandi va u hayotda qisqa muddatda o‘zini to‘la oqladi, deb aytishga bugun barcha asoslar bor.
Avvalo, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash davlat siyosatining bosh mezoni etib belgilandi.
Ikkinchidan, mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik asosida faol munosabatlar o‘rnatish tashqi siyosat sohasidagi ustuvor tamoyil, deb e’lon qilindi.
Uchinchidan, dunyoga ochiq bo‘lish, umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarni amalda joriy etish jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlikning asosiy yo‘nalishi sifatida qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda milliy taraqqiyotimizning bosh hujjati bo‘lib xizmat qilayotgan, mamlakatimizni 2017–2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalishda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aynan ana shu tamoyillar eng muhim qoidalar sifatida aks ettirildi.Yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinlik va manfaatlarini amalda ta’minlash, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirish, tashqi siyosat sohasida Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik va hamkorlik ruhini kuchaytirish, dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga kirish yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Albatta, 34 millionlik aholiga ega bo‘lgan, o‘tgan davrda ko‘plab muammolar to‘planib qolgan mamlakatning taqdiri va kelajagini belgilash borasida to‘g‘ri yo‘l tanlash – bu davlat rahbaridan ulkan aql-zakovat, bilim va tajriba, mustahkam iroda, jasorat va azmu shijoatni talab etadi.Ayni vaqtda tanlangan rivojlanish yo‘lini ijtimoiy institutlar, ta’sirchan mexanizmlar orqali hayotga tatbiq etish, odamlarni islohotlarning maqsadi va natijasiga ishontirish, butun jamiyatni ruhlantirib, ulug‘ maqsadlar sari safarbar eta olish – yanada murakkab vazifa, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.
Ana shunday o‘ta mashaqqatli vazifani amalga oshirishda SHavkat Mirziyoev xalqning o‘ziga tayandi – fuqarolar bilan doimiy muloqot olib borib, har bir soha va tarmoq bo‘yicha bevosita uchrashuvlar, maslahat va fikr almashuvlar o‘tkazib, mavjud muammolarning samarali echimini topmoqda. Bu murakkab ijtimoiy voqea-hodisalarning qanchalik shiddat bilan kechayotganini ushbu to‘plamdan o‘rin olgan serqirra jarayonlar yaqqol tasdiqlaydi.
2016 yil sentyabr oyidan buyon 2020 yil yanvar oyiga qadar o‘tgan vaqt misolida oladigan bo‘lsak, Prezidentimiz tomonidan mamlakat hududlariga 129 marta safar uyushtirilgani, 69 ta videoselektor yig‘ilishlari, eng muhim va ustuvor masalalar bo‘yicha 112 ta yig‘ilish va muhokamalar o‘tkazilganini ko‘ramiz. Ana shu qisqa fursatda davlatimiz rahbari tomonidan 194 ta qonun, 1106 ta farmon, 1974 ta qaror, 933 ta farmoyish tasdiqlanganini ham qayd etish lozim.
Shu davrda Prezident Shavkat Mirziyoev 40 marta chet davlatlarga rasmiy tashrif buyurdi, 24 ta xalqaro sammit va anjumanlarda ishtirok etib, ularning doirasida 60 ta uchrashuv o‘tkazdi. Bundan tashqari, xorijiy davlat va hukumat rahbarlari boshchiligidagi 39 ta nufuzli rasmiy delegatsiya yurtimizda qabul qilindi. Shuningdek, vazirlar, xalqaro tashkilot va kompaniyalar, xorijiy ishbilarmon doiralar rahbarlari boshchiligidagi 166 ta delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Shu vaqt mobaynida chet davlatlarning yurtimizda ish boshlagan favqulodda va muxtor elchilaridan 32 nafaridan ishonch yorliqlari qabul qilib olingan, xorijiy davlat va hukumat boshliqlari, xalqaro tashkilot rahbarlariga 1858 ta maktub yo‘llangan. Shu o‘rinda xorijiy davlatlar rahbarlari bilan 113 marta telefon orqali muloqotlar o‘tkazilganini ham ta’kidlash joiz.
Prezidentimiz shu yillar davomida yurtimizda bo‘lib o‘tgan 53 ta tantanali marosimda ishtirok etib nutq so‘zlagan, shuningdek, xalqimiz va turli soha vakillariga 79 ta tabrik va qutlovlar yo‘llagan.
Bularning barchasi O‘zbekiston o‘z milliy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan siyosiy-ijtimoiy makonda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar keng ko‘lam kasb etib, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko‘tarilib borayotganidan dalolat beradi.
Agar davlat ahamiyatiga molik birgina hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish, biron-bir rasmiy tadbirni o‘tkazish qanday katta tayyorgarlikni, ma’naviy-intellektual, ruhiy safarbarlikni, keng ko‘lamli tashkiliy-amaliy ishlarni talab etishini inobatga oladigan bo‘lsak, yuqorida qayd etib o‘tilgan raqamlar zamirida tinimsiz izlanish va mehnat, chuqur tahlil, kelajakni oldindan ko‘ra bilish salohiyati mujassam ekanini anglash mumkin.
Ta’kidlash kerakki, mazkur to‘plamdan o‘rin olgan voqealar xronikasi, qizg‘in va bunyodkor jarayonlar zanjiri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va islohotlar o‘tgan vaqt davomida amaliy samaradorlik bilan rivojlanib, ortga qaytmaydigan muqarrar tus olganini ham yaqqol namoyon etadi.
Shu ma’noda, tarixiy jarayonlarning qaynoq izlarini o‘zida mujassam etgan ushbu to‘plam mard va olijanob xalqimiz Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida keyingi yillarda qanday og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli rivojlanish yo‘lini bosib o‘tayotganini, o‘z kuchi, o‘z salohiyati bilan yangi O‘zbekiston davlatini barpo etayotganini bamisoli ko‘zgudek yorqin aks ettiradi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu kitobni yangi O‘zbekistonning taraqqiyot solnomasi, deb atash mumkin.
To‘plam boshqaruv sohasi xodimlari, akademik doiralar, siyosatshunos va sotsiologlar, tahlilchi va ekspertlar, tadqiqotchi va talabalar, muxtasar aytganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan qiziqadigan barcha kishilar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu kitob bilan tanishar ekan, yurtimizda yashaydigan har bir inson o‘z hayoti, oilasi, farzandlari, el-yurti taqdiriga daxldor voqea-hodisalar, hujjatlar mazmunidan atroflicha xabardor bo‘ladi va zamonamiz tarixi haqiqatan ham barchamizning ko‘z o‘ngimizda, aynan bizning ishtirokimizda yaratilayotganini chin dildan his etadi.


SHavkat Mirziyoev: Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod bo‘lgan taqdirdagina, o‘z hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega bo‘ladi.





  • Prezident SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

  • Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod bo‘lgan taqdirdagina, o‘z hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega bo‘ladi. “Haq berilmas, haq olinur!” deb millat ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimizning buyuk maqsadi ham shu edi.

  • Xalqimizning beqiyos jasorati va matonati bilan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi ana shu asriy orzumizni amalda ta’minlagan olamshumul voqeadir.

  • Biz qanday tahlikali va suronli davrlarni boshimizdan kechirmaylik, qanday yutuq va natijalarga erishgan bo‘lmaylik, mustaqillik g‘oyasi, istiqlol ruhi bizga doimo tog‘dek tayanch bo‘lmoqda.


Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin