85
Agar, yozuvlarni bajarishda xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ularni quyidagicha
o‘zgartiriladi: o‘zgartirilishi talab etiladigan yozuv ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki
marotaba bosiladi, yozuv belgilanib qoladi. eski yozuv ustidan yangisi terilib
«Enter»
bosiladi.
Asosiy
yozuv
kataklariga
yozuvlarni
«Копировать»-«Nusxalash»
buyrug‘inig
«Перемешение» qo‘shimcha buyrug‘idan
foydalanib, bir xil yozuvni uning hamma kataklariga
qo‘yib chiqib, yuqorida berilgan usuldan foydalanib kerakli yozuvlarga o‘zgartirib chiqish mumkin.
63-rasmda grafik ishlari uchun A4 format, asosiy yozuvi bilan kataklari to‘ldirib ko‘rsatilgan.
Ҳosil bo‘lgan A4 formatni blok deb xotiraga olib, undan A3 kabi
formatlarni hosil qilish
mumkin. Yoki asosiy yozuvini alohida blok ko‘rinishida xotiraga kiritib qo‘yib, uni istalgan
formatlarga joylashtirish mumkin. Blok deganda yig‘ma birlik tarkibiga kiruvchi detallarining
tugallanib xotiraga saqlangan chizmasi tushiniladi. Masalan, boltli birikmani
yasash uchun uning
qismlarini chizmasi alohida-alohida chizib olinib, bloklar hosil qilinadi. So‘ngra, ularni bitta
chiziqqa-o‘qqa yig‘ilib boltli birikmaning tasviri bajariladi.
Dostları ilə paylaş: