O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI IJTIMOIYISH FAKULTETI 21/1-GURUHTALABASI JALILOVA SHAROFANING DEMAOGRAFIKA VA IJTIMOIY STATISTIKA FANIDAN
MAVZU:XALQARO TA’LIM TAJRIBALARINI O‘ZBEKISTON SHAROITIGA JORIY ETILISHINING AFZALIKLARI.
TOPSHIRDI:_________________________________________________ QABUL QILDI:___________________________________________ CHIRCHIQ-2022 MAVZU:XALQARO TA’LIM TAJRIBALARINI O‘ZBEKISTON SHAROITIGA JORIY ETILISHINING AFZALIKLARI. REJA: Kirish. Asosiy qisim. 1.Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish.
2.Xalqaro ta’lim tajribalarini O‘zbekistonda qo‘lash.
3. Xarqaro ta’limning O’zbekistondagi ahamiyati.
III.Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish konikmasi proffessional talimning ajralmas qismlaridan biri bolib bormoqda. Bu maktabgacha ta’lim jarayonini ham chetda qoldirgani yo’q. Yoshlar ta’limi davomida xorijiy tillarni o’rgatishning ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Buni dinshunos olim, tarix fanlari nomzodi, katta o’qituvchi Natalya Kireeva “Yoki biz hayotga, yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko’ramiz. Birinchisini tanlaymiz.” deb takidlab o’tdi. Yaqinda u mahalliy ta’lim tizimi va printsiplari haqida gapirdi va nima uchun Finlyandiya ta’limi dunyodagi eng yaxshi bilimlardan biri deb qaralishi to’g’risida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’limga etibor berish, davlantning ijtimoiy, iqtisodiy va "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 387 ma’naviy jihatdan rivojlantirish demakdir [Filandiya talim tizimidagi qiziqarli malumotlar]. Shuni ham takidlab o’tishim kerakki, muvaffaqiyatga erishishda yordam berish uchun maktabgacha tarbiya mutaxassislaridan erta bolalik ta’limi jarayonida eng sevimli o’qitish strategiyalari bilan o’rtoqlashishini sorab qolamiz. Maktabgacha yoshdagi sinf uchun o’qitish strategiyalarining ushbu ro’yxati o’qituvchi sifatida taraqqiy etish va o’rganish uchun juda yaxshi o’tish imkoniyatlarini beradi. 1. Belgilar va rasmlar bilan ishlash usuli. Kundalik so’z boyligini targ’ib qilishning usullaridan biri - Touchtime Internationalning direktori doktor Eleyn Fogel Shneyderning so’zlariga ko’ra: “Bolalarga umumiy brendlar va belgilarga og’zaki yorliq qo’yishdir.” U rasmdan so’zga tarjima qilish tilni rivojlantirishga yordam berishini tushuntiradi. Yani bu bolalarni yangi tillarni tez va oson o’zlashtirishida juda katta yordam beradi. 2. Ovozni tanib olish va moslashtirish usuli. Ushbu tadbir uchun kartondan kesilgan bir nechta katta harflar va shu harflar bilan boshlanadigan bir nechta kichik, ammo unchalik katta bo’lmagan narsalar kerak bo’ladi. Masalan, agar sizning harflaringiz M va K bo’lib, sizda mushuk va fil bo’lsa. Bolaga mushuk chiqaradigan ovozni aytishdan boshlang. Keyin, bolani xuddi shu tovush bilan boshlanadigan narsani topishga undab, uni harfga yopishtiring. Bezatilgan harflar sinfda saqlanishi yoki ota-onalar bilan bo’lishish uchun uyga olib kelinishi mumkin. Shnayderning ta’kidlashicha, bu mashg’ulot talabalarning sevimli narsasidir, chunki bu ularga o’z bilimlarini o’rganishda amaliy yordam beradi. Bundan tashqari, bu “shoh asar” ni keltirib chiqaradi. 3. Tabiat dunyosi bilan o’ganish usuli. Bolalar darslarni tabiat muhitida o’zlashtirishga juda qiziqishadi. Odatda, ularni hovli bog’ orqali tabiat dunyosi to’g’risida ma’lumot berish ajoyib usuli bo’lishi mumkin. Bu usul o’simlikni urug’dan yetilguncha o’stirish bolalarga o’z o’sishi haqida ma’lumot beribgina qolmay, ularni chet tilidagi so’larni tez va oson o’zlashtishda ham muhim ahamiyatga egadir. Bu usul stressni yengillashtiradi va nozik vosita mahoratini oshirishga ham yordam beradi. 4. O’z faoliyatini o’quvchilarga moslashtirish usuli. Bog’chada yodlagan o’qituvchilar qo’llanmasiga yoki odatiy darslarga qaytish oson bo’lishi mumkin. Biroq, ba’zi bolalar uchun bu muammolar tug’diradi. Gretzingerning aytishicha, bolalar an’anaviy bo’lmagan uy sharoitidagi bolalarga nisbatan sezgir bo’lishlari kerak. O’quvchilarga o’z oilalari rasmlarini chizishlarini so’rashdan oldin ikki marta o’ylab ko’rish - asrab olingan bola yoki ota-onadan ajralgan farzand qanday his qilishi mumkinligi va boshqa bolalar qanday munosabatda bo’lishlari haqida o’ylab ko’rish kerak. Inklyuziv faoliyat bilan shug’ullanish biroz ko’proq vaqt talab qilishi mumkin, ayniqsa yil boshida siz barcha "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 388 o’quvchilaringizni tanimasligingiz mumkin, ammo bolada xijolat hissini aks etishi tartibsizlikni saqlaganingizda bilinadi. Bunda tarbiyachi o’z yaratuvchanligini davom ettirishi kerak. Maktabgacha ta’lim - yoshlarimiz ta’limi va tarbiyasining ilk bosqichi hisoblanadi. To’g’ri maktabgacha tarbiya dasturi bizning bolalarimizga noyob aqlga mos keladigan tarzda o’sishi va o’rganishiga yordam berishi kerak. Ammo bolalar kattalarnikidan farqli ravishda kelajakni, ertani oylab organishmaydi. Ingliz tilidagi dars «shu yerda va aynan hozir» manosida otkazilishi, bolishi kerak. Bolalar chet tilni hikoyalarni tushunish yoki oyinlarda galaba qozonish orqali osonroq organadilar. Agarda xohlasalar, ozlari ishtirokidagi oyinlar orqali organgan malumotlarini mustahkamlab oladilar. Bir tomondan, til bilan ifodalangan kontent bolalar hayoti, kundaligi bilan bogliq bolishi kerak, boshqa tomondan, bolalarni muloqotga chorlaydigan faoliyat yoki vazifalar qiziqarli va muhim bolishi kerak. O’quvchilar dars davomida ozlarini darsning bir qismi sifatida tushunishadi va dars jarayonida xuddi asar qahramonidek ozlarini tutishadi, harakat qilishadi. Boshlangich sinflarda, odatda, chet tillarni organish hayotiy situatsiya va oyinlarga asoslangan harakat usullaridan foydalangan tarzda organilganda juda samarali hamda muvaffaqiyatli boladi. Agar oyinli-syujetli situatsiyalar orqali chet tili orgatilsa, barcha bolalar bajonu-dil ishtirok etishadi, sababi ular shu tarzda osha situatsiyaning bir bolagi ekanligini his etishadi. O’quvchilar chet tili bilan, birinchi navbatda, oz sinf xonalarida birga “yashaydilar”. Shuning uchun sinfda muloqot imkoni bolsa, osha chet tilida bolishi kerak . Bolalar nafaqat yoriqnomalarni tushunish bilan cheklanib qolmasdan, balki chet tili orqali oz ehtiyojlarini ifodalashlari ham mumkin. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilida gaplashadigan shaxs(ona ili ingliz tili bolgan)lar bilan muloqot qilishi, sinfga taklif etish ham foydali hisoblanadi. Konstruktiv yondashuvga kora, bolalar imkon qadar koproq tilda ozlari sozlar mazmunini, qoidalarni bilib olishlari kerak. Bu shuningdek, ularning asosiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. Barcha o’quvchilar singari, bolalar ham turli xil talim uslublariga ega. Bolalar uchun moljallangan talim barcha talim uslublarini hisobga oladi. Taktik va kinestetik organish turlari o’quvchidan alohida etibor talab qiladi. Boshlangich maktablarda o’quvchilarning iqtidorlari, malakalari, bilimlari va qiziqishlari kengroq boladi. Chet tilini organish, shuningdek, organuvchining yaxshi tushuna olish qobiliyatiga bogliqdir. Chet tilini orgatish mobaynida har bir bolani harakati uchun ragbatlantirib borish talab etiladi. Ularda akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish kerak. Bolalar tez organishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutqni bir necha bor takrorlab, shu mavzuga doir oyin yoki tarqatmalar orqali bolalarning esida qolishiga yordamlashish mumkin. Kurslar spiral bolib, muntazam takrorlashlar ajralmas qismdir. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli orgatish keng qamrovli usullarni talab qiladi. Muloqotga kirishishning miqdori va "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 389 sifati tilni tezroq organishning asosiy sabablari hisoblanadi. Dars jarayonida o’quvchilarning etibori asosan tilning mazmuniga, ahamiyatiga qaratilishi kerak. O’quvchilar etiborini birinchi navbatda tilning kontent mazmuniga qaratishi kerak. