Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"


Grafik ishini bajarish va taxt qilish



Yüklə 5,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/87
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Kb.
#181596
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3

Grafik ishini bajarish va taxt qilish. 
Chizmani qog‘ozga chiqarib olishga taxt qilinadi. 
Bu bosqichda chizmaning chiziqlariga kerakli chiziq turlari va yo‘g‘oliklari va lozim 
bo‘lgan hollarda rang beriladi. Chizma taxt qilinib bo‘lgach, xotiraga saqlanib chizma qog‘oziga 
chop etiladi yoki keyinchalik qog‘ozga chiqarish uchun gurux papkasiga, xotirada saqlab qo‘yiladi.
 
II-grafik ishini o‘n birinchi va o‘n ikkinchi mashg‘ulotlarda to‘liq bajarib, taxt qilinadi. II-
grafik ishining bajarilgan namunasi rasmda keltirilgan.
 
10-mavzu: «Штриховка» buyrug‘idan foydalanib detal chizmasida 
zaruriy qirqim yuzalarini shtixlash. 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash hamda 
chizmaga oid yozuvlarni bajarish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmini o‘rgatish. 2- grafik ish 
vazifasini tarqatish hamda metodik ko‘rsatalar berish.
Vizual amaliy materiallar 
 
1-savol. Qirqim va kesim yuzalarini shtrixlash
Talabalarning e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini 
ani?lash uchun tеzkor savollar 
-kompyutеrda kеsim va qirqim yuzalarini shtrixlash hamda chizmaga oid yozuvlarni bajarish 
mumkinmi? 
-proеksion chizmachilik vazifa chizmalarini bajarish mumkinmi? 


104 
Geometrik, proektsion, mashinasozlik, qurilish va arxitektura chizmachilik tasvirlarida 
kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash, matn yozuvlari yozish va ob’ektlarni ko‘chirish, burish 
hamda, masshtabini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash buyrug‘idan foydalanib chizmadagi 
biror ob’ekt yoki konturning ichki sohasi shtrix qilinadi. AutoCAD dasturlari kesim va qirqim, 
aylana va ko‘pburchaklarning yuzalarini ob’ekt deb qabul qiladi. Ob’ektlarning o‘zaro kesishuvidan 
hosil bo‘lgan berk sohani esa, kontur deb qabul qiladi.
Bu buyruqdan foydalanib ekrandagi biror ob’ektni yoki konturni ichki berk sohasi quyidagi 
algoritm asosida shtrix qilinadi: 
1. 
«Shtrixovka» buyrug‘i «Sichqon» yordamida yuklanadi, shunda ekranda muloqatlar 
oynasi «Shtrixovka i gradient» darchasi paydo bo‘ladi, 1-rasm. 
Undagi «Shtrixovka» vkladkasi (uning o‘zi yuklangan holda ham bo‘lishi mumkin) yuklanib, 
«Obrazets» yacheykasidagi tugma yuklanadi. Undan kerakli shtrix namunasi «Sichqon» yordamida 
tanlanadi va yuklanadi. Tanlangan shtrixni «Struktura» - namuna yacheykasida kuzatish mumkin. 
Darchaning o‘ng tomonidagi «Dobavit: tochki vыbora» yoki «Dobavit: Vыbrat ob’ektы» tugmasi 
yuklanadi. 
 

1-rasm 
 
«Ichki 
nuqtasini ko‘rsating», ya’ni konturning ichki sohasida biror nuqta
 
tanlashni so‘raydi. Agar 
«Dobavit: vыbrat ob’ektы» tugmasi yuklansa, darcha yo‘qolib ekranda chizma va muloqatlar 
qatorida 
quyidagi 
so‘rov 
paydo 
bo‘ladi: 
«Ob’ektni ko‘rsating», ya’ni ob’ektning chegaralovchi barcha chiziqlarini ketma-ket belgilab 
chiqishni so‘raydi.
2. Kvadrat nishoncha bilan «Sichqon» yordamida ob’ektni chegaralovchi chiziqlari yoki 
konturning biror ichki soha nuqtasi yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi.
3. Shunda, yana dastlabki darcha paydo bo‘ladi va undagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon» 
yordamida yuklanadi. Natijada, oldindan ko‘rib chiqish uchun ekrandagi ob’ektning tasviri 
shtrixlangan holda paydo bo‘ladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bermasa, sichqonning o‘ng 
tugmasini bosib yoki, «Enter» tugmasi yuklanadi va yana ekranda darcha paydo bo‘ladi. Undagi 
«Ugol» va «Masshtab» yacheykasidagi burchak va shtrix chiziqlari orasidagi o‘lchamlar qiymati 
kerakli qiymatlarga o‘zgartiriladi. Yana bir bor darchadagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon» 
yordamida yuklanib, shtrix tasviri qayta ko‘rib chiqiladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bersa,
«Sichqon» yoki «Enter» tugmasini yuklab darchaga qaytiladi, 49-rasm. 
4. Darchadagi «OK» tugmasini «Sichqon» yordamida yuklab, ekranda berilgan ob’ekt yoki 
konturning shtrixi bajariladi. 
Tayanch iboralar: 
Shtrixlash, shtrixlash ob’еkti, shtrixlash konturi, 
matn yozish.


105 

Yüklə 5,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin