Kommunikativ kompetensiya- bu muloqot qobiliyatlari bilim, ko’nikma, hissiy va ijtimoiy tajribani o’z ichiga olgan shaxsning umumiy xususiyatidir. Komunikativ kompetensiya shartlaridan biri umumiy madaniyat muayyan qoida va talablarini bajarishdir.
Stimul- ragbatlantiruvchi omil, qiziqtiradigan narsa, qo’zgatuvchi, tezlashtiruvchi omil.
Fantaziya xayol — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy holatlarning vujudga kelishidan iborat. Psixik faoliyat. U insoning badiiy to’qimalarga ustaligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga sigmaydiganholatlarni ro’yobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon bo’ladi. Fantaziya inson ongida vujudga kelishidan e’toboran borliqning qiyofasini o’zgartirishga yo’nalgan bo’ladi. M: Syujetli rolli o’yinlarda bola muayan qahramonlar obrazini ijro etishga kirishadi, fantaziya tufayli eshitmagan, ko’rmagan narsa va hodisalarni tasavvur qiladi, xayolan o’ylaydi. Shu jihati bilan Fantaziya ulkan badiiy, ilmiy va ma’rifiy qimmatga ega. Shaxsning ijodiy faoliyati negizida fantaziya ishtirok etmasdan iloji yo’q.Fantaziya shaxs amalgam oshirishni xohlaydigan obrazlar shaklida gavdalanadi hamda ichki aqliy faoliyatga aylanadi.Odamlar atrof muhitni faol ijodiy izlanishlari ( hayolot timsollari) tufayli o’zgartiradi.
Tashxis-(pedagogik-psixoligik) bolaning bilim olishi, uning o’zlashtirishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o’rganishga yo’naltiriladi. Sahnalashtirilgan o’yinlar davomida bolaning qiziqishlari, iste’dodi, iqtidoridagi asosiy yo’nalishlar aniqlanadi. Tashxis natijalari tarbiya jarayonini to’gri rejalashtirish, yo’lga qo’yilgan xatolarni tuzatish, pedagogic- psixologik profilaktika ishlarini olib boorish imkonini beradi.
Nazorat uchun savollar: Adabiy janrlar haqida ma’lumot bering
Qanday asar ertak deyiladi ?
3.Hikoya qanday asar, uning ertakdan farqini ko’rsating
4.Sahna faoliyatida qanday maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan?.
5.Ertak sahnalashtirishning bosqichlarini sanab bering.
6.Sahnalashtirilgan ertak taqdimotida nimalarga ahamiyat beriladi?
7. Sahnada bajarilayotgan harakat necha xil holatda bo’ladi?
8. Sahnalashtirilgan o’yinlari davomida bolalarda qanday qobiliyatlar aniqlanadi?
9. Bolalardagi qobiliyatlarni aniqlashda qanday metodlar qo’llaniladi?