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli orgatish yana orgatuvchidan ozida mavjud imkoniyatlardan qay darajada mohirona foydalanishiga ham bogliqdir. O’quvchilarga shunday vazifalar berish kerakki, toki ular organgan bilimlarini dars jarayonida amaga oshirish, qollashga majbur bolishsin. Ozaro muloqot qilish imkoniyatlari til konikmalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabat, ayniqsa o’quvchilar tilning manosini amalda qollay olishsa, bu ularga tildan samarali foydalanishga imkon yaratadi. O’qituvchi tomonidan ushbu jarayon uchun mano va muzokaralar otkazish imkoniyati muvaffaqiyatli o’qitishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Chet tili talimi, birinchi navbatda, chet tilidagi kundalik uchraydigan, real bilim va konikmalrni organishga chorlashi kerak, lekin aniq bilimlarni ham rivojlanishiga beparvo qaramaslik kerak. Agar biz chet tili talimida qollaniladigan metodik-didaktik qarashlarga toxtaladigan bolsak, quyidagilarni takidlab otishimiz talab etiladi: Dars jarayoni bu nafaqat kommunikativ, balki kelajakda organgan bilimlarni qollay olish imkoniyatini beradigan kompetensiyalarni qamrab olishi zarur. Bolalarning kopchiligi chet tillarni organishga qishiqishadi. Ularning qishiqishlari, albatta, dars jarayonini tashkil etilishi va bolalarning bu dars jarayonida malum muvaffaqqiyatga erisha olishi bilan bogliqdir. Bu qiziqish yillar davomida birdek saqlanib qolishiga ishonish - bu notogri, shu sababdan, pedagoglar bu haqida qaygurishlari, yani organuvchilar darsda quvonchga tolib, muvaffaqqiyatlarga erishib qatnashishlarini taminlashi zarur. Organilayotgan mavzular ham, shu bilan birga savol-topshiriqlar ham organuvchilar uchun ahamiyatli, qiziqarli va aktual bolsagina, dasrning mazmuni hamda maqsadi organuvchilarga tushunarli va esda qolarli boladi. Chet tili organuvchilari chet tili talimida ozga bir til, madaniyat bilan toqnash keladilar. Shu sababdan, mashgulotlarda aynan osha chet tilga xos bolgan ishonchli materiallardan, osha madaniyatni yetkazib bera oladigan matn va dabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi[Mustafoyeva, C. C. Chet tillarini organish va o’qitish: bolalar tillarni qanday oganishadi Ta’lim tizimida, jumladan, oliy ta’limda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan o‘zgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi, balki xalqaro maydonda ham mamlakatimiz nufuzini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu borada bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori bunga yaqqol misoldir. Ta'lim sohasi tubdan yangilanayotgan O'zbekistonda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda, PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS dasturlarida ishtirok etib, xalqaro reytinglarda yuqori o'ringa ega davlatlar tajribasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Bu borada Rossiya Federasiyasida ham o'ziga xos tajriba shakllangan. 2022 -yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda. 24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi. Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Ta’lim inspeksiyasi deb ataladi), Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining: a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi o‘rinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) tashkil etish: Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun; Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun; b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini (keyingi o‘rinlarda Milliy markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Mazkur qaror ijrosi joylarda tegishlicha amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari bir necha kun ilgari imzolagan "О‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy bо‘g‘ini bо‘lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bо‘lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yо‘llari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) - о‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bо‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qо‘yilgan. Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq natijalar yo‘q va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu bo‘yicha o‘z taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi deb o‘ylayman.
Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajriba joriy etilishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasida eng yangi metodikalarni moslashtirish va ulardan samarali foydalanish, sog‘lom va har tomonlama kamol topgan bolani voyaga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining:
a) respublikada:
maktabgacha ta’limni tashkil etish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish sohasida innovatsion usullar va samarali pedagogik amaliyotlarni o‘rganish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga jalb etish va joriy etish bo‘yicha ishlarni doimiy asosda tashkil etish;
o‘rganishlar va eksperimentlar yakunlari bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida ijobiy amaliy yutuqlarni mamlakatning boshqa mintaqalariga yoyishni — maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini, yangilangan o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish va joriy etishni, ilg‘or pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etishni, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun takomillashtirilgan o‘quv-metodik, didaktik materiallarni nashr etishga tavsiyalarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi kompleks loyihani (keyingi o‘rinlarda kompleks loyiha deb ataladi) amalga oshirish;
b) Toshkent shahrida quyidagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari:
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti negizida kompleks loyihani amalda ro‘yobga chiqarish uchun doimiy ishlaydigan eksperimental maydonchalarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar kompleks loyihani amalga oshirish doirasida doimiy bazaviy eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishni tashkil etish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish yo‘li bilan respublikada maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish;
kutubxona fondini shakllantirish va maktabgacha ta’limning mavzuli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan, shuningdek, maktabgacha ta’limning xorijiy modellariga moslashtirish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bilan muntazam ravishda to‘ldirish;
shu jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida nazariy ishlanmalarni va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish uchun tajriba-eksperimental baza sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish orqali respublika maktabgacha ta’lim tizimining yosh istiqbolli ilmiy-pedagog kadrlari malakasini oshirishni tashkil etishga ko‘maklashish;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ilg‘or xorijiy metodikalarini keng qo‘llash asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirish, maxsus treninglar va mavzuli seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish;
respublikaning davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va metodistlarini faol jalb etgan holda ta’lim berish va tajriba almashishni tizimli asosda tashkil etish va amalga oshirish uchun tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatish.
3. Belgilansinki:
a) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga idoraviy mansub muassasalar hisoblanadi;
b) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mudirlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
v) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlash uchun malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;
XULOSA
Shuni xulosa qilib aytib o’tish kerakki, farzandlarimiz yetuk kadr bolib yetishlarida avvalambor, maktabgacha talimning orni ahamiyatlidir. Biz ularni zamonaviy texnalogiyalar va zamonaviy talim tizimi bilan taminlashimiz talab etiladi. Maktabgacha talim jamiyatdagi har bir inson ildizlarining rivojlanishi, yani ularning kelajakda ona yurtiga munosib farzand, kuchli shaxs bolib voyaga yetishlarida ham katta ahamiyatga ega. Biz farzandlarimiz talimiga koproq etibor berishimiz, zamonaviy shart-sharoitlar yaratishimiz, yangi-yangi usullar orqali ularning organishlariga komaklashishimiz